Ma’lumotlarni ifodalash bosqichlari va tarkibi. Dasturlarni bajarilishi va bajarilish vaqtini hisoblash. Ma’lumotlar tuzilmasini klassifikatsiya qilish
Dasturlarni bajarilishi va bajarilish vaqtini hisoblash.
Ma’lumotlar tuzilmasini klassifikatsiya qilish.
Ma’lumotlarni asosiy abstrakt turlari.
Ma’lumot tushunchasi. Ma’lumotlar tuzilmasi bu xotirada tashkil etiladigan elementlar yig’indisi bo’lib, ular ustida dastur yordamida amallar bajariladi.
Ma’lumotlar tuzilmasi – bu bironta toifaga tegishli bo’lgan va o’zaro ma’lum munosabatga ega bo’lgan elementlar to’plamiga aytiladi.
Ma’lumot – bironta qiymat yoki qiymatlar to’plami hisoblanadi.Misol uchun bu bironta eksperiment natijalari, yoki talabalarning imtixon ballari bo’lishi mumkin.
Ma’lumotlar tuzilmasi elementi – bu qiymatlar to’plamining bir bo’lagi hisoblanadi. Tuzilma elementi – qiymatlar jamlanmasi bo’lib, misol uchuntalabalarning ismi, sharifi, yoshi har bir fandan olgan baxosi va x.k. larni keltirish mumkin. Elementlar 2 taga bo’linishi mumkin.
Element sifatida ma’lumotlar guruhi olib qaraladi. Bunda e;lementlar yana qism bo’lak;arga bo’linishi mumkin. Masalan, ota-onalar maydoni talabalarning ota va onalari xaqida ma’lumot saqlaydigan alohida maydonlardan tashkil topadi.
Elementar, ya’ni bo’linmas, bunda element qism bo’laklarga ajratilmaydi.
Ob’ekt – bu xususiyatlar va attributlariga ega bo’lgan va bu xususiyatlarga qiymat qabul qilishi mumkin bo’lgan tuzilma hisoblanadi. Masalan, talaba bu ob’ekt deb qaralishi mumkin tuzilma.
Maydon – bu ob’ektlarning attributlari yoki xususiyatlarini ifodalovchi tushuncha bo’lib, sonli yoki son bo’lmagan qiymatlarni o’zlashtirishi mumkin.
Yozuv – bu bironta ob’ektga tegishli turli toifadagi maydonlar to’plamidir.
Fayl - bu bir-biriga bog’liq bo’lgan yozuvlar to’plamidir. Masalan, barcha talabalar xaqidagi yozuvlarni o’z ichiga olishi mumkin,
Kalit – bu yozuvdagi maydon bo’lib, aynan shu yozuvni boshqa yozuvlardan ajratib turishga xizmat qiladi, uning qiymati boshqa yozuvlarda takrorlanmas hisoblanadi. Ba’zida bittadan ko’p maydonlar qiymatlari elementlararo betakror bo’lishi mumkin va bunga karrali kalit deyiladi. Ko’pincha asosiy kalit hisoblanadigan bitta maydon ma’lumoti ishlatiladi va u boshlang’ich kalit deyiladi, qolganlari esa alternativ kalit deyiladi. Ba’zida esa yozuvlaning yagona qiymatlatli kalit maydonni yo’qligi sababli kalit sifatida bir nechta maydonlar olinadi va ularga tarkibli kalit deyiladi. Eng yomon holatda, ba’zan shunaqa bo’lishi mumkinki, bironta maydon kalit bo’la olmasa, har bit elementga qo’shimcha, qiymati yagona bo’lgan kalit maydon kiritiladi.
Axborot.Ko’pincha ma’lumot va axborot tushunchalarini bir xil ma’noda ishlatishadi. Lekin aslida esa axborot bu ma’lumotga qaraganda kengroq tushunchadir.Axborot bu qayta ishlangan ma’lumotdir.Ma’lumot esa qiymatlar yig’indisidir, yani bironta yakuniy xulosa bermaydi.Qaror qabul qilishda xali foyda bermaydi. Ma’lum qoidalar asosida qayta ishlangach, yangi xosil qilingan ma’lumotlar axborotga aylanadi va qaror qabul qilishda foydali hisoblanadi.