Qat’iy usullar Yaxshilangan usullar Saralashni quyidagicha usullari bor:
qat’iy (to’g’ridan-to’g’ri) usullar;
yaxshilangan usullar.
Qat’iy usullarni ishlash tamoyillariga ko’ra 3 ta toifaga bo’lish mumkin:
1. to’g’ridan-to’g’ri qo’shish usuli (by insertion);
2. to’g’ridan-to’g’ri tanlash usuli (by selection);
3. to’g’ridan-to’g’ri almashtirish usuli (by exchange).
Bu jarayonni his qilish uchun miyamizdagi tezlik bilan kechayotgan jarayonlarni birma-bir tahlil qilib chiqamiz(buning uchun saralanmagan sonlar ketma-ketligini olamiz):
Sonlar berilishi: 23, 54, 3, 22, 1, 45;
Eng kattasini oxiriga o`tkazamiz: 23, 3, 22, 1, 45, 54;(54 soni har bir son bilan solishtirilib eng katta ekani aniqlandi, 45 esa o`z o`rnida turipti)
Shu tartibni davom ettiramiz: 3, 22, 1, 23, 45, 54; (23 undan keyinda turuvchi eng katta son)
Yuqoridagi amalni yana davom ettiramiz: 3, 1, 22, 23, 45, 54;(22 esa davomchi)
Oxirgi marta almashtirishimiz quyidagi natijani beradi: 1,3,22,23,45,54;(1 eng kichigi)
Saralash jarayoni qanday kechadi? Saralash jarayoni taqqoslashga asoslangan jarayon hisoblanadi.
Demak, miyamiz xuddi shu jarayonni takrorlar ekan. Endi bizga ma`lumki, bizning miyamiz o`zi optimal deb bilgan yo`nalishdan ketadi va biz uchun faqat bitta saralash algoritmi mavjud.
Ammo dasturlashda bunday deb bo`lmaydi. Dasturlashga talab ortib bu soha rivojlanib borgani sari unda bir qator sohalardagi kabi tezlikni oshirish muammosi paydo bo`ldi.
Chunki tezlik masalasi tobora yuqori cho`qqiga chiqayotgan va ishlanayotgan ma`lumotlar o`lchami oshib borayotgan bir paytda sekin ishlovchi algoritmlardan foydalanish kulguli. Ma`lumotlar o`lchamlari esa juda katta, shu sababli ularni aniq va tez saralashga ehtiyoj mavjud. Buni amalga oshirish uchun esa yangi algoritmlarga ehtiyoj tug`ila boshladi. Buni yechimi sifatida bir necha turdagi algoritmlardan foydalaniladi.
Ular: