Saralashning qat’iy usullari va ularning samaradorligi.
1. Saralash tushunchasi va uning vazifasi. Saralash (inglizcha sorting - tasniflash, tartiblash) - tanlangan mezonga qarab berilgan ob’yektlarni ketma-ket joylashtirish yoki guruhlarga bo'lish.
Saralash deb, berilgan ob’yektlar ketma-ketligini ma`lum bir mantiqiy tartibda qayta joylashtirish jarayoniga aytiladi.
Saralash bir necha ko`rsatkichlarga bog`liq bo`lishi mumkin.
Demak, ma'lumotlarni saralash - uni qandaydir atributga (mezonga ) ko'ra tartibga solishdir. Saralashdagi qiyinchiliklar quyidagi hollarda mavjud bo’ladi: ❌ ma'lumotlar to’plamlari (massivlari) katta bo’lganda - minglab, o'nminglab va yuz minglab elementlar;
❌ ma'lumotlarga murojaat qilish qiyin bo'lishi mumkin (masalan, ular ma’lumotlar oqimi bo’lganda);
❌ kompyuterning imkoniyatlari yetarli emas va dasturlash tiliga kiritilganidan ko'ra tejamkorroq algoritmlar kerak.
Bunday hollarda saralashning ixtisoslashtirilgan algoritmlarini tanlash kerak, zarurat bo’lsa ularni masalaga qarab optimallashtirish mumkin.
.
Juda katta hajmdagi ma’lumotlar to’plamining elementlarini saralash qulay bo’lishi uchun ularga kalit deb ataluvchi kattaliklarni (belgilarni) mos qo’yiladi va ana shu kalitlar massivida saralash amalga oshiriladi.
Shundan kelib chiqib :
Saralash– bu massiv elementlarini tartiblash (o’sish, kamayish, oxirgi raqami, bo’luvchilari bo’yicha, …)
Saralash – bu berilgan to‘plam(massiv) elementlarini biror bir tartibda (o‘sish yoki kamayish) joylashtirish jarayonidir
Saralashdan maqsad - tartiblangan to‘plamda kerakli elementni topishni osonlashtirishdan iborat.