Ma’lumotlarni tanlash va ular ustida amallar select ma’lumotlarni tanlash operatori



Yüklə 14,62 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü14,62 Kb.
#185095

Ma’lumotlarni tanlash va ular ustida amallar
SELECT ma’lumotlarni tanlash operatori
Ma’lumotlarni tanlash SELECT operatori yordamida bajariladi. Bu SQL tilining eng ko‘p qo‘llaniladigan operatori xisoblanadi. SELECT operatorini sintaksisi quyidagicha:
SELECT [ALL/DISTINCT] /*
FROM
[WHERE ]
[ORDER BY < atributlar ro‘yxati >]
[GROUP BY < atributlar ro‘yxati >]
[HAVING ]
[UNION< SELECT operatorli ifoda>]
Kvadrat qavslarda operatorni yozishda qatnashishi shart bo‘lmagan elementlar ko‘rsatilgan. ALL kalit so‘zi natijaga shartni qanoatlantiruvchi barcha satrlar, shuningdek takrorlanuvchi satrlar ham kirishini bildiradi. DISTINCT kalit so‘zi natijaga takrorlanuvchi satrlar kiritilmasligini bildiradi.Keyin boshlang‘ich jadvaldagi atributlar ro‘yxati ko‘rsatiladi. Bu atributlar natijaviy jadvalga kiritiladi. * simvoli natijaviy jadvalga boshlang‘ich jadvalning barcha atributlari kiritilishini bildiradi.
Operatorda qatnashishi shart bo‘lgan so‘zlardan FROM so‘zi xisoblanadi. Bu so‘zdan keyin tanlov bajariladigan jadvallar nomi ko‘rsatiladi.
Tanlash ifodasida WHERE kalit so‘zidan keyin jadval satrlarini tanlab olish sharti ko‘rsatiladi. Bunda natijaviy jadvalga WHERE ifodasidagi shart rost qiymat qabul qiladigan satrlar kiritiladi.
SELECT jadvallarga murojaat bo’lmagan ifodalarni ham hisoblashi mumkin:
SELECT 1 + 1;

Jadvaldagi barcha ma’lumotlarni tanlashga misol:


SELECT * FROM Products;
Jadvaldagi qandaydir ustunlar bo’yicha ma’lumotlarni tanlash:
SELECT id_st, surname FROM student
Ustundagi ma’lumotlar qaysidir ustunning qiymati bo’yicha olinishi shart emas balki bu ifoda bo’lishi ham mumkin:
SELECT ProductName, Price * ProductCount
FROM Products;
Chiquvchi ustun nomini AS operatori yordamida o’zgartirishimiz mumkin:
SELECT ProductName, Price * ProductCount AS Totalsum
FROM Products;
Operatorsiz ustun nomini o’zgartirish uchun probel bilan ajratishimiz mumkin:
SELECT columna columnb FROM mytable;

SELECT ProductName, Price * ProductCount AS Totalsum


FROM Products;

SELECT CONCAT(last_name,', ',first_name) full_name


FROM mytable;
Biron bir ustundagi har xil qiymatlarni tanlash uchun SELECT DISTINCT komandasidan foydalanamiz;
SELECT DISTINCT
column_name
FROM
table_name;

Yüklə 14,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin