Ma’lumotlarni tuzilmadan qidirish



Yüklə 14,94 Kb.
tarix08.11.2022
ölçüsü14,94 Kb.
#67917
Ma


    1. Ma’lumotlarni tuzilmadan qidirish

Kompyuterda ma’lumotlarni qayta ishlashda qidiruv asosiy amallardan biri hisoblanadi. Uning vazifasi berilgan argument bo‘yicha massiv ma’lumotlari ichidan mazkur argumentga mos ma’lumotlarni topish yoki bunday ma’lumot yo‘qligini aniqlashdan iborat.


Ixtiyoriy ma’lumotlar majmuasi jadval yoki fayl deb ataladi. Ixtiyoriy ma’lumot (yoki tuzilma elementi) boshqa ma’lumotdan biror bir belgisi orqali farq qiladi. Mazkur belgi kalit deb ataladi. Kalit noyob bo‘lishi, ya’ni mazkur kalitga ega ma’lumot jadvalda yagona bo‘lishi mumkin. Bunday noyob kalitga boshlang‘ich (birinchi) kalit deyiladi. Ikkinchi kalit bir jadvalda takrorlansada u orqali ham qidiruvni amalga oshirish mumkin. Ma’lumotlar kalitini bir joyga yig‘ish (boshqa jadvalga) yoki yozuv sifatida ifodalab bitta maydonga kalitlarni yozish mumkin. Agar kalitlar ma’lumotlar jadvalidan ajratib olinib alohida fayl sifatida saqlansa, u holda bunday kalitlar tashqi kalitlar deyiladi. Aks holda, ya’ni yozuvning bir maydoni sifatida jadvalda saqlansa ichki kalit deyiladi.
Yüklə 14,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin