Amaliyotda ma`lumotlar bazasini qurishda ma`lumotlar modeli
Malumotlarning relyatsion bazasi - bu o‘zaro bog‘langan munosabatlar , ya‘ni jadvallar to‘plamidir. Har qanday munosabat (jadval) kompьyuterlarning xotirasida fayl ko‘rinishda joylashtiriladi. Ularning orasida quyidagi moslik mavjud:
Fayl Jadval Munosabat
Mazmuni Yozuv
Maydon
Satr
Ustun
kortej
atribut
mazmunning nusxasi atribut
Jadval hamma uchun juda qulay bo‘lishi bilan bir qatorda ma‘lumotlarni manipulyatsiya
qilishning asosiy uch operatsiyasini bajarish uchun noqulaydir, ya‘ni tartiblash, indekslarning qiymatlari bo‘yicha guruhlash va daraxt ko‘rinishidagi parametrlar bilan ishlash. Jadvalda ushbu uch operatsiya bir-biri bilan chambarchas bog‘langan.
Bu esa ba‘zi bir operatsiyalarni bajarishda ma‘lum bir qiyinchiliklarga olib keladi. Masalan, ma‘lumotlarni bir parametr asosida tartiblash ikkinchi bir parametr bo‘yicha tartiblashni buzib yuborishi tufayli zarur ma‘lumotlarni izlab topish operatsiyasi bir parametr bo‘yicha osonlashsa, boshqalari bo‘yicha qiyinlashadi.
Kodd taklif qilgan usulining originalligi shundan iboratki, u munosabatlarga
(jadvallarga) tadbiq qilish uchun juda chiroyli qurilgan operatsiyalar tizimini ishlab chikdi. Ularni amalga oshirish natijasida bir munosabatni boshqa munosabat orqali hisoblab chiqish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu axborotlarni saqlanadigan va saqlanmaydigan (hisoblanadigan) qismlarga ajratish, hamda kompьyuter xotirasini tejash zarur bo‘lgan paytda axborotlarning saqlanmaydigan qismini saqlanadiganlar asosida hisoblab chiqish imkoniyatini beradi.
Ma‘lumotlarning relyatsion bazasidagi munosabatlar ustida bajariladigan asosi
operatsiyalar sakkizta bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
to‘plamlar ustidagi ananaviy (traditsion) operatsiyalar, ya‘ni to‘plamlarning
birlashmasi (yig‘indisi), kesishmasi (ko‘paytmasi), to‘ldiruvchisi (ayirmasi), dekart ko‘paytmasi,
bo‘lishmasi;
-maxsus relyatsion operatsiyalar, ya‘ni proektsiyalash, bog‘lanish (qo‘shilish), birlashtirish (ulab qo‘yish) va tanlash.
Har bir ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimining samaradorligi ushbu
operatsiyalarning borligi va ularni bajarish vositalarining qanchalik qulayligi bilan aniqlanadi.
Relyatsion MBBTda munosabatlar ustida operatsiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan tillarini ikki sinfga ajratish mumkin: relyatsion algebra tili (RAT) va relyatsion hisob tili (RHT).
RAT relyatsion algebraga (Kodd algebrasiga,-algebraga) asoslangan. Ma‘lum tartib munosabatlar ustida operatsiyalarni ketma-ket yozish asosida xohlagan natijaga erishish
mumkin. Shuning uchun RATni protsedurali til deyishadi.
RHT
predikatlarni
hisoblab
chiqishning
klassik
usuliga
asoslangan.
Ular
foydalanuvchilarga so‘rovlarni yozish uchun ma‘lum qoidalar to‘plamini beradi. Bunday
so‘rovlarda faqat xohlagan natija haqidagi axborotlar bo‘ladi xolos. Ushbu so‘rov asosida MBBT
yangi munosabatlar hosil qilish yo‘li bilan avtomatik tarzda zarur natijani beradi. SHuning uchun
RHTni protseduralimas til deyishadi.
Ma‘lumotlar bazasini loyihalashtirishda relyatsion model bilan ishlash ancha
noqulayliklarga olib keladi. SHu sabab ma‘lumotlar bazasini loyihalashda har xil semantik modellar ham ishlatiladi.
Ulardan eng ko‘p tarqalganlaridan biriga - ER modeli deyiladi. Bu model ingilizcha “Entity-relation” deyilib, ma‘nosi “Mohiyat-bog‟lanish” demakdir.
Bu model 1976 yil Piter CHen tamonidan kiritilgan bo‘lib u o‘ziga bir qator grafik diagrammalarini oluvchi bir necha har xil turdagi komponentalarni birlashtirgan.
Piter CHen mohiyatlar to‘plami va ular orasida bog‘lanish sifatida relyatsion ma‘lumotlar strukturasini interpritatsiya qilishni taklif qildi.
ER -modelining asosiy komponentalari mohiyat, bog‘lanish va atribut (xossa) bo‘lib
hisoblanadi.