MOLIYA BOZORINI RIVOJLANTIRISHNING DAVLAT VA KORPARATIV MOLIYAVIY MUNOSABATLARGA TASIRI
Reja .
Kirish . Asosiy qisim Moliyaviy bozorining mazmuni iqtisodiyoddagi ahamiyati va o’rni .
O‘zbekistonda moliya bozori qachon rivojlanadi?
Korporativ tuzilmalarda investitsion faoliyatning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati .
Korxona investitsion strategiyasi mohiyati va uni amalga oshirish bosqichlari
Xulosa va takliflar . Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati .
Kirish . Mavzuning dolzarbligi : Mamlakatimizda moliya bozorini rivojlantirish bugungi kunda iqtisodiyotimizdagi muhim vazifalardan biridir. Moliya bozori iqtisodiyotni rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni oshirish, kapital jalb qilish, investitsion jozibadorlikni oshirishga xizmat qiladi. Shu sababli Oʻzbekiston Respublikasi “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 3, июнь, 2020 йил 2 Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan PF-4947-sonli Farmonida ham ushbu masalaga alohida toʻxtalib oʻtilgan boʻlib, unda kapitalni jalb qilish hamda korxonalar, moliyaviy institutlar va aholining erkin mablag‘larini joylashtirishning muqobil manbai sifatida moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorini o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish belgilab qo’yilgan [1]. Moliya bozorlarini tartibga solish axborot assimetriyasining oldini oladi, moliya bozorlaridagi firibgarliklarni kamaytiradi, boshqaruvning buzilishidan himoya qiladi hamda moliya bozorlarida investorlarga ishonch bilan ishlashga imkon beradi. Ishtirokchilar har doim ham ushbu muammolarni mustaqil ravishda harakat qilish orqali hal qila olmaydilar, aksincha, hukumat moliya bozorlarining xavfsizligini ta'minlashi va ularning ishlashini tartibga solib turishi kerak. Moliya bozorlarini tartibga soluvchi tashkilotlarning ishtirokchilarga tegishli barcha ma'lumotlarni toʻliq ochishini ta'minlash oshkoralikka olib keladi. Tartibga solinmagan bozorda sarmoyadorlar ishonchli ma'lumotga ega boʻlmaydilar, chunki kompaniyalar ba’zi ma'lumotlarni oshkor qilmaydi. Investorlar toʻliq ma'lumotga muhtoj, chunki noaniq va ishonchli boʻlmagan ma’lumotlar asosida biznesni olib borish va investitsiya kiritish xavfli hisoblanadi. Tartibga solish moliya bozorlarini faoliyatini yaxshilash, ma’lumotlar shaffofligini ta'minlash, investorlarni jalb qilish imkonini beradi. Shu jihatlarni inobatga olgan holda moliya bozorlarini tartibga solishni xalqaro darajada oʻrganish, mamlakatimizda moliya bozori faoliyatini rivojlantirish mavzuning dolzarbligini ochib beradi.