Segment – bir, aksariyat hollarda bir necha ma`lumotlar elementlaridan tashkil topadi hamda amaliy dastur va ma`lumotlar bazasi orasida ma`lumot almashishning asosiy birligi (ma`lumot kvanti) hisoblanadi. IBM firmasida (ba`zi boshqa manbalarda ham) ma`lumotlar agregati va yozuvi atamalari o`rniga mazkur atama qo`llaniladi.
Fayl – berilgan tipdagi mantiqiy yozuvlarni barcha nusxalarining nomlangan jamlanmasidan iborat.
Ma`lumotlar bazasi – turli tipdagi ma`lumotlar yozuvlari nusxalari hamda ma`lumotlar yozuvlariaro, ma`lumotlar agregatlariaro, ma`lumotlar elementlariaro munosabatlarning jamlanmasidan iborat. Ma`lumotlar bazasi maxsus tuzilmaga ega va mantiqiy bog`liq axborot elementlarini saqlashga mo`ljallangan ombor hisoblanadi.
ATlarni asosida ma`lumotlar bazasi yotadi. Ma`lumotlar bazasi (MB) – bu hisoblash tizimida saqlanuvchi ma`lumotlar massividir. MB shu ma`lumotlarning o`zidan hamda ularning turli masalalarini yechishda barcha joiz hisoblash uchun foydalaniladigan tavsifdan, MB mantiqiy tuzilmasini aks ettiradigan va MBda saqlanadigan ma`lumotlar orasidagi munosabatlarni belgilaydigan ma`lumotnoma axborotdan tashkil topgan.
Ma`lumotlar bazalari tizimi – bu bir necha amaliy dasturlarni ishlashi uchun yaroqli bo`lgan ma`lumotlar bazalarining jamlanmasi. Ba`zida bu atama ma`lumotlar banki atamasi bilan ham qiyoslanadi. Biroq, ma`lumotlar banki nisbatan murakkab tizim bo`lib, u MB, ifodalash vositalari, dastur vositalari, texnik vositalar, tashkiliy-uslubiy vositalar, bank ma`muri, ma`lumotlar lug`ati kabilardan tashkil topadi. Umumiy holda MB maxsus ma`lumotlarni bazasini boshqarish tizimi (MBBT) orqali boshqariladigan o`zaro bog`langan ma`lumotlar to`plamidir. Ya`ni, MB deganda ma`lumotlarni shunday o`zaro bog`langan to`plamini tushunamizki, u mashina xotirasida saqlanib, uni MBBT to`ldirilishi, o`zgartirilishi, takomillashtirilishi mumkin.
MBBT shunday tizimli dasturiy vosita bo`lib, uning yordamida jadvallar tuzilmasini, jadvallar orasidagi bog`lanishni, jadvallarni ma`lumotlar bilan to`ldirish va taxrirlash, ya`ni, MB bilan ishlaydi
MBBT MBni yaratish, uni dolzarb holatda ushlab turish, kerakli axborotni topishni tashkil etish, foydalanuvchilarni MB bilan ishlashiga imkon yaratish va boshqa xizmat ko`rsatish uchun zarur bo`ladigan dasturiy va til vositalari majmuasidir.
MBBT misoli sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: DBASE; Microsoft Access; Microsoft For Pro For DOS; Microsoft For Pro For WINDOWS;Paradox for DOS; Paradox for WINDOWS. MBBT deb nomlanuvchi alohida dastur majmualaridan XX asrning 60-yillardan boshlab foydalanila boshlangan. MBBT quyidagi vazifalarni bajarishda yaqin ko`makchi hisoblanadi:
ma`lumotlarni nojoiz o`zgartirishlar va yo`l qo`yilmaydigan yetishishdan himoyalash;
bir vaqtning o`zida bir necha foydalanuvchilar tomonidan bo`ladigan ma`lumotlar so`rovlariga xizmat ko`rsatish.
1.6-rasm. Ma`lumotlar saqlanishi Ma`lumotlar va ular orasidagi munosabatlar ikki xil: mantiqiy va fizik ifodalar ko`rinishida bo`ladi. Ma`lumotlarning fizik ifodasi ularni kompyuterning tashqi xotirasida saqlash usullarini belgilaydi. Ma`lumotlarning mantiqiy ifodasi ma`lumotlarni dasturlovchi yoki dastur foydalanuvchisi tomonidan qanday tasavvur etilishini ko`rsatadi.
Ko`pincha ma`lumotlarni fizik saqlash shakli ularning mantiqiy ifodasidan anchagina farq qiladi. Ma`lumotlarning fizik saqlanishini ifodalash uchun qo`llaniladigan atamalar 1.7-rasm yordamida keltirish mumkin.