Mamadaliyeva maxliyo raxmatullo qizi buxoro amirligining davlat muassasalari faoliyati bitiruv malakaviy ishi


II  BOB.  BUXORO  AMIRLIGI  DAVLAT  MUASSASALARINING



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/26
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#42535
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
buxoro amirligining davlat muassasalari faoliyati

II  BOB.  BUXORO  AMIRLIGI  DAVLAT  MUASSASALARINING 

TASHKIL TOPISHI VA FAOLIYATI 

2.1.  Buxoro  amirligini  markaziy  va  mahalliy  boshqaruvida  faoliyat 

yuritgan davlat muassasalari  

 

Buxoro  xonligida  davlatni  boshqarish  boshqa  xonliklardan  deyarli  farq 



qilmagan.  XVI  –  XVII  asrda  otaliq  lavozimidagi  shaxs  xonning  o’ng  qo’li 

hisoblanib,  u  butun  mamlakatni  boshqargan.  Naqib  harbiy  ishlar  va  tashqi  siyosat 

bilan  shug’ullangan.  Vaqf  yerlarni  nazorat  qilish  sadrlar  zimmasiga  yuklatilgan. 

Shuningdek, 

qo’shin 

uchun 


alohida 

qozi 


(qoziaskar) 

tayinlangan.  

Qonunshunoslikka  va  umuman  shariatga  doir  muhim  masalani  echish  va  hayotga 

tatbiq  etish a’lam zimmasida bo’lgan. Devonbegi otaliq mansabidan keyin turgan. 

U  urush  va  sulh  ishlari,  ayrim  viloyat  boshliqlarini  tayinlash  va  boshqa  masalalar 

bilan  shug’ullangan.  Parvonachi  xon  yorliqlarini  topshirish  va  harbiy  qismlarga 

boshchilik  qilish  kabi  vazifalarni  ado  etgan.  Shuningdek,  xonlikda  yasovul, 

eshikog’aboshi,  miroxur,  shig’ovul,  amiri  lashkar,  to’pchiboshi,  mirzaboshi, 

xazinachi,  mehtar,  mirob,  qushbegi  kabi  lavozimlar  bor  edi.  Mang’itlar  sulolasi 

davrida  ham  mustabid  hokimiyat  shakli  mavjud  bo’lib,  amir  huquqi 

chegaralanmagan  oliy  hukmdor  edi.  Ijro  etuvchi  hokimiyatni  bosh  vazir  — 

qushbegi boshqargan. U xon bilan bamaslahat ish  yuritgan. Jamiyat hayoti shariat 

qonunlariga asoslangan. Mamlakat murakkab davlat apparati orqali idora qilingan. 

Masalan,  moliya  ishlari  devonbegi  kalonga,  davlat  xavfsizligi  ko’kaltoshga,  ichki 

tartibni saqlash va nazorat qilib turish raisga topshirilgan.  

Buxoro  amirligida  markaziy  boshqaruv  quyidagi  asosiy  idoralar  orqali 

amalga  oshirilar  edi:  amir  –  davlat  boshlig’i,  qushbegi  —  bosh  vazir,  (amir 

yordamchisi), otaliq, moliya idorasi, vaziri harb, qozilik mahkamasi

11



                                                 



11

 Бобоев Ҳ., Хидиров З ва бошқ. Ўзбек давлатчилик тарихи (II китоб). –Тошкент: Fan va texnologiya, 2009. – 

Б.219.   



 

24 


Buxoro  amiri  hokimiyati  cheklanmagan  bo’lib,  u  bir  vaqtning  o’zida  diniy 

va dunyoviy hokimiyat boshlig’i edi. Shu bilan birga, amir — davlatning Oliy bosh 

qo’mondoni, amirlik yerlarining oliy egasi hisoblangan. 

Mang’itlar  sulolasining  uchinchi  vakili  bo’lmish  Shoxmurod  (1785-1801) 

amirlik  unvonini  qabul  qildi

12

.  Amirlik  unvoni  ilgari  asosan,  ko’pgina  qo’shin 



boshliqlari va joylardagi turli harbiy vakillarga berilgan bo’lsa, Muhammad Rahim 

davriga  kelib  esa  amir  unvoniga  ega  bo’lgan  birorta  mansabdor  shaxs  qolmagan. 

Ta’kidlash  joizki,  Shoxmurod  tomonidan  qabul  qilingan  amirlik  unvoni  tarixchi 

olim V. V. Bartol’d ma’lumotlarida keltirilgan amir unvonidan keskin farq qiladi

13



Ushbu  unvon  ilgari  amalda  bo’lgan  amirbeklik  unvonidan  farqli  o’laroq  halifalik 



maqomi  –  “amir-ul-mo’minin”  sifatida  talqin  etilgan.  Aynan  ushbu  davrdan 

Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb yuritila boshlangan. 

Amir davlatni mansabdor shaxslar, ya’ni amir xizmatchilari orqali boshqarar 

edi.  Ushbu  mansabdor  shaxslar  davlatning  boshqaruv  apparatini  tashkil  etgan. 

Buxoro  amirlari  shajaralarini  Muhammad  payg’ambardan  boshlaganliklari  sababli 

ularning  unvonlariga  “said”  so’zi  qo’shib  aytilgan.  Amir  yonida  doimiy  ravishda 

uning  shaxsiy  yozishmalarini  olib  boruvchi  ikki  nafar  kotibi  bo’lgan.  Ularning 

birinchisi  munshiy  bo’lib,  u  barcha  ishlar  bo’yicha  berilgan  ko’rsatmalar  yozib 

borgan  va  amirga  kelgan  axborotlar,  ma’lumotlarga  hamda  ma’muriy  vakillardan 

va  alohida  shaxslardan  kelgan  iltimosnomalarga,  shikoyatlarga  javob  berish  bilan 

mashg’ul bo’lgan. Ikkinchi kotib - mushrif bo’lib, u sarupo berish, qurol-yarog’ va 

shu  kabilarni  tarqatish  haqidagi  ko’rsatmalarni  rasmiylashtirib  borgan.  Amir 

tomonidan  yuqorida  zikr  etilgan  iltimosnoma,  shikoyatlar  va  boshqa  xatlarga 

berilgan yozma javob - muboraknoma deb atalgan. 

Amir  o’z  navbatida,  hududiy  tuzilmalardan  doimiy  xabarnomalar  olib 

turgan.  Amirlikdagi  barcha  bekliklar  beklari  va  qozilari  chopar  navkarlar  orqali 

amir  huzuriga  yozma  axborotnomalar  yuborib  turganlar.  Ularga  amir  nomidan 

tegishli tartibda muboraknomalar jo’natilgan. 

                                                 

12

 Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. –Тошкент: Янги аср авлоди, 2012. –Б.137 



13

 Fors manbalarida urug’ boshliqlari “amir”, ko’chmanchi xalqlar esa uning o’rniga turkiy atama “bek” yoki beklar 

boshlig’i deb atalgan. 



 

25 


Markaziy  davlat  boshqaruvini  bir  necha  idoralar  yig’indisi  tashkil  etib, 

davlatning  oliy  boshqaruv  organi  —  oliy  davlat  mansabi  hisoblangan  qushbegi 

tomonidan 

boshqariladigan 

davlat 

devonxonasi 

(qushbegi 

devonxonasi) 

hisoblangan

14

.  Qushbegi  mansabi  ilgaridan  mavjud  bo’lgan  bo’lsada,  XVII  asrga 



kelib  “otaliq”  unvoniga  nisbatan  uning  ahamiyati  va  vakolat  doirasi  ancha 

toraygan. 

XVIII  asrning  o’rtalariga  kelib  qushbegi  mansabi  etakchi  o’ringa  chiqib,  u 

davlat  apparatining  asosiy  bo’g’ini  sifatida  barcha  boshqaruvning  asosiy 

funktsiyalarini  o’z  qo’lida  to’play  borgan.  Qushbegi  mahalliy  beklar  orqali 

markaziy  davlat  boshqaruvini  amalga  oshirish  bilan  bir  qatorda,  chet 

mamlakatlardan  keladigan  mol-mulklardan  olinadigan  boj  to’lovlari  ustidan 

nazoratni ham amalga oshirgan. 

Qushbegi  lavozimiga  davlatning  tajribali,  ishbilarmon,  siyosatdon  kishilari 

tayinlangan.  Nomzod  avval  devonbegi  mansabida  faoliyat  yuritgan  bo’lishi  lozim 

bo’lgan.  U  saroydagi  eng  yuqori  unvon  egasi  sifatida  davlatda  amirdan  so’ng 

turgan. Turklardagi ulug’ vazir yoki Yevropadagi davlat kantsleri singari qushbegi 

amirning  eng  yaqin  maslahatchisi  va  ishonchli  kishisi  bo’lgan.  Qushbegi  bir 

vaqtning  o’zida  amirning  shaxsiy  muhrini  saqlash,  boshqa  davlatlar  bilan 

aloqalarni  nazorat  qilish,  shuningdek,  moliya  ishlarini  boshqarish  kabi  mas’ul 

vazifalarni ham amalga oshirgan

15



Buxoro  amirligida  savdo-sotiqdan  olinuvchi  barcha  bojxona  to’lovlari 



boshqaruvi ham qushbegi qo’lida bo’lishi bilan bir qatorda, u yer solig’ini  yig’ish 

va  yer-mulklarni berishni ham nazorat qilgan. Bulardan tashqari unga  amir saroyi 

xavfsizligini  nazorat  qilish  vazifasi  ham  yuklatilgan.  Aynan  mana  shuning  uchun 

ham amir shahardan boshqa joyga  ketgan paytda u saroy darvozaxonasining unga 

maxsus kurilgan joyida amir shaharga qaytguncha kutib o’tirishga majbur bo’lgan. 

Har kuni kechqurun shaharning kechasi qulflanadigan darvozasi kaliti qushbegiga 

olib  kelib  berilgan  va  ertasiga  ertalab  esa  kalitlar  yana  darvozabonlar  boshlig’iga 

                                                 

14

 Ўзбекистон давлатчилиги тарихи очерклари. – Тошкент, 2001. –Б.156. 



15

 Холиқова Р. Марказий давлат бошқаруви тарихига бир назар // Мулоқот, 2004. – №2. –Б.41. 




 

26 


qaytarilgan.  Shuningdek,  qushbegi  Buxoro  shahri  hokimi  bo’lishi  bilan  birga, 

barcha  beklarning  oliy  boshlig’i  ham  edi.  Uning  mahkamasidan  markaziy 

hokimiyatning  ko’rsatmalari  va  qarorlari  chiqib  turgan.  Qushbegi  barcha  ishlarni 

bevosita  amirning  roziligi  bilan  qilgan  va  har  kuni  qilingan  va  qilinayotgan  ishlar 

to’g’risida amirga yozma yoki og’zaki axborot berib turgan. 

Otaliq  -  amirlik  markaziy  boshqaruvida  o’ziga  xos  vakolatga  ega  bo’lgan, 

mang’it  hukmdorlarining  tayanchi  hisoblangan  va  ularning  hurmatiga  sazovor 

bo’lgan  mansab  egasi.  Binobarin,  otaliq  amirga  ota  o’g’liga  qilganidek 

xushmuomalalik  bilan  munosabatda  bo’lishi  lozim  edi.  Unga  Buxoro  shahri  va 

Samarqanddan  Qoraqo’lgacha  bo’lgan  hududlarda  suv  taqsimotini  nazorat  qilish 

vazifasi yuklatilgan. O’z navbatida otaliq Shohrud kanali mirobligi vazifasini ham 

bajargan. 

Buxoro  amirligida  ahamiyati  bo’yicha  uchinchi  pog’onada  moliya  idorasi  – 

moliyaviy  devonxona  turgan.  Ushbu  davlat  idorasini  oliy  moliyaviy  amallardan 

biri  sanalmish  devonbegi  boshqarib,  u  davlat  boshqaruv  tizimida  ikkinchi 

mansabdor  shaxs  hisoblangan.  Devonbegi  davlat  xazinasi,  zakot  (xorijiy 

mamlakatlardan  keladigan  mol-mulklardan  tashqari)  hamda  soliqlarga  nisbatan 

umumiy davlat boshqaruvini amalga oshirgan

16

. Buxoro amirligida davlat xazinasi 



amir  xazinasidan  alohida  bo’lmaganligi  sababli  amirning  shaxsiy  daromad  va 

harajatlari alohida tartibda bo’linmagan edi. 

Amirning ikki xazinasi bo’lib, uni bo’lish quyidagi tamoyilga asosan amalga 

oshirilardi: ya’ni birinchi xazina asosiy xazina – sarf qilinmaydigan hamda daxlsiz 

sanalib,  ikkinchisi  xazina  esa  –  xarajatlar  manbai  hisoblangan.  Amir  an’anaga 

ko’ra  faqatgina  otasi  yoki  bobosi  tomonidan  qoldirilgan  daromadlarni  sarf  etib, 

o’zining  foydasini  saqlab  qo’yardi.  Amirliqda  markaziy  idoralardan  biri  mudofaa 

va  harbiy  masalalar  bilan  shug’ullanuvchi  vazirlik  bo’lib,  ushbu  idora  bevosita 

to’pchiboshi  lashkar  (harbiy  zir)  tomonidan  boshqarilgan.  To’pchiboshi  lashkar 

davlatdagi barcha otliq va piyoda askarlardan tashkil topgan qo’shinni boshqargan. 

                                                 

16

 Исмоилов М., Шаропов А. Тарих атамалар луғати. –Тошкент: Akademnashr, 2013. –Б.135. 




 

27 


U  mahalliy  hududlarni  harbiy  masalalarda  amalda  yordam  beruvchi  maxsus 

vakillari orqali nazorat qilgan. 

O’z  navbatida  amirlik  markaziy  boshqaruvida  boshqa  bir  qator  mansab  va 

unvonlar  bo’lib,  ulardan  to’rtta  asosiy  va  yuqori  darajadagi  lavozim  egalari 

hukumatga aloqasi bor shaxslar hisoblangan

17

. Jumladan: 



Birinchisi,  shayx  ul-islom  –  diniy  unvonlardan  biri  bo’lib,  diniy  ishlarni 

boshqargan va nazorat qilgan. Qozi askar - harbiy masalalar va harbiy jinoyatlarni 

ko’rib hal qiluvchi mansabdor; 

Ikkinchisi,  a’lamlar  –  davlatda  fiqhiy  masalalar  bo’yicha  fatvo  chiqaruvchi 

shaxslar.  Harbiy  muftiylar  –  harbiylar  uchun  fatvo  tuzuvchi,  ayniqsa,  davlat 

boshlig’ining  boshqa  bekliklarga  safari  chog’ida  va  harbiy  yurishlar  paytida 

harbiylar uchun fatvo chiqaruvchi vakil hisoblangan; 

Uchinchisi,  muhtasib  –  bozorlar  va  savdo  rastalarida  o’lchov  birliklari, 

tarozilarni hamda hunarmandlar mahsulotlarining sifati va narxini nazorat qiluvchi 

amaldor; 

To’rtinchisi,  tarbiyachi-mudarrislar  –  ushbu  mansab  egalariga  amirlikda 

katta  e’tibor  berilgan  bo’lib,  ularning  asosiy  vazifasi  talabalarga  ilm  berish  va 

ularni  shariat  yo’li  asosida  tarbiyalash  bo’lgan.  Shuni  alohida  ta’kidlash  joizki, 

bo’lajak qozilar, beklar va boshqa mansabdor shaxslar ularning tarbiyasi va ilmini 

olishi  shart  bo’lgan.  Undan  tashqari  yana  to’rt  mansab  mavjud  bo’lganki,  ularni 

amir  bevosita  saidlik  obro’-e’tiboriga  ega  bo’lgan  fuqarolarga  in’om  etgan. 

Birinchisi,  Jo’ybor  hududini,  shahar  devorining  ichki  va  tashqi  tomonini 

boshqarish masalasi yuklatilgan. 

Ikkinchisi,  naqib  –  harbiy  yurishlar  paytida  qo’shinning  jangovar 

tayyorgarligi,  ta’minlanganligi  va  taqsimotini  nazorat  qiluvchi  mansabdor.  Undan 

tashqari u qo’shinning ilg’or qismini, orqa (front) qismini, o’ng va so’l qanotini va 

pistirma haqidagi ma’lumotlarni yig’uvchi vakil vazifasini ham amalga oshirgan. 

                                                 

17

 Бобоев Ҳ., Хидиров З ва бошқ. Ўзбек давлатчилик тарихи (II китоб). –Тошкент: Fan va texnologiya, 2009. –



Б. 223. 


 

28 


Uchinchisi,  bosh  o’rog’  –  shariatga  asosan  saidlar  qo’shinida  muxtasib 

vazifasini amalga oshiruvchi shaxs. 

To’rtinchi mansab naqshbandiy deb nomlanib, unga amirlar dafn etiladigan 

qabristonni ko’kalamzorlashtirish ishlarini boshqarish topshirilgan. 

Davlatda yana to’rt turdagi lavozim mavjud bo’lib, maxsus tayinlov asosida 

faoliyat  yuritmasdan, balki ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar ushbu mansablarga har 

qanday  shaxs  tayinlanishi  mumkin  bo’lgan.  Aniqrog’i,  amirga  ma’qul  bo’lgan 

olimlar,  saidlar,  xojalar,  o’zbeklar  va  boshqalardan  biriga  topshirilgan  mir  asad, 

fayzi, sadr va sudur deb nomlangan lavozimlar. 

Agar  fayzi  olim  yoki  said  bo’lsa,  unga  muqaddas  Buxoro  shahrining  tashqi 

qismi muxtasibligi topshirilgan. Agar mir asad olim  yoki said bo’lsa, unga saidlar 

o’rtasida  rabot  (kichik  shaharcha)da  bir  farsang  oralig’ida  muxtasiblik  vakolatini 

amalga  oshirish  yuklatilgan.  Sadr  –  Buxoro  shahri  rabot  ichidagi  bir  farsang 

masofada  joylashgan  vaqflar  hisob-kitobini  yuritgan  bo’lsa,  sudur  rabot 

tashqarisidagi vaqflarni boshqarish masalasi bilan mashg’ul bo’lgan

18



Amirlik  markaziy  boshqaruvida  davlat  boshlig’ining  tashkiliy-ijrochilik 

ishlarini  olib  boruvchi  bo’limi  mavjud  bo’lib,  unda  quyidagi  to’rt  asosiy 

mansabdor  shaxs  o’ziga  belgilangan  vakolatni  amalga  oshirgan.  Jumladan, 

devonbegi  –  tanho  masalalarini  qayd  etuvchi  daftarni  yuritish  mudiri;  mushrif  – 

hukmdor  tomonidan  taqdim  etilgan  ashyolar,  kiyim-kechaklar,  qalqonlar,  sovutlar 

va boshqa sovg’alarni yozib qoldirish ishlari bilan shug’ullangan; daftardor – tanho 

yoki  suyurg’oldan  foydalanish  bo’yicha  tasdiqlangan  yoxud  rad  etilgan 

shaxslarning  ma’lumotini  yuritgan;  tanobchi  devon  –  bahor  va  kuz  oylarida  xiroj 

yerlaridan tushadigan tushumlarni yurituvchi lavozimda xizmat qilgan. 

Undan  tashqari  amirlik  markaziy  boshqaruvida  uncha  yuqori  bo’lmagan 

mansablar  ham  mavjud  bo’lib,  ular  o’zlariga  aniq  belgilangan  vazifani  amalga 

oshirganlar. Ushbu lavozimlardan birinchisi bu – kutubxonachi bo’lib, barcha ilm-

ma’rifatga  oid  bo’lgan  kitoblarni  va  olimu-fuzalolar  tomonidan  yozib  qoldirilgan 

asarlarni  to’plab,  saqlab  yurgan.  Baxshi  –  hukumatga  aloqador  bo’lgan  qurilish 

                                                 

18

 Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. –Тошкент: Янги аср авлоди, 2012. –Б351. 




 

29 


ishlarining kirim-chiqim faoliyatini boshqarib turgan. Devoni sayisxona – shaxsan 

amir  tomonidan  tayinlanadigan,  otlarning  hisob-kitobi,  tantanavor  bezaklari, 

do’mbira  va  boshqa  ashyolarini  nazorat  qiluvchi  mansabdor  shaxs.  Devoni 

to’shakxona  –  amirga  tegishli  bo’lgan  qimmatbaho  kiyim-kechaklar,  qurol-

yarog’lar  va  boshqa  nodir  narsalarning  ro’yxatini  va  ulardan  foydalanganlik 

haqidagi ma’lumotlarni yurituvchi mansabdor. 

Davlat  boshlig’i  mahkamasining  ikki  asosiy  maxsus  xodimi  bo’lib,  ular 

amirning  kundalik  ish  yurgizish  masalalari  bilan  bevosita  mashg’ul  bo’lgan. 

Parvonachi  –  amir  farmonlari,  yorliqlari  va  boshqa  qarorlarini  beklarga  hamda 

boshqa mansabdor shaxslarga etkazish masalalari bilan shug’ullangan. Dodhoh esa 

– davlat boshlig’iga turli masalalar bo’yicha kelib tushadigan ariza va shikoyatlarni 

qabul  qilib,  unga  etkazish  hamda  berilgan  javoblarni  o’z  egalariga  qaytarish 

vazifasi yuklatilgan. 

Bundan  tashqari  amirning  doimiy  xizmatida  to’rtta  ishonchli  vakil  faoliyat 

yuritib,  ular  ham  davlat  boshlig’ining  kundalik  xizmatida  bevosita  ishtirok 

etganlar.  Jumladan,  kichik  inoq,  ulug’  mehtar,  hukmdor  xazinasi  devoni  va 

dasturxonchi. Kichik inoqning asosiy vazifasi – amir muhri saqlanadigan qutichani 

asrab-avaylash bo’lgan. Undan tashqari amir nomiga keladigan marhamatnomalar, 

elchilarning  xatlari  yoki  boshqa  hujjatlarni  dastlab  kichik  inoq  qabul  qilgan. 

Shundan  so’ng,  kichik  inoq  amirning  buyrug’iga  asosan  hujjatni  baland  ovozda 

o’qib eshittirish uchun munshiyga topshirgan. 

Ulug’  mehtarning  asosiy  vazifasi  esa,  zakot  undirish  bilan  bog’liq 

masalalarni  tashkillashtirish  bo’lgan.  Amir  xazinasi  devoni  –  davlat  yerlarining 

hisob  kitobi,  amirga  tegishli  mol-mulklar,  amir  haramiga  ketadigan  xarajatlar  va 

zaruriy  narsalar  masalasida  amirga  bevosita  ma’lumot  berib  turgan.  Dasturxonchi 

esa  amir  dasturxonini  bezatish,  bazmlarni  tashkillashtirish  va  amir  mahkamasiga 

xizmat  qiluvchi  oshxonada  umumiy  boshqaruvni  amalga  oshirish  bilan  band 

bo’lgan. 

Davlat  boshqaruvida  boshqa  bir  qator  mansablar  ham  mavjud  bo’lib,  ular 

asosiy  vazifa  bilan  birga  qo’shimcha  vakolatlarga  ham  ega  bo’lgan.  Masalan, 




 

30 


to’qsabo  –  amir  majlisi  dasturxonini  nazorat  qilish  bilan  birga,  Harkanrud 

tumanining hokimligi va mirobligi ham uning qo’lida edi. Shu bilan birga to’qsabo 

harbiy harakatlar chog’ida amir bayrog’ini ko’tarib yurgan

19



Eshikog’aboshi  esa  davlat  boshlig’i  o’z  saroyida  bo’lgan  vaqtda  uni 

qo’riqlash bilan bir qatorda Shofirkon tumanini boshqarish va bu hududlarda suv 

taqsimotini nazorat qilgan

20



Miroxur – amir otxonasida ishni tashkil etish bilan birga Komi Abu Muslim 

tumani mirobligi va obodonlashtirish masalasi bilan shug’ullanar edi. 

Yana  uchta  mansab  mavjud  bo’lib,  ushbu  mansablar  harbiy-ma’muriy 

xarakterga  ega  edi.  Ulardan  birinchisi,  qo’rchiboshi  deb  atalib,  amir  miltig’i  va 

boshqa  qurol  sozligi  uchun  javobgar  bo’lgan.  Udaychi  esa  harbiy  harakatlar 

jarayonida naqibning ko’rsatmasiga binoan navkarlar va qo’shinning taqsimlanishi 

va joylashuvini kuzatish vazifasini bajargan. Qorovulbegi – soqchilar va qorovullar 

boshlig’i sanalib, davlatning asosiy ichki va tashqi xavfsizligi masalalarini nazorat 

qilib turgan. 

Amirlikda  shig’ovul,  miroxo’rboshi,  mirshab  kabi  amallar  bo’lib,  ular  ham 

o’ziga  xos  ravishda  tegishli  vazifalarni  ado  etganlar.  Masalan,  shig’ovul  –  davlat 

vakillari  va  elchilarni  qabul  qilib,  ularning  faoliyatini  nazorat  qilish  bilan 

shug’ullangan.  Miroxo’rboshi  –  hukmdorga    tegishli  bo’lgan  otlarga  em-xashak 

etkazish  masalasini  tashkil  qilib,  nazorat  ostiga  olgan.  Mirshab  esa  shaharni 

qo’riqlash vazifasini bajargan. 

Shuni  alohida  ta’kidlab  o’tish  joizki,  markaziy  boshqaruvda  o’sha  davrda 

o’zga  davlatlarda  amalda  mavjud  bo’lmagan  tartib,  ya’ni  harbiy  yig’inlar  paytida 

mahalliy  boshqaruv  vakillari  markaziy  boshqaruvda  bevosita  ishtirok  etganlar. 

Chunonchi, chandavul, qorovul, yo’lchi va josus kabi. 

Davlat  mahkamasida  boshqa  bir  qator  xizmatchi  xodimlar  bo’lib,  ular 

faqatgina  tegishli  xizmat  vazifalarini  bajarganlar.  Ular  qatoriga  jibachi, 

sadaqko’rchi,  qilichko’rchi,  mo’zabardor,  oftobachi,  ro’ypokbardor,  qurutbardor, 

                                                 

19

 Шукуриллаев Ю. Қўшин бошқаруви тарихидан // Жамият ва бошқарув.  2006. –№2. –Б. 48. 



20

 Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. –Тошкент: Янги аср авлоди, 2012. –Б.345. 




 

31 


tarkashbardor,  gulobi,  mufarrix,  dastorband,  jig’oband,  tamakisoz,  otashbardor, 

to’g’bichi,  shukurchi,  nayzabardor,  jilovchi  kabilar.  Masalan,  jibachi  harbiylar 

uchun  mahsus  kiyim  tiksa,  mo’zabardor  amirning  oyoq  kiyimlarini  saqlagan. 

Ro’ypokbardor  amirning  pardoz-andozi  bilan,  tarkashbardor  esa  uning  yotog’ini 

tozaligi  va  saranjomligiga  shaxsan  javobgar  bo’lgan.  Undan  tashqari  otashbardor 

davlat  mahkamasini  yoritish  masalalariga  javobgar  bo’lgan  bo’lsa,  nayzabardor 

bilan jilovchi amirning shaxsiy qurol-aslahalari va ot-aravasini har qanday holatda 

tayyor  turishiga  javobgar  bo’lgan.  Shu  bilan  birgalikda  saroy  ahliga  doimiy 

ehtiyojdagi  mol-mulklarni  xarid  qilish  bilan  shug’ullanuvchi  mansabdor  shaxslar 

ham  mavjud  bo’lgan.  Ular  qatoriga  yaroqchi,  bo’xcha-bardor,  anbardor  va 

mevador kabilarni kiritish mumkin. 

Markaziy 

boshqaruvda 

har 


bir 

sohani, 


aniqrog’i 

savdo-sotiq, 

hunarmandchilik,  ishlab  chiqarish  kabi  masalalarni  boshqarib  turuvchi  vakillar 

tayinlangan.  Masalan,  sharbatdor  –  amirlikda  turli  ichimliklarni  tayyorlash  va 

etkazishni  tashkil  etgan  bo’lsa,  zargarboshi  zargarlar  faoliyatini  nazorat  qilib 

turgan. Me’morboshi esa shaharning bosh me’mori hisoblanib, shaharni bezash va 

qurilish  ishlariga  umumiy  rahbarlikni  amalga  oshirgan.  Farroshboshi  shaharni 

tozalash va obodonlashtirish ishlarini boshqargan. 

O’z  o’rnida  ta’kidlash  lozimki,  amirliqda  fuqarolarning  xavfsizligini 

ta’minlashga  doir  bir  qator  ishlar  amalga  oshirilgan.  Jumladan,  fuqarolarni 

yo’llarda  o’g’ri,  talonchi,  bosqinchi  va  turli  isyonchilar  hujumidan  himoya  etish 

maqsadida bir qator mansablar joriy etilgan edi. Ular qatorida zindonband, jilband, 

jallod va bandiband

21

 kabi amaldorlarni sanab o’tish mumkin. 



Amir  yoki  uning  vakolati  doirasida  tayinlangan  mansabdor  shaxslar,  ya’ni 

amirning  joylardagi  vakili,  mahalliy  boshqaruvchilar  hamda  beklar  davlatning 

mahalliy  boshqaruv  organlari  hisoblangan.  Beklar  yuqori  tabaqa  vakillaridan 

bo’lib, asosan yirik yer egalaridan tayinlangan. 

                                                 

21

  Abdurahimova  N.  A.  va  boshq.  Davlat  muassasalari  tarixi.  Kasb-hunar  kollejlari  uchun  o‘quv  qo‘llanma.  – 



Тoshkent: Sharq, 2007. – B. 118. 


 

32 


Qoida  bo’yicha  mansablar  qarindoshlik  asosida  berilgan,  ammo  shuni 

alohida  ta’kidlash  joizki,  oddiy  fuqaro  ham  bek  bo’lishi  yoki  aksincha  bek  oddiy 

fuqaroga  aylanib  qolishi  mumkinligi  o’z  navbatida  beklik  boshqaruvini 

mas’uliyatli vazifa ekanligidan dalolat beradi. 

Mahalliy  boshqaruvni  amalga  oshirgan  beklar  ko’pgina  hollarda  boshqaruv 

masalasida markaziy boshqaruv tartibini joriy etishga harakat qilar edilar. Shuning 

uchun  amirlikning  ayrim  hududlarida  vaqti-vaqti  bilan  mavjud  hokimiyatni  tan 

olmaslik holatlari kuzatiladi. Har qaysi bek o’zining saroyiga, mansab va unvoniga 

ega  bo’lgan.  Beklarning  ishlarni  boshqarish  va  tashkillashtirish  bo’yicha  kotiblari 

bo’lib,  hududlardan  tushadigan  soliq  va  boshqa  majburiy  to’lovlarni  nazorat 

qilgan. Xo’jalik ishlarini dasturxonchi deb nomlangan xazinabon boshqargan. 

Buxoro  amirligida  bekliklar  huquqiy  maqomi  bo’yicha  bir-biridan  farq 

qilgan. Masalan, Samarqand bekligi nufuzliligi, Qarshi bekligi ko’p hollarda davlat 

boshlig’i merosxo’ri hokimligi bilan, Chordjo’y bekligi esa urug’ davomchilariga, 

Buxoro  bekligi  esa  qushbegining  o’zi  tomonidan  boshqarilganligi  tufayli  keng 

imtiyozlarga ega bo’lgan. Umuman olganda, bekliklarning maqomi ularning davlat 

va  jamiyatga  keltiradigan  foydasi  miqdoriga  bog’liq  bo’lgan.  Beklar  asosan 

rentadan  daromad  olishar,  chunki,  ular  amirdan  hech  qanday  moyana  haqi 

olmaganlar,  o’z  navbatida  ular  aholidan  soliq  va  boshqa  majburiy  to’lovlarni 

yig’ish  ishlariga  bosh-qosh  bo’lganlar.  O’z  o’rnida  beklar  amirning  amaldorlari 

sanalib,  amir  tomonidan  farmon  asosida  tayinlanganlar  hamda  amirga  hududiy 

birliklar  bo’yicha  iqgisodiy,  ijtimoiy  va  siyosiy  masalalar  yuzasidan  hisob  berib 

turganlar.  Yuqoridagi  xususiyati  bilan  beklar  ilgarigi,  ya’ni  xonlik  davridagi  bek-

amir  lavozimidan  keskin  farq  qiladi.  Beklik  mansabi  Buxoro  amirligi  tomonidan 

belgilab  qo’yilgan  “Unvonlar  ro’yxati”  bo’yicha  mansablik  unvoni  tizimida  9 

(to’qqiz) darajadagi unvonlar toifasiga kirgan

22



Buxoro  amirligi  mahalliy  boshqaruvida  harbiy-ma’muriy  amaldorlarning 



mavqei  baland  bo’lgan.  Amir  va  uning  maxfiy  xizmati  tomonidan  amalga  oshirib 

                                                 

22

 Исмоилов М., Шаропов А. Тарих атамалар луғати. –Тошкент: Akademnashr, 2013. –Б.66. 




 

33 


turilgan  nazorat  ko’pgina  amaldorlarning  o’z  mansablarini  suiste’mol  qilishlarini 

oldini olganligi ahamiyatga molikdir. 



Amir  (arab.  —  amr  qiluvchi,  boshliq,  hokim)  —  lashkarboshi,  hokim,  bek. 

XVIII  asr  oxiridan  e’tiboran  Buxoro  xonligi  hukmdorlari  o’zlarini  amir  deb  atay 

boshlaganlar.  


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin