Mamadaliyeva maxliyo raxmatullo qizi buxoro amirligining davlat muassasalari faoliyati bitiruv malakaviy ishi


Bitiruv  malakaviy  ishining  tarkibi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/26
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#42535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
buxoro amirligining davlat muassasalari faoliyati

Bitiruv  malakaviy  ishining  tarkibi.  Kirish,  ikki  bob,  to’rt  qism,  xulosa  va 

foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 




 



I  BOB.  O’RTA  OSIYODA  DAVLAT  MUASSASALARI  VA 



ULARNING DAVLAT BOSHQARUVIDAGI O’RNI  

1.1. O’zbekiston hududida davlat muassasalarining tashkil topishi 

 

Jahon  tarixidagi  ilk  davlatlar  dehqonchilik  bilan  shug‘ullanuvchi  yerlar  va 



sug‘orish  kanallari  bilan  chegaralangan  hududlarda  paydo  bo‘lgani  haqida 

ma’lumotlar  bor.  Dastlabki  davlatlar  miloddan  avvalgi  IV  ming  yillikda  tashkil 

topgan bo‘lib, ularda o‘ziga xos davlat muassasalari tizimi ham shakllangan. 

Davlat  tushunchasi  ilgari  ma’lum  bir  hukmron  sinf  manfaatlarini  himoya 

qiluvchi  tashkilot  sifatida  talqin  etilgan.  Bugungi  kunda  esa  davlat  tushun-chasi 

mohiyati tubdan o‘zgarib, u quyidagicha ta’riflanadi: 

Davlat  –  suverenitetiga,  boshqaruvning  hamda  fuqarolar  huquq  va 

erkinliklarini  himoya  qilishning  maxsus  apparatiga  ega  bo‘lgan,  shuningdek, 

huquqiy  normalarini  yaratishga  qodir  bo‘lgan  ommaviy  hokimiyatning  siyosiy-

hududiy  tashkiloti.  Davlat  –  butun  mamlakat  miqyosidagi  hokimiyatning  maxsus 

boshqaruv  va  majburlov  apparatiga  ega  bo‘lgan,  barcha  uchun  majburiy  qonunlar 

chiqaradigan  va  suverenitetga  ega  bo‘lgan  yagona  siyosiy  tashkilot.  U 

hokimiyatning bosh instituti bo‘lib, jamiyat siyosiy tizimining odamlar, guruh, sinf 

va tashkilotlarning hamkorlikdagi faoliyatini va o‘zaro munosabatini tashkil etadi, 

yo‘naltiradi va nazorat qiladi

4

.  



Davlatning  asosiy  belgilari  sifatida  fuqarolarning  ma’lum  bir  hududda 

birlashishini,  boshqaruv  apparatini  mavjudligi,  barcha  uchun  majburiy  bo‘lgan 

asosiy  qonun  va  qonun  osti  huquqiy-me’yoriy  hujjatlarga  egaligi,  ichki  va  tashqi 

siyosati hamda soliqlar tizimi shakllanganligini qayd etish joiz. 

Jamiyat  va  davlat  o‘rtasidagi  munosabatlar  rivojlanib  borishi  bilan  davlat 

shakllari ham o‘zgarib borgan. Boshqaruv jihatidan davlat monarxiya va respublika, 

tuzilishiga  ko‘ra  unitar  (oddiy),  federativ  va  konfederativ  shaklda,  siyosiy  tartibi 

bo‘yicha  demokratiya,  aksildemokratiya,  fashistik  va  totalitar  (mustabid) 

                                                 

4

  Ўзбекистон  Миллий  Энциклопедияси.  2-жилд.  –  Тошкент:  “Ўзбекистон  миллий  энциклопедия”  Давлат 



илмий нашриёти, 2002. –Б. 445.

 



 

ko‘rinishlarga  ega  bo‘lgan.  Birinchi  bo‘lib  demokratiya  siyosiy  tartibi  Qadimgi 



Yunonistonda miloddan avvalgi 594-yilda o‘rnatilgan bo‘lsa, respublika boshqaruv 

shakli Qadimgi Rimda miloddan avvalgi 509-yilda joriy etilgan. 

Davlat  ishlarini  tartibga  solish,  ichki  va  tashqi  aloqalarni  boshqarib  turish 

zaruriyati  maxsus  davlat  muassasalarini  tuzilishiga  olib  keldi.  Ular  turli  tarixiy 

davrlarda,  turli  siyosiy  vaziyat  va  qonuniyatlar  ta’sirida  o‘zgarib,  rivojlanib  bordi. 

O‘z  xususiyatlariga  ko‘ra  davlat  muassasalari  mamlakatni  boshqaruvchi,  qonun 

chiqaravchi, ijro etuvchi va sud organlari vazifasini bajarib keldi. 

Yuqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda  davlat  muassasalari  (idoralari) 

tushunchasini  quyidagicha  ta’riflash  mumkin.  Davlat  muassasasi  –  davlat 

mexanizmining  qonunga  muvofiq  ravishda  o‘z  tuzilishi,  ijtimoiy  hayotining 

muayyan sohasini boshqarish bo‘yicha aniq belgilangan vakolatiga ega bo‘lgan  va 

yaxlit birlik hosil qiladigan tarkibiy qismi. 

Davlat  muassasalarining  asosiy  belgilari  sifatida  ularni  maxsus  qonun 

chiqarish  yo‘li  bilan  tashkil  etilishini,  unga  yuklatilgan  vazifalar  doirasi 

mavjudligini, boshqaruv apparatida mustaqil o‘ringa ega bo‘lishini, boshqa idoralar 

bilan aloqalari va o‘ziga xos tuzilishga egaligini aytib o‘tish mumkin. 

O‘zbekiston  davlat  muassasalarini  vujudga  kelishi  masalasining  o‘rganilishi 

tarixini  yorituvchi  bir  qator  ilmiy  nashrlar  mavjud  bo‘lib,  ular  hozirda  ham  o‘z 

qimmatini  yo‘qotmagan.  Xususan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.  A. 

Karimov  1998-yil  iyul  oyida  bo‘lib  o‘tgan  bir  guruh  tarixchi  olimlar  va  ommaviy 

axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvida o‘zbek xalqi tarixini har tomonlama 

tadqiq qilish, davlatchilik tarixining turli bosqichlaridagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy 

va  ma’naviy  hayotini  o‘rganish  yuzasidan  bir  qator  takliflar  ham  bildirgan  edi. 

Shundan  kelib  chiqqan  holda  respublika  kasb-hunar  kollejlarining  ish  yuritish  va 

arxivshunoslik  ta’limi  yo‘nalishlarida  tahsil  olayotgan  talabalariga  O‘zbekiston 

davlat  muassasalari  tarixini  o‘rgatish  alohida  ahamiyatga  ega.  Mazkur  firkrimiz 

quyidagilar bilan asoslanadi: 

1.  Tashkilot,  muassasa,  idora  va  korxonalarda  faoliyat  olib  borayotgan  har 

qanday  ish  yurituvchi  hujjat  turi,  uni  rasmiylashtirish  tartibi  hamda  ish  yuritish 



 

tizimini  to‘g‘ri  tashkil  etish  uchun  muassasa  tushunchasiga  ega  bo‘lishi  va  ularni 



kelib chiqish tarixini yaxshi bilishi talab etiladi. 

2.  O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda “Arxivlar to‘g‘risida”gi 

Qonuniga  muvofiq,  Milliy  Arxiv  Fondi  tashkil  etildi.  Ma’lumki,  O‘zbekiston 

Respublikasi Milliy arxiv fondi davlat va nodavlat arxiv fondlarini o‘z ichiga oladi. 

Davlat  arxiv  fondi  hujjatlar  hajmi  jihatidan  katta  qismni  tashkil  etishi  va  davlat 

muassasalari  faoliyati  natijasida  mujassamlashganligini  inobatga  olgan  holda 

ularning tarixini o‘rganish muhim masalalardan biri sanaladi. 

3.  Davlat  arxivlari  ishini  tashkil  etishda,  ya’ni  ularni  hujjatlar  bilan  butlash, 

hujjatlar  qimmatdorligini  ekspertiza  qilish,  tartibga  solish  va  ulardan  ijtimoiy-

iqtisodiy,  ma’naviy-ma’rifiy  maqsadlarda  foydalanishni  yo‘lga  qo‘yishda 

O‘zbekiston  Respublikasi  Milliy  arxiv  fondini  butlash  manbai  hisoblangan  davlat 

muassasalarini  tuzilishi,  vazifalari,  faoliyati  to‘g‘risida  ma’lumotlarga  ega  bo‘lish 

zarur hisoblanadi. 

O‘zbekiston  hududida  ilk  davlatlarning  vujudga  kelishi  ishlab  chiqarish 

kuchlarining  rivojlanishiga  bog‘liq  holda  bo‘lgan.  Mamlakatning  tabiiy  iqlimi 

sug‘orma  dehqonchilik  bilan  shug‘ullanishga  katta  omil  bo‘lib  xizmat  qilgan. 

Dehqonchilik,  hunarmandchik  va  savdo-sotiqning  rivojlanishi,  shuningdek, 

kuchayib  borayotgan  siyosiy  qarama-qarshiliklar,  harbiy  to‘qnashuvlar  ta’sirida 

davlatlar  vujudga  kela  boshlagan.  Natijada  yer  maydonlariga  bo‘lgan  munosabat, 

ayniqsa ularga egalik qilish udumlari asta-sekin o‘zgarib borgan. 

O‘zbekiston  hududida  ilk  davlat  uyushmalari  miloddan  awalgi  I  ming 

yillikning  birinchi  yarmida,  ya’ni  VII-VI  asrlarda  tashkil  topgan

5

.  Davlatga 



yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun o‘ziga xos davlat muassasalari tizimi 

joriy  etilgan  bo‘lib,  davlatchilikning  dastlabki  bosqichida  davlat  muassasalari 

vazifasini  maxsus  tayinlangan  shaxslar  amalga  oshirgan.  Yil  sayin  ko‘payib 

borayotgan  jamoa  xo‘jaliklarida  yer  va  suvni  taqsimlash,  qurilish  va  irrigatsiya 

(sug‘orish)  ishlarini  yuritish,  jamoaning  ichki  va  tashqi  ishlarini  boshqarib  turish 

                                                 

5

 Abdurahimova N. A. va boshq. Davlat muassasalari tarixi. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. – Тoshkent: 



Sharq, 2007. – B.8. 


 

10 


zaruriyati  “qishloq  hokimlari”  deb  nomlanuvchi  oqsoqol  (yoki  dehqon)lar  sinfmi 

shakllanishiga  olib  keldi.  Ularning  mol-mulkni  himoya  qiluvchi,  dushmanlarga 

qarshi  harbiy  yurishlar  uyushtirish  va  tinch  paytlarda  qishloq  aholisi  ustidan 

hukmronlik  qilish  uchun  50-100  tadan  ortiq  o‘z  askarlari  bo‘lgan.  Ma’lum  bir 

hududda  bir  necha  qishloqlar  birlashib,  tumanni  hosil  qilgan.  Tumanni  oqsoqollar 

kengashi  boshqargan.  Oqsoqollar  kengashi  esa  viloyat  yoki  shahar  hokimiga 

bo‘ysingan. Ba’zida esa viloyatlar  biron-bir davlatga tobe bo‘lib, ularni mamlakat 

hokimi – podshoh boshqargan. Masalan, Ahamoniylar davlati (miloddan awalgi VI 

asr  o‘rtalari)  tarkibiga  kirgan  O‘zbekiston  hududlari  satrapliklar  (viloyat)ga 

ajratilib, ularni satraplar boshqargan. Satrap etib urushda yaxshi xizmat ko‘rsatgan 

sarkardalar bilan birga mahalliy hokimlar ham tayinlangan. 

Davlat  rivojlanishi  bilan  uning  vazifalari  doirasi  kengayib,  natijada  davlat 

muassasalari  tizimi  ham  takomillashib  borgan.  Har  bir  davlatning  boshqaruv 

idorasi,  xodimlari,  budjeti  va  muayyan  ish  yuritish  tizimi  mavjud  bo‘lgan. 

Ahamoniylar  davrida  bo‘lgani  kabi  Salavkiylar  (miloddan  awalgi  312-yil) 

hukmronligida  ham  ko‘pgina  davlat  ishlarini  olib  boruvchi  devonxona  mavjud 

bo‘lgan.  Ayrim  manbalarda  keltirilishicha,  saroydagi  xat-hujjat  ishlarini 

boshqaruvchi maxsus lavozim joriy etilgan. 

Mazkur  davlatlar  monarxiya  shaklida  boshqarilib,  hukmdor  qo‘lida  qonun 

chiqaravchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati mujassamlashgan. Ayrim hollarda uning 

vakolatlarini  cheklab  turuvchi  davlat  organi  ta’sis  etilib,  mamlakatni  boshqarish 

o‘zaro  kelishuv  asosida  amalga  oshirilgan.  Xususan,  miloddan  awalgi  III  asrning 

boshlarida  tashkil  topgan  Qang‘  davlatini  boshqarish  shakliga  ko‘ra  cheklangan 

monarxiya  deb  atash  mumkin.  Chunki,  mamlakatni  boshqarishda  podshohga 

Oqsoqollar  kengashi  (Oliy  kengash)  yordam  bergan.  Hattoki  yangi  hukmdorni 

taxtga o‘tqazish to‘g‘risidagi qaror Oqsoqollar kengashi tomonidan ko‘rib chiqilgan 

va tasdiqlangan. 

Qadimgi  Farg‘ona (Dovon mil. av. III asr) davlati  oliy hukmdor  – podshoh  

tomonidan  boshqarilib,  uning  ikki  yordamchisi  –  vazir  (katta  va  kichik)  bo‘lgan. 

Vazir  etib  podshohning  yaqin  kishilari  yoki  qarindoshlari  tayinlangan.  Qadimgi 




 

11 


Farg‘onada  Qang‘  davlati  kabi  hukmdorlar  boshqaruvda  Oqsoqollar  kengashiga 

tayangan


6

. Kengash mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotida faol ishtirok 

etish  bilan  birga  podshoh  bilan  bog‘liq  rasmiy  tadbirlarda  ham  ishtirok  etgan. 

Kengash  qarori  bilan  davlatning  muhim  masalalari,  ya’ni  urush  e’lon  qilish,  sulh 

tuzish,  dip-lomatik  munosabatlar  o‘rnatish  kabi  masalalar  hal  etilgan.  Oqsoqollar 

kengashi hukmdorni taxtga o‘tqazish va kerak hollarda taxtdan tushirish va jazolash 

vakolatiga  ham  ega  bo‘lgan.  Masalan,  xitoyliklar  bosqini  aybdori  deb  topilgan 

Farg‘ona  hukmdori  Mug‘uy  kengash  qarori  bilan  qatl  etilgani  tarixiy  manbalarda 

ko‘rsatilib o‘tiladi. 

Bundan  tashqari  davlat  boshqaruvida  diniy  muassasalarning  o‘rni  ham 

beqiyos  bo‘lgan.  Ibodatxonalar  tasarrufida  mulk  va  yerlar  bo‘lib,  ularni  diniy 

arboblar – kohinlar boshqargan. Kohinlar faoliyatini esa bosh ruhoniy nazorat qilib 

turgan. 

Umuman  olganda,  qadimgi  davrlardayoq  O‘zbekiston  hududida  o‘ziga  xos 

davlat  organlari  ta’sis  etilib,  ular  boshqaruv  masalalarini  tartibli  ijro  etishga 

yo‘naltirilgan edi. 

Mahalliy  hukmdorlar  ichida  eng  yirigi  Samarqand  ixshidlari  bo‘lib,  ular 

So‘g‘dning ilk feodal davlatlari konfederatsiyasi tarkibida katta siyosiy nufuzga ega 

bo‘lgan.  Mazkur  ittifoq  tarkibiga  Buxoro,  Kesh  va  Naxshab  mulklari  birlashgan. 

So‘g‘d  shahar  va  qishloq  aholisi  -  naf,  mulkdorlar  –  ozodkor,  savdogarlar  – 

guvokor, dehqonlar  –  kashovarz,  xizmatkorlar  –  korikor,  tobe  dehqonlar  – kadivar 

deb  yuritilgan.  Aslzodalar  tabaqasiga  podshoh,  mahalliy  hukmdorlar,  yirik 

dehqonlar  kirgan.  Podshoh  davlat  bosh  hukmdori  sanalib,  u  umumdavlat  mulkdan 

tashqari, o‘zining shaxsiy mulkiga ham ega bo‘lgan

7



Jamiyatda  dindor  shaxslarning  ahamiyati  katta  bo‘lgan.  Ular  turli  diniy 



marosimlar  va  udumlarni  ado  etish  bilan  bir  qatorda,  davlatni  boshqarishda 

hukmdorlar ga o‘z yordamlarini berganlar. Diniy yerlarni vag‘nze, din peshvolarini 

vag‘npat deb atashgan. 

                                                 

6

 Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. –Тошкент: Янги аср авлоди, 2012. –Б.102, 



7

Сагдуллаев  А.,  Аминов  Б.  ва  бошқалар.  Ўзбекистон  тарихи:  давлат  ва  жамият  тараққиёти.  1-қисм.  – 

Тошкент: Академия, 2000. –Б.72. 



 

12 


Yuqoridagi  ma’lumotlardan  ko’rinib  turibdiki,  O’zbekiston  xududida  ilk 

davlat  muassalari  faoliyati  asosan  mahalliy  va  davlat  mansablari  bilan  bog’liq 

xolatda yuritilganligini ko’rish mumkin. 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin