Mamadaliyeva maxliyo raxmatullo qizi buxoro amirligining davlat muassasalari faoliyati bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/26
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#42535
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
buxoro amirligining davlat muassasalari faoliyati

Qo’shbegi  -  Buxoro  amirligida  mang’itlar  sulolasi  davrida  bosh  vazir, 

amirdan  keyingi  oliy  mansab  hisoblangan.  Qo’shbegiga  barcha  viloyatlar  va 

bekliklarning hokimlari, beklari bo’ysungan hamda amirning poytaxtda bo’lmagan 

paytida  u  amirlikning  barcha  ishlarini  boshqargan

24

.  Shuningdek,  Qo’shbegi 



Buxoro  atrofidagi  11  ta  tumanni  (hozirgi  Buxoro  viloyatini)  amir  nomidan  idora  

qilgan.  Buxoro  amirligida  Qo’shbegilar  2  ta  bo’lgan:  “Qo’shbegiyi  bolo”  (yuqori 

Qo’shbegi)  va  “Qo’shbegiyi  poyon”  (quyi  Qo’shbegi).  Qo’shbegiyi  bolo  arkda, 

ya’ni baland qo’rg’onda yashagan va saroy ishlarida etakchi mavqeni egallagan. U 

doimiy  ravishda  arkda  amir  bilan  muloqotda  bo’lib  turgan.  Qo’shbegiyi  poyon  – 

                                                 

23

 Исмоилов М., Шаропов А. Тарих атамалар луғати. –Тошкент: Akademnashr, 2013. –Б.284. 



24

 Усмонов Қ., Содиқов М., Бурхонова С. Ўзбекистон тарихи. Дарслик. –Т., 2005. –Б. 174. 




 

35 


bosh  zakotchi  esa  ark  quyisidagi  hovlilardan  birida  yashab,  amirlik  hududidagi 

butun  soliq  ishlarini  nazorat  qilib  turgan.  Mamlakatda  favqulodda  vaziyat  yuz 

bersa  yoki  urushlar  boshlansa  har  ikki  lavozim  birlashtirilib,  “kulli  Qo’shbegi” 

(“kull”  arabcha  so’z  bo’lib,  “barcha”  degan  ma’noni  bildirgan)  lavozimi  joriy 

qilingan.  Kulli Qo’shbegi amirlikda butun hukumat ishlarini  o’z qo’lida to’plagan 

va  shoshilinch  qarorlar  qabul  qilgan.  Buxoro  amirligida  Ostonaqul  qo’shbegi, 

Nasrullo qo’shbegi kabi katta nufuzga ega Qo’shbegilar bo’lgan

25



Biy  —  1)  qabilaning  yoki  qabilalar  ittifoqining  boshlig’i,  to’rasi;  2)  yuqori 

mansabli kishilarni ulug’lash uchun ishlatilgan so’z yoki ularga be-rilgan unvon; 3) 

ko’chmanchi  va  yarim  ko’chmanchi  turkiy  xalqlarning  urug’  oqsoqollariga 

berilgan  unvon.  4)  Buxoro  xonligida  xizmat  pog’onasining  9-mansabi;  amorat 

panoh  unvoni  bo’lgan.  Bu  unvonni  olgan  shaxs  uni  keyingi  mansablarni 

egallaganda ham o’zida saqlab qolgan.  



Dastorband  (fors,  dastor  –  salla  va  band  –  bog’lamoq)  –  podshoh  yoki 

xonning  sallasini  o’rab  qo’yadigan  xizmatkor.  Bu  xildagi  lavozim  Buxoro 

xonligida  bo’lganligi  XVIII  asr  manbalarida  qayd  etilgan.  Dastorban  oliy 

hukmdorning yaqin va ishonchli a’yonlaridan hisoblangan. 

 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin