Усмонов Қ., Содиқов М., Бурхонова С. Ўзбекистон тарихи. Дарслик. –Т., 2005. –Б. 174.
38
boshqargan va nazorat qilgan
30
.
Yosh buxoroliklar – Buxoro amirligidagi jadidlar partiyasi (firqasi).
Dastlab “Tarbiyai atfol” (“Bolalar tarbiyasi”) maxfiy jamiyati shaklida tuzilgan.
1910-20 yillarda “Yosh buxoroliklar” partiyasi deb atalgan. Unga taraqqiyparvar
ziyolilar, savdogarlar va shahar kambag’allari vakillari kirgan. Ular boshida
mavjud amirlik tuzumi doirasida demokratik islohotlar o’tkazish, konstitutsiyaviy
monarxiya o’rnatish orqali amirning mutlaq hokimligini cheklab qo’yish tarafdori
bo’lgan. Abdulvohid Burhonov, Mukammil Burhonov, Sadriddin Ayniy, Us-
monxo’ja Po’latxo’jayev (Usmon Xo’ja), Otaulla Xo’jayev, Ahmadjon Hamdiy
(Abusaidov), Homidxo’ja Mehriy, Musa Saidjonov, Mirzo Siroj Hakim “Yosh
buxoroliklar”ning dastlabki tashkilotchilari edi. Keyinchalik, uning faoliyatida
Fitrat, Fayzulla Xo’jayev va Muhiddin Mansurov katta rol o’ynashdi. “Yosh
buxoroliklar” iqtidorli yoshlarni Istanbul, Qozon, Ufa, Boqchasaroyga o’qishga
jo’natdi. Ular partiyaning moddiy mablag’i hisobidan ta’lim olishgan. Fayzulla
Xo’jayev va Muhiddin Mansurov partiyaga katta mablag’ ajratgan. Istanbulda
“Buxoro ta’limi maorif jamiyati” tashkil qilinib, jamiyat a’zolari Turkistonda
maorif tizimini rivojlantirishda muhim ishlar qilishdi. Jamiyatning ko’magi bilan
Fitrat va boshqa taraqqiyparvarlarning asarlari Istanbulda nashr qilinib, Turkiston
mintaqasiga tarqatildi. “Yosh buxoroliklar”ning maqsadi yangi usul maktablarini
ochish, bolalarning savodini tezroq chiqarish, ijtimoiy ongini o’stirish, maktab,
Madrasa, o’quv tizimini isloh qilish edi. Bu davrga kelib Buxoro shahrining o‘zida
vaqf daromadlari hisobiga faoliyat ko‘rsatadigan 108 ta madrasa bo‘lib, ularning
60 tasi asosiy ta’lim muassasalari hisoblangan
31
.
Dostları ilə paylaş: