Mamadaliyeva maxliyo raxmatullo qizi buxoro amirligining davlat muassasalari faoliyati bitiruv malakaviy ishi


  Buxoro  amirligida  harbiy,  diniy  va  sud  sohasidagi  davlat



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/26
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#42535
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
buxoro amirligining davlat muassasalari faoliyati

2.2.  Buxoro  amirligida  harbiy,  diniy  va  sud  sohasidagi  davlat 

muassasalari faoliyati  

Buxoro  amirligi  ijtimoiy-siyosiy  hayotida,  davlat  boshqaruvida  harbiy-

ma’muriy va din peshvolarining tutgan o‘rni ham o‘ziga xos bo‘lgan. amirlikda din 

                                                 

30

 Бобоев Ҳ., Хидиров З ва бошқ. Ўзбек давлатчилик тарихи (II китоб). –Тошкент: Fan va texnologiya, 2009. –



Б.227. 

31

 Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. –Тошкент: Янги аср авлоди, 2012. –Б.488. 




 

39 


vakillari  juda  ko‘p  bo‘lgan  va  ular  ta’sirli  kuchga  ega  bo‘lishgan.  Din  vakillari 

aksariyat hollarda imtiyozli guruhlardan - sayyid va xo‘jalardan tashkil topgan edi. 

Rossiya  istilosiga  qadar  bo‘lgan  davrda  jamiyat  madaniy  hayotiga  mas’ul 

bo‘lgan  shoirlar,  mudarrislar,  talabalar  hayotida  jiddiy  o‘zgarishlar  bo‘lmagan. 

Asosiy  soliq  to‘lovchi  aholi,  jamiyat  moddiy  boyliklarini  yaratuvchi  ijtimoiy 

tabaqa  bo‘lgan  raiyat,  ijtimoiy  tabaqaning  quyi  qismida  qolib,  ijtimoiy 

adolatsizliklarning  asosiy  og‘irligi  ular  zimmasida  edi.  Mang‘itlar  davrida  ham 

Buxoroda  qulchilik  saqlangan  edi.  Qullar  asosan  rus,  eron  millatlariga  mansub 

bo‘lib,  harbiy  talonchilik  yurishlarida  qo‘lga  olinar  va  turkmanlar  yoki  qozoqlar 

tomonidan  Buxoro  bozorida  sotilar  edi.  amirlikda  davlatni  ijtimoiy  tabaqalarga 

bo‘lishda aholining qaysi millat yoki urug‘ga mansubligiga ham e’tibor berilgan. 

Buxoro  qozikaloni  huzurida qirq  a'lam va  12  muftiydan  iborat  rivoyatlar 

tuzuvchi muftiylar  devoni bo`lgan.  Amirlikda  musulmon  ruhoniylari  yuqori 

mavqega  ega  bo`lgan.  Ular  katta  yerlarga  egalik  qilar  edi. Shayxulislom bosh 

ruhoniy  va  adliya  ishlarining  sardori  hisoblangan.  U  jamiyat  ma'naviy  hayotini 

boshqargan.  Sud  hokimiyati  ruhoniylar  qo`lida  bo`lgan.  Barcha  qozilar (qozi-ul-

quzzot)  qozikalonga bo`ysungan.  Davlat  boshqaruvida  u  yoki  bu  lavozim 

vazifasiga qarab o`zgarib turgan. 

Buxoro  qozi  kaloni  huzurida  a’lam  va  12  muftiydan  iborat  rivoyatlar 

tuzuvchi  muftiylar  devoni  bo’lgan.  Amirlikda  musulmon  ruhoniylari  yuqori 

mavqega ega edi. Ular katta yerlarga egalik qilardi. Shayxulislom bosh ruhoniy va 

adliya ishlarining sardori hisoblangan. U jamiyat ma’naviy hayotini boshqargan.  

Sud  hokimiyati  ruhoniylar  qo’lida  bo’lgan.  Barcha  qozilar  qozi  kalonga 

bo’ysungan.  Davlat  boshqaruvida  u  yoki  bu  lavozim  vazifasiga  qarab  o’zgarib 

turgan.  

Muhtasib  (arabcha  –  nazorat  qiluvchi)  Buxoro  amirligida  Muhtasib  shayx 

ul-islom va muftiydan keyin uchinchi mansab hisoblangan. 




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin