Dodxoh, dodxo – ushbu lavozim egasi Buxoro amirligida:
1) a) qal’a boshlig’i, qo’rboshi; b) qozixona ishlari ustidan nazorat olib
boruvchi amaldor, raisi kalon.
2) Buxoro amirligida arzchilar shikoyatini amirga etkazib, javobini
shikoyatchilarga bildiruvchi amaldor
35
.
Tuqsoba, to’qsabo (eski o’zbekcha – o’z tug’iga ega bo’lgan) – harbiy qism
sarkardasi, tuqsaboshi. Buxoro amirligida eshikoqo boshi, chig’atoy begi singari
mansablardan keyingi, miroxurdan oldingi rutba hisoblanib, uning egasi amir
saroyiga otda kirish, lekin hukmdor qabulida o’tirish huquqiga ega bo’lmagan
shaxsni anglatgan. Bu mansabdor idishlarga ovqat suzish, kosalarga ichimlik,
qatiq, muzdek suv quyish, ularni xizmatkorlar orqali mashvarat yoki kengash
ahliga etkazishga mas’ul hisoblangan. U, shuningdek, Harqonrud tumanini va u
yerda suv taqsimotini boshqargan.
Qora cherik – Buxoro amirligida muntazam qo’shin bilan baravar urush
yoki tinchlik chog’ida xizmatda bo’lgan nomuntazam lashkar. Ehtiyoj bo’lmagan
kezlarda Qora cherik uylariga tarqalib ketgan. Qora cherikni to’plash uchun
hukmdor(amir) farmoni chiqqan va u bozorlarda jarchilar tomonidan e’lon
qilingan. Har bir qishloq, shahar, viloyatdan yig’iladigan Qora cherik miqdori
ilgaridan aniq bo’lganligi bois, amir buyrug’iga binoan, nomuntazam lashkar
yetkazib berishda muammolar tug’ilmagan. Muntazam qo’shin otlar bilan
ta’minlangan bir paytda, Qora cherik shaxsiy ulovi bilan harbiy harakatlarda
34
Исмоилов М., Шаропов А. Тарих атамалар луғати. –Тошкент: Akademnashr, 2013. –Б.440.
35
Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. –Тошкент: Янги аср авлоди, 2012. –Б.351.
44
ishtirok etishi majburiy hisoblangan. Qal’a, qo’rg’onlarni muhofaza qilishda
muntazam xizmatdagi askarlar soni kamlik qilsa, Qora cherikdan foydalanilgan.
Ba’zan yurishda qatnashayotgan qo’shinning deyarli yarmini Qora cherik tashkil
etgan.
Navkar, nukar (mo’g’ulcha noxor – do’st, o’rtoq) xon huzurida xizmat
qiluvchi oliy tabaqali yigitlar. Navkarlar – qurollangan erkin kishilar bo’lib, o’z
ixtiyorlari bilan xizmat qilishgan. Buxoro xonligida navkarlar xizmati uchun davlat
tomonidan belgilangan maosh bilan ta’minlangan va majburiy harbiy xizmatni
o’tagan. Harbiy harakatlardan bo’sh paytlarda navkar soqchilik vazifasini bajargan.
Tavochi (mo’g’ulcha - hisobchi) Buxoro xonligida harbiy nozir – naqibga
qo’shinni joylashtirish, qurol-aslaha bilan ta’minlash, harbiy harakatlar vaqtida
lashkarning ilg’or, ar’ergard, o’ng qanot, so’l qanot va markaziy qismlari hamda
pistirmadagi vaziyatdan xabardor bo’lish mas’uliyati yuklatilgan.
Dostları ilə paylaş: |