Mamadaliyeva maxliyo raxmatullo qizi buxoro amirligining davlat muassasalari faoliyati bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/26
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#42535
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
buxoro amirligining davlat muassasalari faoliyati

Chag’davul,  changdovul  –  Buxoro  xonligida  harbiy  mansablardan  biri 

hisoblanib,  qorovul,  yo’lchi  va  josusdan  yuqori  turgan.  Ayni  paytda  arergard 

qo’shinida xizmat kiluvchi askar ham chag’davul istilohi bilan ifodalangan. 

Qorovul - harbiy harakatlar chog’ida qo’shinning asosiy qismlaridan  ancha 

masofada oldinda borib,  yovning xatti-harakatidan xabardor bo’lib turuvchi, zarur 

paytlarda  “til”  tutib  keltiruvchi  maxsus  suvoriy  soqchi  guruh  (avanpost).  Buxoro 

xonligida biror bir ayg’oqchi yoki talonchining mamlakat yoki lashkarga qo’shilib 

kirmasligi uchun yo’llarni muhofazalov-chi askariy guruh. 

Amir  Shohmurod  Buxoro  amirligi  davlatchiligi  tarixida  o`z  o`rniga  alohida 

ega  bo`lgan  hukmdorlardan  sanaladi.  U  turkiy  mang`itlar  sulolasi  hukmdorlari 

ichida  birinchi  bo`lib  sud  –  huquqiy  islohotlarini  amalga  oshirdi.  Davlatchilik 

tarixida  “amiri  ma'sum”  (“Begunoh  amir”)  nomi  bilan  qolgan  amir 

Shohmurodning 

hukmronlik 

yillari 


(1785–1800) 

Buxoroda 

markaziy 

hokimiyatning nisbatan mustahkamlanishi davri bo`ldi. 

Amir  Shohmurod  tomonidan  o`tkazilgan  sud  –  huquqiy  islohotlari 

mamlakatda  sud  ishlaridagi  nohaqliklarga  chek  qo`yilishiga,  sudlarda  ishlarning 

erkin  olib  borilishiga  hamda  qozilar  tomonidan  odillik,  adolat  va  insonparvarlik 



 

45 


ruhida sud jarayonlarini amalga oshirishga imkon yaratib berdi. Asosiy sud idorasi 

qozilik  mahkamalari  hisoblanib,  qozikalon  butun  mamlakatning  bosh  qozisi 

(sudyasi) edi. Fuqarolik va jinoiy ishlarning barchasini qozilar ko`rib chiqqan. Sud 

ishlarini yuritish tartibi oddiy ko`rinishga ega edi.  

Qoziga  og`zaki  va  yozma  ravishda  ariza  bilan  murojaat  etish  mumkin  edi. 

Keltirilgan  murojaat,  ariza  yoki  shikoyatnomalarga  asoslangan  holda  qozining 

huzuriga  aybdor  yoki  aybdorlar  ishni  boshlash  uchun  keltirilar  edi.  Qozilar 

tomonidan  olib  boriladigan  sud  jarayonida  aybdorni  ayblash  yoki  uning  aybini 

isbotlash  uchun  shariat  qonun  –  qoidalariga  rioya  qiladigan,  rostgo`y,  halol 

kishilarning  guvohligi  yetarli  asosga  ega  edi.  Guvohlar  esa  kamida  ikki  kishidan 

iborat bo`lmog`i lozim edi. 

Sud  jarayonida  qozilar  aybdorlarning  moddiy  ahvoli,  avvalo  aybning 

darajasiga  qarab,  so`ngra  aybdorning  qilmish  uchun  chin  ko`ngildan  pushaymon 

bo`lishi,  zararni  ixtiyoriy  ravishda  qoplashi,  jabr  ko`rgan  shaxsdan  uzr  so`rashi 

kabi holatlarni inobatga olgan holda jazo tayinlagan. 

Amir  Shohmurod  tomonidan  o`tkazilgan  sud  –  huquqiy  islohotlarning 

muhim  jihati  shundaki,  bu  davrga  kelib  qozining  hukmidan  norozi  bo`lgan  taraf 

qozikalonga  yoki  amirga  shikoyat  qilish  huquqiga  ega  bo`ldi.  Qozikalonga  yoki 

amir  nomiga  yozilgan  shikoyatnoma  o`rganib  chiqilib,  qozining  hukmini  asosli 

ravishda qozikalon bekor qilishi hamda qozikalon qarorini faqat amir bekor qilishi 

mumkin edi. 

Amir  Shohmurod  tomonidan  o`tkazilgan  sud  –  huquqiy  islohotlari  o`sha 

vaqtda  nafaqat  Buxoro  amirligida,  balki  boshqa  xonliklarda  ham  sud  va  sudlovni 

ijobiylashtirish  uchun  ulkan  qadam  edi.  O`z  navbatida  amir  Shohmurod  sud 

idoralarining  qayta  tuzilishi,  tashkil  topishi  va  quyi  sud  idoralari  qozilarining 

tayinlanishi kabi yangiliklarni amalga oshirgan edi. 

O`sha  davrda  sud  idoralarini  isloh  qilish  maqsadida  amir  Shohmurodning 

bevosita  tashabbusi  bilan  qirq  a'lamdan  (qonunshunoslardan)  iborat  tarkibda  oliy 

sud  (qozixona)  palatasi  tuzildi.  Ushbu  palataning  a'zolari,  ya'ni  qonunshunoslar 

shariat  qonun-qoidalari  asosida  amir  Shohmurod  tomonidan  tuzilgan  qoidalar 




 

46 


to`plami  asosida  quyi  sud  idoralari  qozilarining  hukmidan  norozi  bo`lib  yozilgan 

arz va shikoyatnomalarni ko`rib chiqar edilar. 

Amir Shohmurod tomonidan  o`tkazilgan sud  - huquqiy islohotlarining  yana 

bir muhim yangiligi, bu oliy sud palatasida qirq a'lam (qonunshunoslar) ishtirokida 

ko`rilayotgan  arz  yoki  shikoyatnomada  da'vogarning  shaxsan  o`zi  ishtirok 

etishining talab qilinishi bo`ldi. 

Shunday qilib, amir Shohmurod davrida Buxoro amirligida yangi sud tizimi: 

qasaba  (kattaroq  qishloq),  tuman,  viloyat  qozilari,  Bosh  qozi  va  qirq  a'lam  sudi 

vujudga kelib, eng oliy qozi amirning o`zi edi. Shariat huquqi asosida Shohmurod 

tuzgan  qoidalar  to`plami  diqqatga  sazovordirki,  uni  izlab  topish  va  ilmiy 

jamoatchilikka  yetkazish  olimlarimiz  oldidagi  vazifalardan  biri  bo`lib  turibdi. 

Chunki  O`zbekistonda  hukm  surgan  sulolardan  chiqqan  davlat  boshliqlari  qo`li 

bilan  tuzilgan  qoidalar  to`plamlarini  juda  kam  uchraydi.  Shu  o`rinda  yana  amir 

Shohmurodning  sud  islohotlari,  ayniqsa,  katta  ahamiyatga  molik  ekanligini  aytib 

o`tish lozim.

 

Xulosa  qilib  aytganda,  Buxoro  amirligida  faoliyat  yuritgan  davlat 



muassasalar  o’zlarining  vazifalari  va  faoliyatlari  bilan  ajralib  turgan.  Ko’plab 

muassasalar  Qo’qon  va  Xiva  xonligida  ham  bir  xil  vazifa  bajarganligi,  yoki 

O’zbekiston  xududida  xukm  surgan  ayrim  sulolar  davrida  ham  faoliyat 

yuritganligini ko’rish mumkin.  




 

47 


XULOSA 

Buxoro  amirligining  davlat  muassasalari  tarixi  bo’yicha  adabiyotlar  va 

muhim  tarixiy  manbalarning  mavjudligiga  qaramay,  ushbu  mavzu  etarlicha 

o’rganilmagan.  Shu  bois,  XVIII  asrning  o’rtalaridan  amirlik  deb  nomlangan 

davrdan boshlab to mamlakatda XX asrning 20-yillarigacha bo’lgan davr orlig’ida 

faoliyat  yuritgan  davlat  muassasalari  faoliyatini  o’rganilishi  bitiruv  malakaviy 

ishini o’z oldiga qo’ygan maqsadidir.  

 Bitiruv malakaviy ishi yakuniga ko‘ra quyidagi xulosalarga kelindi: 

1.  O’zbekiston hududida davlat muassasalarining tashkil topishi va ularning 

faoliyatini alohida o’rganish O’zbekiston tarixi, Buxoro amirligi tarixi, O’rta Osiyo 

va  O’zbekistonda  davlat  muassasalari  tarixi  fanlaridan  muhim  manba  sifatida 

foydalanish mumkin.   

2.  Buxoro  amirligining  shu  davrdagi  tarixi  o’rganishda  ko’rish  mumkinki, 

amirlik Davlat Kengashi faoliyat yuritganini ko’rish mumkin. 

3.  Saroy  va  amirlik  boshqaruvida  faoliyat  yuritgan  davlat  muassasalari 

faoliyatlari  izchillik bilan o’rganishga yordam beradi. 

4.  Buxoro  amirligida  ijtimoiy-iqtisodiy  sohadagi  rasmiy  faoliyat  yuritgan 

davlat muassasalari tarixini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. 

5.  Buxoro amirligi davlat muassasalari faoliyatlari o’rganish orqali ularning 

har  biriga  tavsif  berilib,  boshqa  davrlarda  yoki  Xiva  va  Qo’qon  xonligidagi 

faoliyatlariga tarixiy nuqtai-nazardan solishtirildi. 

6.  Buxoro  amirligi  davlat  muassasalari  ijtimoiy-siyosiy  hayotdagi  o’rni, 

vazifasi va tarixiga e’tibor qaratildi.  

7.  Buxoro  amirligi    davlat  muassasalarining  davlat  boshqaruv  organlari  va 

ularning tarkibi, turli  yillarda egallab turgan mansablari to’g’risidagi ma’lumotlar 

mujassamlashtirilgan.  Keltirilgan ma’lumotlar orqali arxiv fondlarining manbaviy 

ahamiyati nechog’lik muhimligi yana bir bor o’z tasdig’ini topdi.   

Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki,  Buxoro  amirligi  davlat  muassasalari 

faoliyatlari,  ularni  tashkil  qilinishi  masalalari,  ularning  vakolatlari  kabi  masalalar 

ilmiy  muomalaga  kiritilishida  arxiv  hujjatlari,  tarixiy  manbalar,  bu  davrga  oid 




 

48 


manbalarni  –  Rossiya  bosqini  davriga  oid,  sovet  mustamlakasi  davriga  oid, 

mustaqillik  davriga  oid  manbalar  orqali  biz  o’sha  davrdagi  boshqaruv  tizimining 

qay  darajada  tashkil  qilinganligini,  undagi  yutuq  va  kamchiliklarni  tahlil  qilish 

orqali ulardan tarixiy saboqlar chiqarishga imkon beradi.  

 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin