Gar dilingda o'ylagan orzuga yetmoq istasang, Qimmat umring qilmagil bexudaga bekor, o'qi!.. Ey o'g'il! Dunyoda bo'lmoq istasang olijanob, O'qugil maktab kelib, zinhor o'qi, ming bor o'qi! U «Maktab» she'rida «O'qub ilmu adab bo'lgay garang hushyor maktabdin» deb «Insonni inson qatoriga qo'shish», insonni kamolotga yetkazish va uni olijanob, fazilatli kishi qilib yetishtirishda maktabning roli
katta ekanligini ko'rsatadi. Shoir maktab tarbiyasining ahamiyatini yuksak baholaydi, uni sirlarning xazinasi, odamni odam qiladigan joy deb ko'rsatadi. Hamza bolalarni ilmli, odobli hamda hunarli qilishda kitobning ahamiyati nihoyatda katta ekanligini «Kitob» she'rida sodda, obrazli, mazmundor misralarda tasvirlab beradi. U o'z she'rida kitob bilim manbai, «ko'zning nuri, dil huzuri, dillarning darmoni!...», «Har balodan asrag'uvchi eng muhim qimmat yaroq» kabi sifat va ta' rifiar bilan kitobni yuksakka ko'taradi. Shu bilan birga har bir kishi ko'nglidagi orzuga yetishi uchun «Ilm manbai bo'lgan kitob»ni sevishi, savodli bo'lishi lozimligini uqtiradi.
Har ko 'ngilning orzusi shul erur obihayo , Qadrini bilgan kishiga, shubhasiz, jondir kitob. .Ko'zning nuri, dil huzuri, dillaming darmonidur, Har qorong'u dilga go*yo mohi-tobondir kitob... ,
Har kishi yoshlikda qilsa ozgina g'ayrat agar, Tez zamonda oshno bo'lmog'i osondir kitob. Mumtoz adabiyotimizda qalam haqida juda ko'p falsafiy she'rlar yozilgan. Hamzaning «Qalam» deb nomlangan she'ri ham ana shunday asarlardan hisoblanadi. Shoir qalamni ma'rifat ramzi sifatida «Qoradir garchi izi nuri haqiqatdir o'zi» deya qadrlaydi.
Hamza «Ilm ista» she'rida yoshlarga murojaat qilib kishining ko'zlagan murod-maqsadlariga erishishida ilm olishning ahamiyati katta ekanligini aytadi, yoshlarni ilm olishga, dunyo sirlarini o'rganishga da'vat qiladi. U ilmli kishi bilan ilmsiz kishini bir-biriga solishtirib ilmli kishini porloq oftobga, ilmsiz kishini qorong'u kechaga o'xshatadi. Shuning uchun ham Hamza ilm-fanning mohiyatini tushuntiradi va yoshlarni ilm o'rganishga undaydi:
...Har murodu maksadingga yetmoq istarsan murod, Ko 'z ochib bedor bo 'I: darkor ilm, darkor ilm! Ul haqiqat oyiniga sayqal istarsan Nihon, ilm ista, ilm ista, istag'il zinhor ilm! Shuningdek, shoir ilm-fanni quruq o'rganib olishnigina targ'ib etmaydi, balki uning xalqqa xizmat qilishini yangi-yangi kashfiyotlar uchun kerakligini nazarda tutadi va buni bolalarga uqtiradi:
Ilm bizni yeturgay har muroda, Bizam ilm o 'Isa uchgaymiz havo Olim bo 'Isak dunyoda, Kelur har ish bunyoda, Biz ham suv osti kezi Ham ucharmiz havoda. : Shoir ilm-fanning kuch-qudratini, kishilar ongini o'stirishdagi bag'oyat katta rolini bolalarga sodda va ravon misralarda ifoda qiladi: .
...Olim bo'lsak qancha biz, ,
Har bid'atni yanchamiz- Jahl otlig'dushmanni, -Ko'ksina tig' sanchamiz. Shoir «Hikoya» asarida bolalarni yolg'on gapirmaslikka, rostgo'ylikka chaqiradi. Bu g'oya xolasining pulini o'g'irlagan oiladagi katta o'g'ilning siri fosh etilishi vositasida ifodalanadi. Shoir sharmanda bo'lgan bola haqida gapirib, qissadan hissa chiqaradi:
Hissa, kimi bo *yla xiyonat qilur, ^ "? Bir kun o'zin should hijolat qilur. \>r ,
«Toshbaqa bilan Chayon» masalining syujeti xalq og'zaki ijodida juda mashhur. Gubcaniy bu masal mazmunini nasriy yo'l bilan bergan bo'lsa, Hamza unga qayta sayqal berib, nazmda bayon etgan. Hamza masalda do'stlikni ulug'laydi, firibgarlik, tilyog'lamalikni esa qattiq qoralaydi. Toshbaqa orqali rahmdil, chin do'st obrazini yaratadi. Chayon obrazida esa yaxshilikka yomonlik qaytaruvchi, tilyog'lama, o'z so'zida turmaydigan kishilar fosh etiladi.
Shoir bolalarni tanlab, bilib do'st bo'lishga, yomon niyatli kishilar bilan hamroh bo'lmaslikka chaqiradi, kirnda-kim yaxshilikka yomonlik qil, uning boshiga kulfat tushishi turgan gapligini uqtiradi. Masalda bunday xulosa chiqariladi:
Hissa, kimi g'aymi ulfat etar, ^ a \ i O'z-o'zicha boshiga kulfat yetar. «0'qish kitobi»dagi asarlarning ko'pchiligida o'z zamonasi uchun g'oyat ilg'or fikrlar olg'a suriladi. Ayniqsa, undagi maktab, kitob, qalam, ilm, o'qituvchi, bola tarbiyasida ota-onaning roli haqidagi she'rlar, «Toshbaqa bilan Chayon» kabi ibratli asarlar hozirgi vaqtda ham kitobxonlarga manzur bo'lgan va mar rifiy-estetik tarbiya beradigan asarlar sirasidandir. Ana shu g'oyaviy va badiiy yuksak, o'quvchilarga manzur bo'lgan asarlar «O'qish kitobi»ni o'zbek bolalar adabiyotining noyob namunalaridan deb hisoblash uchun asos bo'ladi.
Hamza 1925 yilda «Ikkinchi sinf uchun qiroat kitobi» darsligini yozdi. Bu kitob g'oyaviy mavzui jihatidan Alisher Navoiyning «Hayratul-abror» asariga yaqin turadi. Kitob bolalar ruhiga mos qilib, nasriy yo'l bilan yozilgan. Undagi birinchi asar — «Ilm»da ma'rifatlilik, ilmli bo'lish shunday sharhlanadi:
«Ey bolalar, bar bir inson bolasiga dunyoda eng awal zarur va lozim bo'lgan narsa olamda ilmlik o'lmoqdir. Ilmsiz kishini butun inson demak ayni xatodir...»
Kitobdagi barcha darslar ana shunday tafsilot bilan boshlanadi, so'ng bir bayt she'r keltiriladi:
Ilmsiz har kishi uchsa havoga ,
Ko'ngil berma aningdek xudnamoga. ,
Hamza ilm haqidagi hikoyalaridan keyingilarini axloq, odob masalalariga bag'ishlaydi. Xususan, muaflif darslikda bola tarbiyasida ota-onaning beqiyos rolini yuqori baholaydi.
Hamza bu asarida xalq og'zaki ijodidan unumli foydalangan. Asarning badiiy shaklini belgilashda bolalar adabiyotining talablari to'Ia ko'zda tutilgan, fikr sodda, ixcham, ayni vaqtda, jonli til va obrazli iboralar bilan bayon qilingan.
Asarning boshdan-oyoq beva-bechora, mehnatkash omma manfaatini himoya qilish va ma'rifatga da'vat etish ruhi bilan sug'orilganligi Hanizaning haqiqiy ma'rifatparvar shoir ekanini tasdiqlaydi.
«Qiroat kitobi» Hamza ijodida yetakchi o'rinda turadi.
1915 yilda Hamzaning «Miliiy ashulalar» to'plami bosilib chiqdi. Bu to'plamdagi she'rlarning ko'pchiligida ma'rifatparvarlik g'oyalarini targ'ib etish davom etadi. Hamza awalgi she% rlarida ilmli va yaxshi xulqli kishilarni ma'rifatparvar deb ko'rsatgan bo'lsa, endi u o'z xalqi uchun jonini ham ayamaydigan, yuksak ijtimoiy ongli shaxslarni ma'rifatparvar deb talqin qildi. Bu uning ijodiga ijtimoiy voqeilik ta'sir etganini, ijodkorning g'oyaviy tomondan o'sganini ko'rsatadi.
Shoir «Milliy ashulalar», «Oq gul», «Qizil gul», «Yashil gul» va boshqa to'plamlaridagi qo'shiqlari bilan xalq ommasini madaniyatli bo'lishga undaydi, zulmdan shikoyat qiladi, ijtimoiy faollikka chaqiradi.
Mashhur tarbiyachi, atoqli shoir, dramaturg va bastakor Hamza Hakimzoda Niyoziy mehnatkash xalqni, shuningdek, yosh avlodni o'qitish, ma'rifatli qilish, tarbiyalash ishiga o'zining butun iqtidorini, umrini bag'ishiadi.