Mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish


Mavzuga oid adabiyotlar tahlili



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix07.07.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#136045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
investisiya

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. 
Investit-
siyalarning iqtisodiy mohiyati va mazmuni to‘g‘ri-
sida iqtisodchi olimlar o‘rtasida xilma-xil qarashlar 
va flkrlar mavjud. Bu so‘zning ham keng ma’nosi-
dan, ham tor ma’nosidan foydalanish mumkin. 
“lnvestitsiya” tushunchasining ma’no-mazmuniga 
hozirgacha yakuniy bir ta’rif berilmagan va iqtiso-
diy fanning turli sohalarida investitsiya’ning maqsa-
di, vazifalari, manbayi, mablag‘ kiritish sohalari va 
obyektlarining xususiyatlaridan kelib chiqib turli-
cha ta’rif berilmoqda.
 
Rossiyalik iqtisodchi olim L.Igoshina tomoni-
dan “Investitsiyalar pulni saqlash, ko‘paytirish yoki 
ijobiy miqdordagi daromadni ta’minlashni hisobga 
olgan holda uni joylashtirish mumkin bo‘lgan har 
qanday vosita sifatida ifodalanadi” deb ta’riflangan 
[2].
INNOVATSIYA VA INVESTITSIYA


Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 3-son
 
 96 
«Инвестиции» darsligining muallifi, profes-
sor A.Neshitoy investitsiyalarning mazmunini quyi-
dagicha tavsiflaydi: “…foyda olish yoki boshqa sa-
maralarga erishish maqsadida o‘z yoki o‘zga mam-
lakatning turli tarmoqlariga tadbirkorlik loyihalari, 
ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar hamda innovatsiya loyi-
halarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan pul mab-
lag‘larini (kapitalni) uzoq muddatga joylashtirish-
dir” [3].
Investitsiya atamasining iqtisodiy mohiyati 
yana bir qator rus olimlari tomonidan quyidagicha 
tavsiflangan:
− “investitsiyalar iqtisodiy foyda va ijtimoiy 
samara olish maqsadida investitsiya sohasi 
obyektlariga kiritiladigan barcha turdagi mulkiy va 
intellektual boyliklarni aks ettiradi” [4];
− “investitsiyalar deganda, foyda (daromad) 
olish va investorlarning individual maqsadlari sin-
gari ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida 
iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalariga, tad-
birkorlik va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga 
muayyan muddatga kapitalning maqsadli yo‘nalti-
rilgan qo‘yilmasi shaklida amalga oshiriladigan 
xarajatlar yig‘indisi tushuniladi” [5]. 
Xorijlik iqtisodchi olimlardan U.Sharp, Kemp-
bell R.Millonell, Stanli, L.Bryu kabilar investitsiya-
larning mazmun-mohiyati yuzasidan turlicha ta’rif-
larni bayon etishgan. Jumladan, Nobel mukofotining 
iqtisodiyot bo‘yicha laureati (1990-yil) U.Sharp 
ta’kidlashicha: “…investitsiyalar kelgusida (ehtimol, 
nomuayyan) qiymatlik olish maqsadida hozirgi 
vaqtda muayyan qiymatlikdan voz kechishdir” [6]. 
“Investitsiyalash” atamasining ma’nosini mana 
bunday sharhlaydilar: “Kelajakda foyda olish uchun 
bugun puldan ajralishdir” va hisoblaydilarki, mab-
lag‘larni yoki real, yoxud moliyaviy aktivlarga inves-
titsiyalash mumkin. Ular investitsiyalash atamasi 
mazmunini kelajakda foyda olish maqsadida bugun 
pul bilan “xayrlashish”da ko‘radilar. 
Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan A.Vaxa-
bov, Sh.Xajibakiyev, N.Muminov, D.G‘ozibekov, 
D.Tojiboyeva, G.Maxmudovalar tomonidan investit-
siyalarning iqtisodiy mohiyati yuzasidan ilmiy 
izlanishlar olib borilgan va munosabat bildirilgan. 
Jumladan, A.Vaxabov, Sh.Xajibakiyev, N.Muminovlar 
tomonidan investilsiyalarning mazmun-mohiyati 
bo‘yicha bayon etilgan ta’rifda: “…investitsiyalar – 
foyda olish hamda ijobiy ijtimoiy samaraga erishish 
maqsadida tadbirkorlik obyektlariga va boshqa 
faoliyat turlariga qo‘yiladigan pul mablag‘lari, bank-
larning maqsadli omonatlari, aksiyalar, boshqa qim-
matli qog‘ozIar, texnologiyalar, mashinalar, uskuna-
lar, litsenziyalar, kreditlar, har qanday boshqa mol-
mulk yoki mulkiy huquqlar, intellektual boyliklar”, − 
deb ta’riflangan [7]. 
Prof. D.G‘ozibekov tomonidan investitsiyalar-
ning mazmuniga quyidagicha ta’rif berilgan: “…aniq 
va ishonchli manbalardan mablag‘lar olish, ularni 
asosli holda safarbar etish, risklar darajasini hisob-
ga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko‘zlan-
gan samarani olishdan iborat bo‘ladi. Ana shu belgi-
lariga ko‘ra investitsiyalar boshqa qo‘yilmalardan 
mazmunan farq qiladi. Bular barchasining asosida 
kapitalning harakatlanish jarayoniga jalb etilishi 
investitsiyalarning mohiyatini aks ettiradi” [8].
Shuni ham ta’kidlash joizki, D.G‘ozibekov 
tomonidan investitsiyalarning makroiqtisodiy dara-
jadagi, makrodarajadagi va moliya nazariyasidagi 
mohiyati to‘g‘risida ham fikrlar bildirilgan. Ishlab 
chiqarish nazariyasi va umuman, makroiqtisodiyot-
da investitsiyalar yangi kapitalni (ishlab chiqarish 
vositalari hamda inson kapitalini qo‘shib hisobla-
ganda) yaratish jarayonidir. Moliya nazariyasida esa 
investitsiya deganda, real yoki moliyaviy aktivlarni 
olish tushuniladi, ya’ni bugungi sarf-xarajatlarning 
maqsadi kelajakda daromad olishdir. Demak, biz-
ningcha, “Investitsiyalar bo‘sh turgan kapitalni iqti-
sodiy-ijtimoiy samara olish maqsadida harakatga 
keltirishdir”. 
Bizga ma’lumki, iqtisodiy o‘sish investitsiya 
resurslarisiz bo‘lishi mumkin emas, bu resurslar o‘z 
mohiyati bilan ishlab chiqarishni rivojlantirishga 
qaratilgan mablag‘dir. Pul mablag‘lari shaklidagi 
investitsiyalar nominal investitsiyalardir. Bu inves-
titsiyalar moddiylashib, amalda ishlab chiqarishga 
jalb etilgandan so‘ng real investitsiyalarga aylanadi 
va iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin