Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
680
w
www.oriens.uz
November
2021
KIRISH
Elektr stansiyalar ish rejimlarini to‘g‘ri tashkil etilishi va elektr energiyasi ishlab
chiqarish jarayonida ishtirok etadigan barcha uskuna va qurilmalarning zamonaviy
fan-texnika yutuqlari
asosida modernizatsiyalash, yangilash va avtomatlashtirish
hamda texnologik jarayonlarning optimallashtirish evazidan yoqilg‘i energetik
resurslarini tejash, iqtisodiy samaradorlikka erishish
va talab etilgan ishlash
sharoitlarini yaratilishi natijasida vujudga keladigan ekologik muammolarni hal etish,
stansiya qurilmalarini yuqori samarada ishlashi ta’minlanishi bilan bir qatorda ishlab
chiqarilgan elektr energiyasining sifat darajasini ko‘tarilishiga, ishlab chiqarishdagi
xarajatlarining keskin kamayib borishiga erishiladi.
Bundan tashqari issiqlik elektr markazida ham sistemadagi turbina generatorini
sovituvchi vodorodning va podshipniklarni sovituvchi moy issiqligini utilizatsiyalash
maqsadida ishlatilgan texnik suv gradirnya orqali sovitiladi va bunda katta miqdorda
atrof – muhitga issiqlik bilan birga sovutuvchi texnik suvning yo‘qotilishi kuzatiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hozirgi kunda issiqlik elektr stansiyalarda texnik suv ta’minotida to‘g‘ri oqimli
va aylanma tizimli sistemalardan keng foydalanilmoqda. Keyingi yillarda sanoat
ishlab chiqarishida texnik suvga bo‘lgan
talabning oshishi, suv zahiralarining
kamayib borishi mavjud suv manbalaridan samarali foydalanishni hamda issiqlik
elektr stansiyalar texnik suv ta’minotida mavjud usullardan
optimalini aniqlash
ishning dolzarbligini asoslaydi.
O’zbekiston hududidagi Tallimarjon IESda hozirgi kunda texnik suvni
sovutishga mo‘ljallangan sachratish qurilmalarini qurishda ishlatiladigan
konstruksion qurilish materiallari (turli o‘lchamli metall quvurlar),
yasalishi
murakkab konfiguratsiyaga ega bo‘lgan sachratish soplolari, 28 gektar maydonga ega
bo‘lgan suv xavzalarini yaratishga sarf etiladigan temir- beton materiallari (sement,
qum, armatura) va turli xil sizishni bartaraf etadigan polietilin materiallar hamda
ochiq suv xavzalaridan bug‘lanadigan va yerga sizilayotgan sovutish suvlarining
yo‘qotilishlari bartaraf etiladi xamda atrof-muxit musaffoligiga erishiladi.
Tallimarjon IES minorali gradirnya qurilmasini qo‘llanishi evazidan
stansiyaning texnik suv ta’minoti tizimida sarf etiladigan umumiy xarajatlar taxminan
17 %
qisqaradi, yoqilg‘i tejamkorligi (turbinaning oxirgi pog‘onasida normal
sharoitni hosil qilinishi evazidan) ta’minlanadi.
O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohat va modernizatsiyasi modeli
orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfatlarimizni
amalga oshirish
vazifasini quyar ekanmiz eng avvolo “shox terapiyasi” deb atalgan usullari bizga