Mamlakatimizda rivojlanib borayotgan innovatsion siyosat ta’lim oldiga muhim va mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda


I.2.” Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizom” ga muvofiq Nodavlat MTT boshqarish



Yüklə 30,38 Kb.
səhifə5/6
tarix10.05.2022
ölçüsü30,38 Kb.
#57247
1   2   3   4   5   6
KIRISHwwwwwwwwwwwww1

I.2.” Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizom” ga muvofiq Nodavlat MTT boshqarish

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotni boshqarish faoliyatini tartibga soladi.

2. Nodavlat maktabgacha ta’im tashkilot o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.

3. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z ustaviga, mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘ladi.

2-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning maqsadi va vazifalari

4. Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning maqsadi hisoblanadi:

maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o‘rinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;

ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;

bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish.

5. Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning vazifalari hisoblanadi:

ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;



  • bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;

  • bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;

  • bolaning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;

  • bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko‘rishida, eshitishida) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;

  • bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish.

3-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot faoliyatini tashkil etish

6. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot qonun hujjatlariga muvofiq tashkilot shaklida tashkil etiladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotning muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning muassislari bo‘lishi mumkin.

7. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

8. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotni akkreditatsiya qilish vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.

9. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.Tashkilot o‘z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

10. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning ish tartibi va bolalarning tashkilotda bo‘lish vaqti tashkilot ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:


  • 12 soatli;

  • 10,5 soatli;

  • 9 soatli;

  • 4 soatli.

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.

11. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda bolalarning ovqatlanishi O ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida amalga oshiriladi.

12. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam ko‘rsatish shtatdagi yoki sog‘liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.

13. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot ta’limning uzluksizligini ta’minlash maqsadida shartnoma asosida o‘z faoliyatini umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin.

14. Maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi.Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar uchun 4 soatli ish tartiblari joriy etiladi.

15. Nodavlat ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar qonun hujjatlariga muvofiq olingan litsenziya asosida muassis qarori bilan tashkil etiladi.

16. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda moddiy-texnik va kadrlar ta’minoti muassis tomonidan belgilanadi.

17. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda qisqa muddatli guruhlarni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassisning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

4-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotga bolalarni qabul qilish

18. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotga bolalarni qabul qilish tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotga bolalarni qabul qilish va ularni chiqarish tartibi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning ustavi bilan belgilanadi.

19. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot guruhlaridagi bolalar soni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan me’yordan ortiq bo‘lmasligi kerak.

20. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda o‘quv yili joriy yilning 2 sentyabridan boshlanadi va keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi. Ushbu davr oralig‘ida sog‘lomlashtirish davri davom ettiriladi.

5-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari

21. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda bolalar, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb ataladi), pedagog xodimlar, vasiylik kengashi a’zolari ta’lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning ustavida belgilanadi.

22. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot bolalarni qabul qilishda ota-onalarni o‘z ustavi, kun tartibi, ta’lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.

23. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot bilan ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ushbu tashkilotning ustavi hamda shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning ushbu tashkilotda bo‘lish vaqtini, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o‘z ichiga oladi.

24. Ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:



  • o‘z bolalari uchun ta’lim-tarbiya shakllarini, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda ta’lim berish tilini tanlash;

  • nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;

  • nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotdan olib ketish huquqiga ega.

  • Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.

25. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot tarbiyalanuvchisi va xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.

26. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda tegishli pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

Sud tomonidan yoki tibbiy xulosaga muvofiq bunday faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslar pedagogik faoliyatga qo‘yilmaydi.

27. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning pedagoglari va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

28. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot rahbari belgilangan tartibda pedagog kadrlar malakasini oshirishni va ularni qayta tayyorlashni ta’minlaydi, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qiladi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, mualliflik dasturlari, metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallar joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

29. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatlarida, ushbu tashkilotning ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.

30. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:


  • nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotni boshqarishda ushbu tashkilot ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;

  • o‘z kasbiy sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish.

31. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning pedagog xodimlari quyidagilarga majbur:

  • ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish;

  • ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo‘yicha o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish;

  • bolalarga yuqori professional darajada ta’lim-tarbiya berish orqali maktabgacha ta’lim sifatini oshirish;

  • pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash;

  • o‘zining kasbiy ko‘nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda o‘z malakasini oshirib borish.

  • Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.

6-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotni boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish

32. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotni muassis tomonidan tayinlanadigan rahbar boshqaradi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot rahbari davlat maktabgacha ta’lim tashkilot mudiri lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.

33. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

34. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari va ta’lim-tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.

35. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish, ularning faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish va to‘xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

7-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minoti

36. Muassis nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotga mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot o‘ziga biriktirilgan mol-mulkni va o‘ziga ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.

37. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.

38. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotni moddiy-texnik jihatdan ta’minlash muassislar tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan past bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi.

8-bob. Yakuniy qoidalar

39. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda maktabgacha ta’lim tashkilotning asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tashkilotlarning, shu jumladan siyosiy partiyalar va harakatlarning tashkil etilishiga va faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda ta’lim va tarbiya dunyoviy xususiyatga ega bo‘ladi.

40. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi, tugatilishi mumkin.

41. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning xalqaro hamkorligi, pedagog kadrlarning amaliyot o‘tashi va ularning malakasini oshirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


XULOSA

Xulosa o’rnida aytish mumkinki maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Bunga qo‘shimcha isbot qidirib uzoqqa borishning hojati yo‘q. Bog‘cha tarbiyasini olgan bola bilan bog‘chaga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o‘rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas. Shuning uchun ham biz maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu borada katta ishlarni boshlandik. Agar shu ishni har tomonlama puxta o‘ylab amalga oshirmasak, butun ta’lim tizimida sifat o‘zgarishiga erishishimiz, ta’limning uzluksizligini ta’minlashimiz qiyin bo‘ladi, deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoev. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi bog‘chalar qurish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi hisobga olinib, nodavlat ta’lim muassasalari, jumladan, nodavlat bog‘chalar tarmog‘ini kengaytirishga ham katta ahamiyat qaratilmoqda. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 sentyabrdagi “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3276-sonli qaror misolida) Bu esa tizimda sog‘lom raqobatni shakllantirish hamda ta’lim xizmatlari turini ko‘paytirishga xizmat qiladi.

Maktabgacha ta’lim sohasiga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. “Biz qabul qilayotgan barcha-barcha qarorlarni amalga oshiradigan, farzandlarimizga bilim asoslarini, eng zarur hayotiy tushuncha va ko‘nikmalarni o‘rgatadiganlar yuqori malakali tarbiyachi va murabbiylardir”, deya ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-reja va dasturlarni takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari maxsus sirtqi bo‘limlarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha 2018-2023 yillar uchun kvotalar ajratish masalasiga e’tibor qaratildi. Yana bir muhim masala – bu maktabgacha ta’lim muassasalarida malakali tibbiy xizmatni tashkil etish, sanitariya me’yorlari va gigiena qoidalariga to‘la javob beradigan sog‘lom ovqatlanish tizimini yo‘lga qo‘yish zarur. Maktabgacha ta’lim muassasalariga shifokorlar ajratish, tibbiyot hamshiralarining malakasini oshirish, tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dori-darmon, sanitariya-gigiena vositalari bilan to‘liq ta’minlash, bolalarning ovqatlanishini belgilangan me’yorlar darajasida tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish va navbatga qo‘yish bo‘yicha elektron dastur”ni joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi. Shuningdek, davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlanganlik va internet tarmog‘iga ulanganlik holati tanqidiy o‘rganilib, ularni bosqichma-bosqich zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlash va internet tarmog‘iga ulash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi. Bir so‘z bilan aytganda, biz maktabgacha ta’lim sohasida har jihatdan zamonaviy tizim yaratishimiz kerak, dedi davlatimiz rahbari. Kelgusi 3-4 yilda 5-6 yoshdagi barcha bolalarni maktabgacha ta’limga to‘liq qamrab olishga erishmog‘imiz shart. Bu ertangi kunimizni hal qiladigan masala va biz buni albatta amalga oshirishimiz shart.


Yüklə 30,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin