Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida korxona foydasi va uni maksimallashtirish yo`llari


Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi



Yüklə 104,15 Kb.
səhifə2/9
tarix26.12.2023
ölçüsü104,15 Kb.
#197358
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida korxona foydasi va uni

Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi


Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va uni iste‘molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq barcha sarflar ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi.
Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yokilg’i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalari, foiz to’lovlari va boshqa xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf xarajatlarning puldagi ifodasi

mahsulot tannarxini tashkil qiladi,
ya‘ni: T = C + V + M (1)dan C + V yig’indi ishlab chiqarish xarajatlari yoki tannarx deb yuritiladi.


ICHX = C + V yoki TMTN = C + V (2)ni tashkil etadi.


Ishlab chiqarish xarajatlari ikki qismga bo’linadi:


  1. Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari


  2. Muomala xarajatlari.







Ushbu chizmada xarajatlarning namoyon bo’lishi ko’rsatilgan muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste‘molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi.



Muomala xarajatlari ikki guruhga bo’linadi:


  1. Qo’shimcha muomala xarajatlari


  2. Sof muomala xarajatlari.


Tovarlarni o’rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo’shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi.
Bu xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi.


Sof muomala xarajatlari sotuvchi maoshi, marketing (iste‘molchilar talabini o’rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo’ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan qoplanadi.
Korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan resurslar o’z resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo’linadi.


Xarajatlarning jalb etilish manbaiga ko’ra turkumlanishini chizmada tasvirlash mumkin:





Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslardan foydalanishi bilan bog’liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi.



Yüklə 104,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin