Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida korxona foydasi va uni maksimallashtirish yo`llari



Yüklə 104,15 Kb.
səhifə3/9
tarix26.12.2023
ölçüsü104,15 Kb.
#197358
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida korxona foydasi va uni

Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan to’lov asosida jalb etishi natijasida vujudga keladigan xarajatlar summasidir.
SHu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo’lgan to’lov – normal (me‘yordagi) foyda ham renta va ish haqi bilan birga xarajatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Normal foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi. Normal foyda – bu iqtisodiy resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini rag’batlantirib turish uchun to’lanadigan haq hisoblanadi.
Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish, korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo’llarini qiyosiy tahlil qilish imkoniyatini beradi.


Ishlab chiqarish hajmini o’zgarishiga ta‘sir qilish yoki qilmasligiga qarab xarajatlar doimiy va o’zgaruvchi xarajatlarga bo’linadi.





Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta‘sir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Bunga korxonaning to’lov majburiyatlari (zayomlar bo’yicha foiz va boshqa), soliqlar (ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmagan turlari), amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo’riqlash xizmatiga to’lov, uskunalarga xizmat ko’rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va boshqa xarajatlar kiradi.


O’zgaruvchi xarajatlar deb ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta‘sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, material, yoqilg’i-transport xizmati, ishchilar ish haqi va boshqa sarf-xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar yig’indisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi.


2. Qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarish tamoyillari

Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, ya‘ni xarajat qilinadigan pirovard natija olinguncha o’tgan davr sezilarli ta‘sir ko’rsatadi. Vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi. Korxona ishlab chiqarish hajmini o’stirish uchun qisqa davrda faqat o’zining o’zgaruvchi xarajatlari miqdorini o’zgartirishi мумкин. Bu qisqa muddatli xarajatlardir.


Yüklə 104,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin