MА'MUN UNIVERSITETI NTM “PSIXOLOGIYA” KАFEDRАSI O‘QITUVCHISI FOZILOVA SABOHAT NODIR QIZINING “KICHIK MAKTAB YOSHIDA EKOLOGIK ONG SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI” MАVZUSIDАGI ILMIY MАQOLАSIGА TАQRIZ Zamonaviy davr rivojlanishning jadal sur’atlari bilan ajralib turadi. Global iqtisodiyotning shakllanishi, axborotning ulkan oqimlari, kompyuter texnologiyalarining keng joriy etilishi, globallashuv tendentsiyasi, bularning barchasi bizni oʻrab turgan dunyoni va global sivilizatsiyani oʻzgartirmoqda.
Odamlarning tabiatdan uzoqlashishi dunyo ekologiyasiga salbiy taʻsirlarni rivojlanishi sabab boʻlmoqda. Insoniyat oldida tanlov turibdi, uning natijasi ham oʻzining yashashi, ham kelajakdagi rivojlanishi masalasining yechimi boʻlishi kerak. Hozirgi vaqtda ekologik ong koʻpincha tabiiy dunyo haqidagi gʻoyalar tizimi, tabiiy dunyoga shaxsiy munosabat, tabiiy dunyo bilan oʻzaro taʻsir qilish texnologiyalari va tabiatga axloqiy munosabat sifatida tushuniladi. Ekologik ongni shakllantirish insoniyatni kelajakdagi atrof-muhit inqirozidan saqlashga yordam beradi. Insoniyat ongida unitilayotgan tabiat goʻzalliklarini qayta tilash imkonini yaratadi. Oʻsib kelayotgan yosh avlodni ekologik ongini shakllantirish lozimligini ijtimoiy muhit taqozo etmoqda. Barqaror rivojlanish va ekologik inqirozni bartaraf etish ekologik masʻuliyatli shaxsni tarbiyalash bilan bevosita bogʻliqdir. Yosh avlod yaqin va uzoq kelajakni ifodalaydi. Jamiyat, shuning uchun unda ekologik ongni shakllantirish juda muhimdir.
O‘zbekistonda bugungi kundagi ekologik vaziyatning yomonlashuvi ongni shakllantirish bilan bogʼliq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bugungi kunda dolzarb masalaga aylangan.
Muallif ushbu maqolasida Yer yuzida ekologik vaziyat yomonlashuvi , uning ayanchli oqibatlarga olib kelayotganligi, respublikamiz tamonidan amalga oshirilayotgan ekologik xavfsizlikni ta’minlovchi qonun va qarorlar, ta’lim jarayonida va oilada ekologik ongni shakllantirishni muhim ekanligi keltirilgan. Ekologik ongni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik omillarini kichik maktab yosh davrida aniqlashda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalaridan namunalar keltirgan. Shuningdek, Xiva shahar 9-son o’rta ta’lim maktabida 2-sinf o’quvchilarida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari bo‘yicha tahliliy maʼlumotlarni taqdim qilgan.
Maqola talab darajasida tayyorlangan va mavzuga doir asosiy tushunchalar nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, tadqiqotchi S.N.Fozilovaning mazkur maqolasini “Ilim ham Jamiyat” jurnalida chop etishga tavsiya qilaman.
Ma'mun universiteti “Psixologiya” kafedrasi mudiri: psixol.f.f.d. (PhD) M.B.Kalandarova