O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
“MA’MUN-UNIVERSITETI” NTM
Iqtisodiyot nazaryasi fanidan tayyorlangan
KURS ISHI
Mavzu:Xalqaro valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi
Guruh: ______________
Topshirdi:_______________________________
Qabul qildi: _______________________________
Xiva-2023
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………..3
1-BOB. VALYUTA VA VALYUTA HAQIDA TUSHUNCHA…..5
Valyuta va valyuta munosabatlari tushunchasi, ularning asosiy ishtirokchilari……………………………………………………..6
1.2. Xalqaro valyuta tizimining mohiyati va tarkibi……………………12
2-BOB. JAHON VALYUTA TIZIMINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI………………………………………………………..15
2.1. Xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta tizimi, jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari…………………………………………………….17
2.2.Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari………………………..27
XULOSA………………………………………………………………….31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………..32
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini zamonaviy modernizatsiyalash bosqichida mamlakatning xalqaro valyuta-kredit munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish borasida katta yutuqlarga erishildi. Xususan, tashqi savdo aylanmasining ijobiy salьdosi taʼminlandi, xalqaro moliya institutlari bilan samarali hamkorlik yoʼlga qoʼyildi. Eng muhimi - davlat tashqi qarzining meʼyoriy darajadan oshib ketishiga yoʼl qoʼyilmadi.
Hozir davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi dunyo mamlakatlarining moliya-bank tizimiga, real sektor korxonalari faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Ushbu salbiy ta'sirning oqibatlariga barham bеrish byudjеt, fiskal va monеtar siyosatlarning mazmuniga, taktik maqsadlariga sеzilarli darajadagi o`zgarishlar kiritilishiga sabab bo`ldi. Ushbu jarayonda Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan faol pul-krеdit siyosatini shakllantirish muhim o`rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, pul-krеdit siyosati makroiktisodiy o`sish barqarorligiga bеvosita ta’sir ko`rsatadi; ikkinchidan, pul-krеdit siyosati global inqiroz ta’sirida likvidliligini yo`qotib qo`ygan banklarning joriy likvidliligi va to`lovga qobilligini tiklash imkonini bеradi; uchinchidan, Markaziy bank pul-krеdit siyosati orqali inflyatsiya darajasiga bеvosita ta'sir kursatadi.
Shu sababli, Markaziy Osiyo mamlakatlarida inqirozga qarshi choratadbirlar dasturini amalga oshirishda pul-kredit siyosatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, O`zbekistonda, joriy bozor kon’yukturasi keskin yomonlashib borayotgan sharoitda korxonalarning tashqi bozordagi raqobatdardoshligini ta`minlash maqsadida, maxsulotlarni eksport qilayotgan korxonalarga aylanma mablag`larine to`ldirish uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 70 foizidan ortiq bo`lmagan stavkalarda 12 oygacha bo`lgan muddatli imtiyozli kreditlar berish joriy qilindi. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatini boshqarish uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga beriladigan mikrokreditlar yillik foiz stavkasi amaldagi 5 foizdan 3 foizga tushirildi1 . Bu esa, o`z navbatida, pul-kredit siyosatining taktik maqsadlaridan ichki talabni rag`batlantirish maqsadida foydalanish, pul-kredit siyosati instrumentlarining moslashuvchanlik darajasini oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
ХХ asrlarning 50-60-yillarida xalqaro moliya va valyuta munosabatlarining rivojlanishida yangi davr boshlandi. Ochiq iqtisodiyotning umumiy rivojlanish tendentsiyasi savdoda tovar ayirboshlashning tezlashishiga, xalqaro moliyaning rivojlanishiga, yangi valyuta bozorlarini hosil bo`lishiga, mamlakatlar orasida valyuta-moliya munosabatlarini kengayishiga imkoniyat yaratmoqda.Jahon iqtisodiyotida valyuta munosabatlari pulning jahon puli funktsiyasi bilan bog`liq bo`lgan iqtisodiy munosabatlarda namoyon bo`ladi. Valyuta munosabatlari odatda milliy va xalqaro darajada amalga oshiriladi. Milliy darajada ular milliy valyuta tizimlari MVT) sohasini qamrab oladi. MVT – bu valyuta qonunchiligi bilan belgilanadigan davlat valyuta munosabatlarini tashkil qilish shaklidir. MVTning o`ziga xos tomoni u yoki bu davlat iqtisodiyotining, shuningdek tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanish darajasini xususiyatlari bilan ajralib turadi. Хalqaro valyuta tizimi ХVT) jahon xo`jaligi doirasida valyuta munosabatlarini tashkil qilish shaklidir. U jahon kapitalistik xo`jalik evolyutsiyasi 4 bosqichni bosib o`tgan) natijasida paydo bo`lib, huquqiy jihatdan davlatlararo kelishuvlar bilan rasmiylashtirilgan. Jahon iqtisodiyotida ХVTning asosiy vazifasi iqtisodiy o`sishni ta’minlashdan, inflyatsiyani kamaytirishdan, tashqi iqtisodiy almashuv va to`lov balansining mutanosibligini qo`llab-quvvatlash uchun xalqaro hisob-kitoblar va valyuta bozori sohasini tartibga solishdan iboratdir. Jahon iqtisodiyotida yevrobozorlarni rivojlanishi va xalqaro moliya bozorlarini baynalminallashuvi xalqaro iqtisodiy munosabatlar uchun tovarlar va bozorlarni rivojlanish va baynalminallashuvida xalqaro mehnat taqsimotini rivojlanishi kabi muhim ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishining vazifalari: pul-kredit kontsepstsiyalarini tahlil qilish va guruhlash; jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida markaziy banklar tomonidan amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosatini tahlil qilish va o`ziga xos xususiyatlarini aniqlash; taraqqiy etgan mamlakatlar markaziy banklarining faol pul-kredit siyosatini shakllantirish borasidagi ilg`or tajribalarini tahlil qilish va ulardan Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O`zbekiston amaliyotida ijodiy foydalanish bo`yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni shakllantirish; Tadqiqot obyekti va predmeti.
Kurs ishining obyekti sifatida Markaziy Osiyo mamlakatlari markaziy banklari olingan Pul-kredit siyosatini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan moliya munosabatlari tadqiqotning predmetini tashkil qiladi.
Kurs ishining ilmiy yangiligi: yetakchi pul-kredit kontseptsiyalarining zamonaviy pul-kredit siyosatini shakllantirishdagi amaliy ahamiyatiga baho berildi; jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida markaziy banklar pul-kredit siyosati mazmuni, taktik maqsadlarida sodir bo`layotgan o`zgarishlar aniqlandi; taraqqiy etgan mamlakatlar markaziy banklarining faol pul-kredit siyosatini shakllantirish tajribalaridan Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O`zbekiston amaliyotida ijobiy foydalanishga qaratilgan amaliy tavsiyalar shakllantirildi; Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O`zbekiston markaziy banki pulkredit siyosatining holati baholandi va rivojlanish tendentsiyalari aniqlandi;
Dostları ilə paylaş: |