O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining “Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir mamuriy ishlarni ko’rib chiqishni tashkil etish to’g’risidagi yo’riqnomani tasdiqlash haqida”gi Buyrug’i (2010 yil 11 mart №59-son);
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash avtomobillarni vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ular hududida faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlik subektlari faoliyati ustidan soliq nazoratini amalga oshirish hamda ma’muriy va jinoyat ishlarini yuritish bo’yicha uslubiy qo’llanmani tasdiqlash haqida”gi buyrug’i (2010 yil 3 mart №49-son).
31- MAVZU: SOLIQQA OID MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO’G’RISIDAGI ISH YUZASIDAN CHIQARILGAN QAROR USTIDAN SHIKOYATLARNI KO’RIB CHIQISH TARTIBINING QONUNIY AHAMIYATI VA MUDDATLARI.
REJA:
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish muddati.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko’rib chiqish.
Amaliy mashg’ulot.
Tayanch so’z va iboralar:Ma’muriy huquqbuzarlik to’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror, qonuniy vakil, advokat, shikoyat, protest, yuqori turuvchi organlar, kassatsiya, instantsiya, hal qiluv qarori, DSI boshlig’ining qarori.
1.Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish muddati. Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 316-moddasiga binoan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shu qarorning nusxasini olgan kundan boshlab o’n kun ichida shikoyat berilishi mumkin. Mazkur muddat uzrli sabablar bilan o’tkazilib yuborilgan taqdirda, bu muddat shikoyatni ko’rib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan qayta tiklanishi mumkin.
MJTKning 318-moddasiga ko’ra belgilangan muddatda shikoyat berish ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risidagi qarorning ijrosini shikoyat ko’rib chiqilgunga qadar to’xtatib turadi.
Prokurorning protest bildirishi ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan qabul qilingan qaror ijrosini protest ko’rib chiqilgunga qadar to’xtatib turadi.