Q A R O R Q I L D I M 1. Farg’ona shahar prokurori adliya kichik maslahatchisi O.R.Axrarovning 20.03.2014 yil kungi №23-14 sonli Protestiga asosan Farg’ona shahar DSIning 14.02.2014 yil kunidagi ma’muriy ish yuzasidan qabul qilingan qarori bekor qilinsin, kiritgan protesti O’z.MJtKning 321-moddasi 4-qismiga asosan kanoatlantirilsin.
2.Shaharda faoliyat ko’rsatayotgan 49-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori M.Sotvoldieva va bosh hisobchi D.Abdullaevalarni harakatlarida MJTKning 175-moddasi 1-qismida ko’rsatib o’tilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo’lsada, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013 yil 31 maydagi 8-sonli qaroriga asosan MJTKning 271-moddasi 1-bandiga asosan ish yurituvdan tugatilsin.
3.Ushbu qaror tomonlarga e’lon qilinsin.
Farg’ona shahar Davlat soliq
inspeksiyasi boshlig’i : B.Saydaliyev
34- MAVZU: SOLIQQA OID QONUN HUJJATLARNI BUZILISHI YUZASIDAN CHIQARILGAN QARORLARNI IJRO ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI.
REJA:
Ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risidagi qaror ijrosining majburiyligi.
Ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risidagi qarorning ijrosini kechiktirish.
Ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risidagi qarorning ijrosini tugatish.
1.Ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risidagi qaror ijrosining majburiyligi. Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 325-moddasiga asosan ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risidagi qarorni korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar ijro etishi majburiydir.
2.Ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risidagi qarorning ijrosini kechiktirish. Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 328-moddasiga muvofiq jarima solish tarzida ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risidagi qarorni darhol ijro etishga imkon bermaydigan holatlar mavjud bo’lgan taqdirda, shu qarorni chiqargan organ (mansabdor shaxs) uning ijrosini bir oygacha muddatga kechiktirishi mumkin.
Ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risidagi qarorning ijrosi bilan bog’liq bo’lgan masalalarni shu qarorni chiqargan organ (mansabdor shaxs) hal etadi.
Ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risidagi qarorning to’g’ri va o’z vaqtida ijro etilishini nazorat qilish shu qarorni chiqargan organ (mansabdor shaxs) zimmasiga yuklatiladi.
Organlarning (mansabdor shaxslarning) ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risidagi qarorning ijrosiga oid harakati xususida berilgan shikoyatlar MJTKning 315-moddasida aytib o’tilgan organlar tomonidan 319 va 320-moddalarida belgilangan talablarga rioya etilgan holda hal etiladi.