Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə7/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

Tayanch so’z va iboralar: Ma’muriy amaliyotni tashkil etish, ma’muriy ishlarni yuritish, qonun, qaror, yo’riqnoma, nizom, buyruq, ma’muriy amaliyot ishini yuritish, tashkiliy asos.
1.Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining maqsadi va asosiy vazifalari.
Ma’muriy amaliyot fanining maqsadi Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to’lovchilar tomonidan soliqqa oid ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olishni, sodir etilgan soliqqa oid ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni rasmiylashtirishni, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko’rib chiqishni, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat (protest)ni ko’rib chiqishni, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi to’g’risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorlarni ijro etishni, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi haqidagi ishlar yuzasidan ish yuritishni, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi yuzasidan ish yuritishni nazorat qilishni, ma’muriy amaliyot xodimlarinig vazifalarini o’quvchilarga yetkazishdan iboratdir.
Ma’muriy amaliyot fani quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
-Davlat soliq xizmati organlarida qonun doirasida ma’muriy ishlarni yuritilishini, ularni hisobga olinishini va hisobotlarni yuritilishini o’rgatish;
-soliq sohasidagi xuquqbuzarlikni oldini olish, bartaraf etish xamda sodir etilayotgan qonunbuzilish hollari bilan kurashish ishlarni davlat soliq idoralarida tashkil etilishini va ularning samaradorligini oshirishni o’rgatish;
-aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksi talablariga qat’iy rioya etilgan holda ma’muriy huquqbuzarlik ishlarini yuritishni o’rgatish;
-O’zbekitson Respublikasi Bosh prokraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti va uning joylardagi tuzilmalariga jinoyat alomatlari mavjud bo’lgan materiallarni tegishliligi bo’yicha belgilangan tartibda jo’natilishini o’rgatish;
-soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi haqidagi hujjatlarni rasmiylashtirishni o’rgatish;
-soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko’rib chiqishni o’rgatish;
-soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat (protest)ni ko’rib chiqishni o’rgatish;
-soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi to’g’risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan qarorlarni ijro etishni;
-soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi haqidagi ishlar yuzasidan ish yuritishni o’rgatish.



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin