Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə9/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

NAZORAT SAVOLLARI:
  1. Ma’muriy amaliyot faoliyati qanday yo’nalishlarda amalga oshiriladi?


  2. Davlat soliq xizmati to’g’risidagi qonunda Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining qanday huquqlari keltirilgan?


  3. «Ma’muriy amaliyotni tashkil etish va nazorat qilish bo’limi»ning nizomida nimalar aks ettirilgan.


  4. Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi qonun hujjatlari qanday hujjatlarni o’z ichiga olgan?


  5. Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi qonun hujjatlarining oldiga qo’yilgan vazifalar nimalardan iborat?



Adabiyotlar ro’yxati:

1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 24 yilligini nishonlash to’g’risidagi qarori .T.2015 y 17 iyul.Halq so’zi.


2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi” PQ2124 qarori/6.02.2014.
3.Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir.-T.:O’zbekiston ,2015.
4.O’zbekiston Respublikasi Kanistitutsiyasi .2014 y.
5.O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik tug’risidagi kodekisi. 2014 y.
6.O’zbekiston Respubliksi Soliq kodekisi. 2014 y.


4- MAVZU: MA’MURIY AMALIYOTNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

REJA:
  1. Davlat soliq xizmati organlarida ma’muriy amaliyotni yuritishning o’ziga xos jihatlari.


  2. Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo’limlari tomonidan ma’muriy amaliyotni yuritishning o’ziga xos xususiyatlari.





Tayanch so’z va iboralar: Ma’muriy amaliyotni tashkil etish bo’limining funksiyalari va huquqlari, ma’muriy amaliyotni tashkil etish, ma’muriy amaliyot ishini yurituvchi xodim.
1. Davlat soliq xizmati organlarida ma’muriy amaliyotni yuritishning o’ziga xos jixatlari.
Davlat soliq xizmati organlarining soliq to’g’risidagi qonunlarni qo’llash borasidagi faoliyati soliq intizomini mustahkamlashga, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga qat’iy amal qilishga, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni O’zbekiston Respublikasining davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalariga to’liq va o’z vaqtida tushishini ta’minlashga, soliq haqidagi huquq buzilishlarining oldini olish va ularni bartaraf etishni ta’minlashga qaratiladi.
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir ma’muriy ishlarni ko’rib chiqish tartibi O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi (keyingi o’rinlarda MJTK deb yuritiladi), «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir ishlarni ko’rib chiqishdan maqsad har bir ishning tafsilotlarini o’z vaqtida, har tomonlama to’la va xolisona aniqlashdan, uni qonunlarga mos holda hal etishdan, chiqarilgan qarorning bajarilishini ta’minlashdan, shuningdek soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilish sabablarini va unga olib boruvchi shart-sharoitlarni aniqlashdan, huquqbuzarliklarning oldini olishdan, fuqarolarni qonunlarga og’ishmay amal qilish ruhida tarbiyalashdan, qonuniylikni mustahkamlashdan iboratdir.
Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir ishlar qonuniylikka qat’iy amal qilish asosida ko’rib chiqiladi. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishi uchun ta’sir choralarini qo’llash chog’ida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi vakolatli davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organlari, mansabdor shaxslari va prokurorning muntazam nazorati, shikoyat qilish huquqi va qonunlarda belgilangan boshqa usullar bilan ta’minlanadi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin