2. Mamuriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarning organlarga taluqliligi. Quyidagi organlarning mansabdor shaxslari o’zlarining vakolatlari doirasida taluqliligi bo’yicha ishlarni ko’rib chiqadilar:
-ma’muriy ishlar bo’yicha sudyalar;
-xo’jalik sudlari;
-adliya organlari;
-O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti organlari;
-fuqarolik ishlar bo’yicha sudlar;
-mamuriy komissiyalar;
-voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug’ullanuvchi komissiyalar;
-ichki ishlar (militsiya) organlari;
-Davlat yong’in nazorati organlari;
-O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari;
-temir yo’l transporti va metropoliten organlari;
-havo transporti organlari;
-suv transporti organlari;
-Davlat kichik hajmdagi kemalar inspeksiyasi organlari;
-shahar va shaharlararo yo’lovchi tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti organlari;
-mehnat bo’yicha davlat huquqiy va texnik inspektorlari;
-mudofaa vazirligi organlari;
-Davlat sanitariya nazorati organlari;
-O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy xizmatlari;
-Davlat veterinariya nazorati organlari;
-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qarini geologik o’rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi organlari;
-tabiatni muxofaza qiluvchi organlar;
-bojxona organlari;
-O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining davlat inspeksiya organlari;
-Davlat soliq organlari, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo’linmalari;
-Nazorat-taftish bosh boshqarmasi organlari;
-Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish organlari;
-Qishloq xo’jaligidagi mashinalar va qurilmalarning texnik holatini nazorat qiluvchi bosh davlat inspeksiyasi organlari;
-O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasining organlari;
-Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining «O’zsuvnazorat» respublika suv inspeksiyasi organlari;
-Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo’jaligi ekinlari urug’larini sertifikatsiyalash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi organlari;
-Davlat statistika organlari;
-Davlat probir nazorati organlari;
-Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish organlari;
- Arxitektura va qurilish organlari.