MAMURIY HUQUQBUZARLIK TO’G’RISIDAGI ISHNI KO’RIB CHIQISH --------------------------------------------------------------------------------------------------------
B A YO N N O M A S I 28 fevral 2014 yil Farg’ona shahri Farg’ona shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig’i A.Eraliev boshchiligida, Sh.Karimov kotibligida O’zbekiston Respublikasi MJtKning 303-306 moddalari asosida “Shoxrux Gaz Servis” MCHJ hisobchisi Latipova Soxiba Abdurahmonovna harakatlari yuzasidan to’plangan ma’muriy ishni ko’rib chiqib,
A N I Q L A D I M: Viloyat DSBning 2014 yil 7 yanvar kungi 12-XS-sonli buyrug’i bilan DSIning “Soliq tekshiruvlari” bo’limi boshlig’i I.Qo’ziboev tomonidan shahardagi “Shoxrux Gaz Servis” MCHJ (INN 300513072) ning 2009-2013 yillardagi faoliyatida O’zbekiston Respublikasida joriy etilgan soliq qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan belgilangan dastur asosida hujjatli tekshirish o’tkazilgan.
Tekshirishda MCHJ rahbari tomonidan 2009-2013 yillar davomida foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarning hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibini buzgan holda olib borganligi, natijada soliq turlariga jami 4261,5 ming so’m qo’shimcha soliq hisoblangan.
“Shoxrux Gaz Servis” MCHJ rahbari hisobchisi Latipova Soxiba Abdurahmonovna o’zining bu harakati bilan O’zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 175-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun, unga nisbatan mazkur modda sanksiyasi doirasida chora ko’rish maqsadga muvofiqligini ta’kidlab o’tdi.
Shundan so’ng, “Shoxrux Gaz Servis” MCHJ rahbari S.Latipovaga so’z berilganda yuqoridagi kamchiliklarni tan olib, shu kabi huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etganligini, faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishini gapirib so’zini yakunladi.
Inspeksiya xodimi I.Qo’ziboev aniqlangan kamchiliklarni batafsil tushuntirib qonun doirasida chora ko’rishni so’radi.
Yig’ilish ishni ko’rib chiqib qaror qabul qildi va qarorni ishtirokchilar oldida o’qib eshittirildi. Qabul qilingan qaror bo’yicha boshqa shikoyatlar tushmadi.
Qabul qilingan qarorni ijrosini qonunda ko’rsatilgan muddat ichida bajartirish inspeksiya “Mamuriy amaliyot” sho’basi bosh mutaxasisi Sh.Karimovga topshirildi