_____________________ boshlig’i (o’rinbosari) ___________ ____________________
(DSX organi nomi) (imzo) (F.I.SH.)
Qaror nusxasini oldim: ______________ __________________________
(imzo) (F.I.SH.)
20____ «_____» _________
33- MAVZU: MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO’G’RISIDAGI ISH YUZASIDAN CHIQARILGAN QARORNI BEKOR QILISH YOKI O’ZGARTIRISHNING QONUNGA MUVOFIQ BELGILANGAN ASOSLARI.
REJA:
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni qayta ko’rib chiquvchi organning (mansabdor shaxsning) vakolatlari.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qaroriga protest bildirish.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rishni tugatish bilan qarorni bekor qilish oqibatlari.
Tayanch so’z va iboralar: Qaror, hal qiluv qarori, shikoyat, protest, tugatish, bekor qilish, o’zgartirish, qaytarib berish, organ, mansabdor shaxs, qarorni bekor qilish, o’zgartirish, haqini to’lash.
1.Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni qayta ko’rib chiquvchi organning (mansabdor shaxsning) vakolatlari.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan organ (mansabdor shaxs) chiqargan qaror yuqori turuvchi organ rahbari, prokurorning protesti bo’yicha esa uni chiqargan organ tomonidan MJTKning 321-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan asoslar bo’yicha bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi mumkin.
2.Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qaroriga protest bildirish.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan berilgan shikoyat yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qaroriga prokuror protest bildirishi mumkin.
SHikoyat yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qaroriga protest mazkur qarorni chiqargan organdan (mansabdor shaxsdan) yuqori turuvchi organga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: |