Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni


Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan berilgan shikoyat yoki protestni ko’rib chiqish paytida qabul qilingan hal qiluv qarori



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə113/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

2.Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan berilgan shikoyat yoki protestni ko’rib chiqish paytida qabul qilingan hal qiluv qarori.
MJTKning 321-moddasiga ko’ra ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko’rib chiqish paytida davlat soliq xizmati organi (mansabdor shaxs) quyidagi hal qiluv qarorlaridan birini qabul qiladi:
- chiqarilgan qarorni o’zgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldiradi;
- chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni qayta ko’rib chiqish uchun yuboradi;
- chiqarilgan qarorni bekor qiladi va ishni yuritishni tugatadi;
- jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlik to’g’risidagi normativ hujjatda nazarda tutilgan doirada o’zgartiradi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror yuzasidan berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest bo’yicha qabul qilingan hal qiluv qarorida:
u chiqarilgan vaqt va joy;
shikoyat yoki protestni ko’rib chiqayotgan mansabdor shaxs;
prokuror va boshqa ishtirok etayotgan shaxslar;
shikoyat bergan shaxs yoki protest bildirgan prokuror;
ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish bo’yicha chiqarilgach shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan qarorning hamda shikoyat,
protestning mohiyati;
chiqarilayotgan qarorni asoslanishi;
shikoyat yoki protest yuzasidan qaror ko’rsatilishi lozim.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestga doir hal qiluv qarorining nusxasi o’zi haqida ana shu qaror chiqarilgan shaxsga uch kun muddat ichida yuboriladi, jabrlanuvchiga esa — uning iltimosiga binoan yuboriladi. Protestni ko’rib chiqish natijalari to’g’risida prokurorga ma’lum qilinadi.


NAZORAT SAVOLLARI:
  1. Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish bir tomonlama ko’rib chiqilgan bo’lsa, ish yuzasidan chiqarilgan qaror bekor bo’ladimi?


  2. Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni bekor qilish yoki o’zgartirish uchun nimalar asos bo’lib hisoblanadi?


  3. Ishni ko’rib chiqishga vakolati bo’lmagan davlat soliq xizmati organi (mansabdor shaxs) tomonidan chiqarilgan qarorning amal qilishi qanday bo’ladi?


  4. Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestni ko’rib chiqish paytida davlat soliq xizmati organi (mansabdor shaxs)i qabul qilishi mmkin bo’lgan hal qiluv qarorlarining turlarini aytib bering?


  5. Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida berilgan shikoyat yoki bildirilgan protestga doir hal qiluv qarorining nusxasi kimlarga va qancha muddatlarda yuboriladi?


  6. Protestni ko’rib chiqish natijalari kimlarga ma’lum qilinadi?


  7. Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror yuzasidan berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest bo’yicha qabul qilingan hal qiluv qarorida qanday ma’lumotlar aks etadi?


Adabiyotlar ro’yxati:


1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 24 yilligini nishonlash to’g’risidagi qarori .T.2015 y 17 iyul.Halq so’zi.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi” PQ2124 qarori/6.02.2014.
3.Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir.-T.:O’zbekiston ,2015.
4.O’zbekiston Respublikasi Kanistitutsiyasi .2014 y.
5.O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik tug’risidagi kodekisi. 2014 y.
6.O’zbekiston Respubliksi Soliq kodekisi. 2014 y.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin