Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni


- MAVZU: KAM AHAMIYATLI MA’MURIY HUQUQBUZARLIK SODIR ETGANLIK UCHUN MA’MURIY JAZO TAYINLASHNING HUQUQIY AHAMIYATI



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə100/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

28- MAVZU: KAM AHAMIYATLI MA’MURIY HUQUQBUZARLIK SODIR ETGANLIK UCHUN MA’MURIY JAZO TAYINLASHNING HUQUQIY AHAMIYATI.

REJA:
  1. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish.


  2. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to’g’risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo’llash haqidagi masalani hal etish tartibi.





Tayanch so’z va iboralar: Kam ahamiyatli ma’muriy huquqbuzarlik, ma’muriy javobgarlikdan ozod etish, ogohlantirish, eng kam jazodan ham kamroq jazo chorasi, Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to’g’risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo’llash haqidagi taqdimnoma.
1.Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish.
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 21-moddasiga ko’ra sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli bo’lgan taqdirda, sud huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etib, uni ogohlantirish bilan kifoyalanishi mumkin. Agar ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiquvchi Davlat soliq xizmati organlari boshlig’i yoki boshliq o’rinbosari sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi haqida xulosaga kelsa, ish huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 3081-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.


2.Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to’g’risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo’llash haqidagi masalani hal etish tartibi.
Agar Davlat soliq xizmati organlari rahbari yoki rahbar o’rinbosari ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqayotganda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi to’g’risida yoki ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning maxsus qismidagi moddalarning sanksiyasida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo chorasini qo’llash uchun asoslar borligi haqida xulosaga kelsa, ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to’g’risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo’llash haqidagi taqdimnoma bilan sudga yuboriladi.
Ishni ko’rib chiquvchi davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlaganda MJTKning 313-moddasiga ko’ra bu sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar ko’rish to’g’risidagi taqdimnomani tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga kiritadi.
Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to’g’risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo’llash haqidagi taqdimnomada shaxsning ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinishi yoki unga nisbatan yengilroq ma’muriy jazo chorasi qo’llash kerakligining sabablari va asoslari bayon etiladi.
Sud huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to’g’risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo’llash haqidagi taqdimnomani ko’rib chiqib, ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 310-moddasida nazarda tutilgan qarorlardan birini chiqaradi.
Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to’g’risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo’llash haqidagi taqdimnoma ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish sudga kelib tushgan kundan e’tiboran uch sutka ichida ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 303, 304, 306—309-moddalarida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga rioya etilgan holda ko’rib chiqiladi.



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin