Soliq tekshiruvlari natijasiga ko’ra hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar, penya va qo’llanilgan moliyaviy jarimalar to’g’risidagi hisobotlarni kimlar yuritadi?
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o’tkazilgan soliq tekshiruvlari (turlari bo’yicha), aniqlangan huquq buzilishi holatlari va ular yuzasidan ko’rilgan choralar to’g’risidagi hisobotlarni kimlar yuritadi?
Soliq nazorati natijasida aniqlangan huquq buzilishi holatlari va ular yuzasidan ko’rilgan choralar to’g’risidagi hisobotlarni qaysi bo’limlar yuritadi?
Davlat soliq xizmati organlarida yuritilgan, shuningdek boshqa vakolatli organlarga yuborilgan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan jinoyat haqidagi materiallar va ular yuzasidan ko’rilgan choralar to’g’risidagi hisobotlarni qaysi bo’limlar yuritadi?
Xo’jalik sudiga kiritilgan moliyaviy sanksiyalar qo’llash haqidagi arizalar va ular yuzasidan qabul qilingan hal qiluv qarorlarining hisobini qaysi bo’limlar yuritadi?
Davlat soliq qo’mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo’limlari davlat soliq inspeksiyalari bilan qanday solishtiruvlarni amalga oshiradilar?
Solishtirma hisobotlar qayerlarga taqdim etib boriladi?
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnoma qancha muddatda tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining ma’muriy amaliyot sho’basida kompyuter dasturiy mahsulida hisobga olinadi?
Bozorlar va savdo komplekslari hududlarida aniqlangan huquq buzilishi holatlari bo’yicha ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnomani tuzgan Davlat soliq qo’mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi yoki uning hududiy bo’limi xodimi huquqbuzarlikni hisobga olish varaqasini qayerga taqdim etadi?
Huquqbuzarlik bir necha shaxs tomonidan sodir etilgan bo’lsa, hisobga olish varaqasi qanday tuziladi?