Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni


- MAVZU: SOLIQ TO’G’RISIDAGI QONUN HUJJATLARINING BUZILISHIGA OID MA’MURIY ISHLARNI KO’RIB CHIQISH MUDDATLARI



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə27/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

6- MAVZU: SOLIQ TO’G’RISIDAGI QONUN HUJJATLARINING BUZILISHIGA OID MA’MURIY ISHLARNI KO’RIB CHIQISH MUDDATLARI.
REJA:
  1. Davlat soliq xizmati organlarida soliq tekshiruvi materiallarini ro’yxatga olish va kompyuter dasturiy mahsulida hisobga olish.


  2. Soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqishga tayyorlash.


  3. Soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish jarayoni.


  4. Amaliy mashg’ulot.





Tayanch so’z va iboralar: soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari, jarima, soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish, bayonnoma, tekshirish natijasi bo’yicha qaror.

1. Davlat soliq xizmati organlarida soliq tekshiruvi materiallarini ro’yxatga olish va kompyuter dasturiy mahsulida hisobga olish.
Davlat soliq xizmati organlarida soliq tekshiruvi materiallarini ro’yxatga olish Davlat soliq qo’mitasining 2011 yil 10 martdagi 66-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «Soliq tekshiruvi materiallarini, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi materiallarni ro’yxatga olish hamda ularning hisobini yuritish Tartibi»da belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat soliq xizmati organining Navbatchi qismi mas’ul xodimi soliq tekshiruvi materiallarini 2-shakl kitobiga ro’yxatga olish bilan bir vaqtda ro’yxatga olish bilan bog’liq ma’lumotlarni «Soliq tekshiruvlari hisobini yuritish» dasturiy mahsuliga kiritadi.
Soliq tekshiruvi materiallari davlat soliq xizmati organining Navbatchi qismida ro’yxatga olingan kundan e’tiboran keyingi ish kunidan kechiktirmasdan soliq tekshiruvini amalga oshirgan tuzilma yoki Soliq tekshiruvlari bo’limi (mas’ul xodimi)da yuritiladigan «Soliq tekshiruvi materiallari, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi materiallar hamda ularning nusxalarining harakatini hisobga olish (4-shakl) kitobi»da hisobga olinadi.
Soliq tekshiruvini amalga oshirgan tuzilma yoki Soliq tekshiruvlari bo’limi (mas’ul xodimi) soliq tekshiruvi materiallarini 4-shakl kitobida hisobga olish bilan bir paytda soliq tekshiruvi natijalari to’g’risidagi ma’lumotlarni «Soliq tekshiruvlari hisobini yuritish» dasturiy mahsuliga kiritilishini ta’minlaydi.
Soliq tekshiruvini amalga oshirgan tuzilma yoki soliq tekshiruvlari bo’limi (mas’ul xodimi) soliq tekshiruv jarayonida olib qo’yilgan mol-mulkni belgilangan tartibda bir sutka muddatda saqlash uchun joylashtirish masalasini hal qiladi, shuningdek olib qo’yilgan mol-mulkni soliq tekshiruvi materiallari ro’yxatga olingan joydagi davlat soliq inspeksiyasining Jismoniy shaxslarga soliq solish bo’limida «Davlat daromadiga o’tkazilgan mol-mulklar hisobini yuritish» dasturiy mahsulida belgilangan tartibda hisobga olinishini ta’minlaydi.
Davlat soliq qo’mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo’limlari tomonidan o’tkazilgan soliq tekshiruvi materiallari tekshiruv tugallangan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmasdan soliq to’lovchi davlat ro’yxatidan o’tkazilgan joydagi davlat soliq inspeksiyasiga Soliq kodeksining 102 va 103-moddalarida belgilangan tartibda ko’rib chiqish va qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi.
Soliq tekshiruvi natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar kompyuter dasturiy mahsullariga biriktirilgan mas’ul xodimlar tomonidan kiritiladi.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin