Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni


 Soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish jarayoni



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə29/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

3. Soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish jarayoni.
Soliq tekshiruvi materiallari davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o’rinbosari tomonidan soliq tekshiruvi tugagan kundan e’tiboran o’n ish kuni o’tgach, biroq o’n besh ish kunidan kechiktirmasdan ko’rib chiqiladi.
Soliq tekshiruvi materiallari ko’rib chiqilayotganda, soliq tekshiruvini amalga oshirgan tegishli tuzilma yoki Soliq tekshiruvlari bo’limi rahbari (rahbar o’rinbosari), tekshiruvni amalga oshirgan xodim(lar), Ma’muriy amaliyot bo’limi (sho’basi) boshlig’i (mutaxassisi) bevosita ishtirok etishi lozim.
Soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqayotgan davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o’rinbosari soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqishda ishtirok etish uchun boshqa shaxslarni ham taklif etishi mumkin.
Davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o’rinbosari soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqib quyidagilarni:
hisoblangan yoki ortiqcha to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar miqdorini;
soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilganligi alomatlari mavjudligini;
qo’llanilayotgan moliyaviy sanksiyalarning miqdori va xususiyatini;
sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki og’irlashtiruvchi holatlarni;
ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlarining mavjudligini;
shuningdek soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlaydi.
Soliq tekshiruvi materiallari ko’rib chiqilayotganda soliq tekshiruvini amalga oshirgan tegishli tuzilma yoki soliq tekshiruvlari bo’limi mas’ul xodimi tomonidan bayonnoma yuritiladi.
Davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o’rinbosari soliq tekshiruvi materiallari ko’rib chiqilganidan keyin besh ish kunidan kechiktirmasdan quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror qabul qiladi:
soliqlar, boshqa majburiy to’lovlarni va penyani hisoblashni yoki buni rad etishni;
soliq to’lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi uchun javobgarlikka tortishni yoki buni rad etishni.
Soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish natijalari bo’yicha davlat soliq xizmati organi qarori loyihasini soliq tekshiruvini amalga oshirgan tegishli tuzilma yoki Soliq tekshiruvlari bo’limi (mas’ul xodimi) tayyorlaydi.
Soliq tekshiruvini amalga oshirgan mansabdor shaxs yoki Soliq tekshiruvlari bo’limi (mas’ul xodimi) soliq tekshiruvi materiallarini ko’rib chiqish natijalari bo’yicha qaror nusxasini ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran ikki ish kunidan oshmaydigan muddatda tilxat olish orqali yoki soliq to’lovchi tomonidan olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usul orqali soliq to’lovchiga topshiradi. Agar soliq to’lovchiga qaror nusxasini topshirishning imkoni bo’lmasa, uni pochta orqali buyurtma xat bilan yuboradi.
Soliq tekshiruvini amalga oshirgan mansabdor shaxs yoki Soliq tekshiruvlari bo’limi (mas’ul xodimi) davlat soliq xizmati organining qarori asosida hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar va penya summalarini qaror qabul qilingan kunning o’zida soliq to’lovchining shaxsiy kartochkasiga hamda «Soliq tekshiruvlari hisobini yuritish» dasturiy mahsuliga kiritilishini ta’minlaydi.
Soliq to’lovchi davlat soliq xizmati organi qarorining ko’chirma nusxasini olgan kundan e’tiboran o’ttiz kun ichida hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar va penya summasini to’lamagan taqdirda, agar soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, Soliq bo’yicha qarzlarni majburiy undirish bosh boshqarmasining quyi tuzilmalari Soliq kodeksining 62-65-moddalariga muvofiq soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar va penyani belgilangan tartibda majburiy undirish choralarini ko’radi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin