Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni


Mol-mulkni yo’q qilib tashlash tartibi



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə69/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

5. Mol-mulkni yo’q qilib tashlash tartibi.
Sud ijrochisi tegishli ijro hujjati olingan kundan boshlab uch kundan kechikmay ijro ishini qo’zg’aydi va “Davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulkni olib qo’yish, sotish yoki yo’q qilib tashlash tartibi to’g’risida”gi Nizomda ko’rsatilgan shaxslarni mol-mulkni yo’q qilib tashlash joyi va sanasi to’g’risida yozma ravishda xabardor qiladi.
Bunda sud ijrochisi ushbu vaqtdan boshlab o’zining tasarrufiga o’tadigan saqlashda bo’lgan yo’q qilib tashlanishi kerak bo’lgan mol-mulk ro’yxatini tuzadi.
Yo’q qilib tashlanishi kerak bo’lgan mol-mulk ro’yxati tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, dalolatnoma sud ijrochisi, mol-mulkni olib qo’yishni amalga oshirgan organning mansabdor shaxsi, shuningdek mol-mulkning saqlanishi uchun mas’ul shaxs tomonidan imzolanadi.
Mol-mulkni yo’q qilib tashlash ijro ishini qo’zg’ash to’g’risida qaror chiqarilgan kundan boshlab 7 kundan kechikmay sud ijrochisi tomonidan, quyidagilardan:
mol-mulkni olib qo’ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi;
O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi organining vakili;
sanitariya-epidemiologiya xizmati organining vakili;
olib qo’yilgan mol-mulkning saqlanishi uchun mas’ul shaxs (tashkilot vakili);
kamida ikki nafar xolis guvohdan iborat tarkibda tuziladigan komissiyaning majburiy t artibdagi ishtirokida amalga oshiriladi.
Uzrli sabablarsiz yo’q qilib tashlash uchun kelmagan komissiya a’zolari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladilar.
Vakolatli organning mol-mulkni olib qo’ygan va mol-mulkni yo’q qilib tashlash joyi va sanasi to’g’risida yozma ravishda xabardor qilingan mansabdor shaxslarining kelmasligi yo’q qilib tashlash uchun to’sqinlik qilmaydi.
Mol-mulkni yo’q qilib tashlash tartib-qoidasi sanitariya-epidemiologiya xizmati hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi organlari bilan kelishilgan usullarda va joylarda amalga oshiriladi.
Mol-mulkning yo’q qilib tashlanganligi to’g’risida “Davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulkni olib qo’yish, sotish yoki yo’q qilib tashlash tartibi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq shakl bo’yicha besh nusxada dalolatnoma tuziladi.
Mol-mulk yo’q qilib tashlangan kundan boshlab uch kundan kechikmay dalolatnomaning bir nusxasi - sudga yoki ularni yo’q qilib tashlash to’g’risida qaror qabul qilgan vakolatli organga, ikkinchi nusxasi - mol-mulkni olib qo’ygan organga, uchinchi nusxasi - xulosa bergan ekspertiza organiga yuboriladi, to’rtinchi nusxasi mazkur tovarlarning saqlanishi uchun mas’ul shaxsga (tashkilotga) beriladi, beshinchi nusxasi esa ijro ishi materiallariga qo’shib qo’yish uchun sud ijrochisida qoladi.
Yo’q qilib tashlangan mol-mulkning ishlab chiqarishda yoki ikkilamchi qayta ishlashda foydalanilishi mumkin bo’lgan chiqindilari va idishlari davlat daromadiga o’tkaziladi hamda ishlab chiqaruvchi korxonalarga yoki ikkilamchi xom ashyoni to’plash va qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi tegishli tashkilotlarga shartnoma asosida sotiladi.

Yo’q qilib tashlanadigan mol-mulkni, chiqindilar va idishlarni sotishdan tushgan pul mablag’larini hisobga olish “Davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulkni olib qo’yish, sotish yoki yo’q qilib tashlash tartibi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq shakl bo’yicha sud ijrochilari tomonidan yuritiladi.



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin