Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni


Olib qo’yilgan ma’muriy huquqbuzarlikka doir ashyolar va hujjatlarni rasmiylashtirish



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə72/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

3. Olib qo’yilgan ma’muriy huquqbuzarlikka doir ashyolar va hujjatlarni rasmiylashtirish.
Ashyolar va hujjatlarni olib qo’yish davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxsi tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va asoslarda amalga oshiriladi.
Ashyolar va hujjatlarni olib qo’yish to’g’risida davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslari tomonidan bayonnoma tuziladi, unda quyidagilar ko’rsatilishi kerak:
a) tuzilgan vaqti va joyi;
b) bayonnomani tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
v) ashyo va hujjatlar egasi va ashyo va hujjatlar olib qo’yilgan shaxs to’g’risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, pasportiga oid ma’lumotlar va shu kabilar), ularni aniqlash imkoniyati bo’lmagan hollar bundan mustasno;
g) ashyo va hujjatlarni olib qo’yishda ishtirok etgan shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlar, agar ular bo’lsa;
d) huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mazmuni;
e) mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat;
j) huquqbuzarning tushuntirish xati;
z) olib qo’yilayotgan har bir ashyoning nomi va miqdori, uning o’ziga xos belgilari (og’irligi, uzunligi va boshqalar). Qimmatli qog’ozlarni olib qo’yishda olib qo’yilgan qimmatli qog’ozlarning umumiy miqdori, ularning turi va qimmatli qog’ozlarning emitenti to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatiladi;
i) olib qo’yilayotgan ashyo va hujjatlarning saqlanishi ta’minlanishi, shu jumladan, ham ashyolarning o’zini, ham ular vaqtincha saqlanayotgan joyni muhrlab qo’yish, agar bu ishlar amalga oshirilgan bo’lsa.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari olib qo’yish to’g’risidagi protokol to’g’ri tuzilganligi, shuningdek unda ushbu bandda nazarda tutilgan barcha ma’lumotlar ko’rsatilishi uchun javobgar bo’ladi.
Ashyo va hujjatlar olib qo’yilgandan keyin davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxsi tomonidan bir sutka muddatda ashyo va hujjatlarni saqlash uchun joylashtirish masalasi hal qilinadi.
Bunda, olib qo’yilgan ashyo va hujjatlar, qoidaga ko’ra, saqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti (keyingi o’rinlarda Sud departamenti deb yuritiladi)ning hududiy boshqarmalari ashyoni sotish bo’yicha xizmatlar ko’rsatishga belgilangan tartibda shartnomalar tuzgan va ashyoni saqlash uchun tegishli joylarga ega bo’lgan savdo tashkilotlariga beriladi.
Saqlash uchun maxsus shart-sharoitlarni talab qiladigan boshqa mol-mulk (avtotransport vositasi, dori vositalari, zargarlik buyumlari va hokazolar) saqlash uchun:
saqlash uchun mas’ul shaxs belgilangan holda vakolatli organning;
Ashyolarni mas’uliyatli saqlashning belgilangan normalariga muvofiq bo’lgan maxsus ombor binolari, asbob-uskunalar va shart-sharoitlarga ega bo’lgan boshqa korxonalar va tashkilotlarning binolari, maydonchalari, omborlariga joylashtirilishi mumkin.
Mol-mulkni saqlash uchun mas’ul bo’lgan shaxslar (tashkilotlar) uni saqlash shartlariga rioya etishga va tegishli shart-sharoitlarni ta’minlashga majburdirlar hamda mol-mulkning buzilishi, shikastlanishi, o’zlashtirilishi, kamomadi, yashirilishi va yo’q qilinishi uchun to’liq moddiy javobgar bo’ladilar va boshqacha javobgarlikka tortiladilar.
Saqlash uchun qabul qilish-topshirish to’g’risida vakolatli organ mas’ul mansabdor shaxsining hamda mol-mulkni saqlashga qabul qilgan shaxsning imzolari bilan tasdiqlangan uch nusxadagi mol-mulk ro’yxati bilan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Ashyo va hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olgan shaxs ashyo va hujjatlar o’zlashtirilishi, kamomadi, yashirilishi, yo’q qilinishi yoki unga shikast yetkazilganligi uchun javobgarlik, shu jumladan, jinoiy javobgarlik to’g’risida ogohlantiriladi, bu haqda qabul qilish-topshirish to’g’risidagi dalolatnomada ashyoni saqlash uchun qabul qilib olgan shaxsning imzosi qo’yilgan yozuv qayd etiladi.
Ashyolar saqlashga topshirilgungacha uning saqlanishi uchun mas’uliyat mol-mulkni olib qo’ygan vakolatli organning mansabdor shaxsi zimmasiga yuklanadi.
Olib qo’yilgan ashyolarning istemol, foydalanish, qayta ishlash uchun yaroqliligini ekspertizadan o’tkazish, shuningdek uni baholash maqsadida mansabdor shaxs uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa - bir sutka mobaynida ekspert va baholovchini tayinlaydi, baholovchini jalb etmasdan baholashi mumkin bo’lgan hollar bundan mustasno.
Soliq, bojxona organlari hamda surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan olib qo’yilgan mol-mulkni baholashda moliya organlari vakillari majburiy tartibda qatnashadilar.
Ko’char mulkni olib qo’ygan mansabdor shaxslar avtomototransport vositalaridan tashqari uni faqat, agar alohida olib qo’yilgan mol-mulkning qiymati eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan ortiq bo’lmasa, mol-mulkning jami qiymati esa eng kam oylik ish haqining yuz baravari miqdoridan ortiq bo’lmagan taqdirda baholovchini jalb etmasdan mustaqil baholashi mumkin.
Mol-mulkni baholash baholovchi tomonidan baholash kunida amal qilgan narxlar bo’yicha ichki bozorda talab va taklif kon’yunkturasining mavjud ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Bojxona qonun hujjatlari buzilganligi munosabati bilan olib qo’yilgan avtomototransport vositasini baholashda uning qiymati bojxona qiymatidan kelib chiqib, biroq "erkin muomala uchun chiqarish" bojxona rejimida bojxona chegarasi orqali o’tganda to’lanishi lozim bo’lgan bojxona to’lovlaridan kam bo’lmagan qiymatdan kelib chiqib belgilanadi.
O’ziga xos xossalarga ega bo’lgan mol-mulkni baholashda tegishli tashkilotlarning vakillari ham mutaxassislar sifatida jalb qilinadi. Mutaxassis vakolatli organning mansabdor shaxsi chaqirig’i bo’yicha kelishi, qo’yilgan masalalar bo’yicha xolisona yozma xulosa berishi, o’zi tomonidan bajariladigan xatti-harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi shart.
Baholovchi baholash obyektini baholash to’g’risida belgilangan qonunchilik shaklida uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlar bo’yicha esa - bir kun mobaynida hisobot taqdim etadi. Mol-mulkni baholash vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshirilganda u tomonidan ko’rsatilgan muddatda mol-mulkni baholash to’g’risidagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Agar baholanadigan mol-mulkning qiymati eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravari va undan ortiq miqdoriga teng bo’lsa ushbu mol-mulkni olib qo’ygan organning mansabdor shaxsi olib qo’yilgan mol-mulkning har bir turini rasmga (imkoni bo’lsa video suratga) oladi va ularni mol-mulk olib qo’yilishi to’g’risidagi bayonnomaga tirkab qo’yadi.
Olib qo’yilgan mol-mulk vakolatli organning mansabdor shaxslari tomonidan baholanishi bo’yicha yo’riqnoma O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi bilan kelishgan holda vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Ekspert, baholovchi va boshqa mutaxassislar o’zlari bergan xulosaning ishonchliligi va xolisligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’liq moddiy va boshqacha tarzda javobgar bo’ladilar.
Olib qo’yish sanasida eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravariga teng va undan ortiq qiymatdagi mol-mulkni olib qo’ygan organ mol-mulk olingan hududdagi tegishli tuman (shahar) prokuroriga darhol maxsus bildirishnoma yuborishi shart.
Har bir bunday holat bo’yicha prokuratura organlari uzil-kesil qaror qabul qilingungacha va mol-mulk davlat daromadiga o’tkazilgungacha nazorat yuritadilar.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin