4.Amaliy mashg’ulot.
Toshkent shaxar Nurobod MFYda yashovchi fuqaro Mannopov Dilmurod davlat ro’yxatidan o’tmasdan noqonuniy savdo va vositachilik faoliyati bilan shug’ullanayotgani aniqlangan va uni uyidan 4 turdagi chetda ishlab chiqarilgan ayollar kiyim-boshlari (xalatlari) borligi aniqlangan va ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Berilganlardan foydalanib, soliq organi xodimlari tomonidan olib qo’yilgan ashyolarni rasmiylashtiring va saqlash uchun joylashtirish tartibini tushuntiring.
NAZORAT SAVOLLARI:
Ma’muriy jazoning turlari qaysilardan iborat?
Asosiy va qo’shimcha jazo choralari qaysilar?
Haqini to’lash sharti bilan olib qo’yish chorasi qanday?
Musodara chorasini tushuntirib bering?
Ashyolarni ko’zdan kechirish tartibi qanday?
Ashyolar va hujjatlarni olib qo’yish to’g’risidagi bayonnomada nimalar aks etadi?
Ashyolar va hujjatlarni olib qo’yish to’g’risidagi bayonnomani kimlar rasmiylashtiradi?
Ashyolar va hujjatlarni olib qo’yish to’g’risidagi bayonnomaning shakli qaysi qonun hujjutida aks etgan?
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
O’zbekiston Respublikasining Kostitutsiyasi;
O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks;
O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi;
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining “Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir mamuriy ishlarni ko’rib chiqishni tashkil etish to’g’risidagi yo’riqnomani tasdiqlash haqida”gi Buyrug’i (2010 yil 11 mart №59-son);
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash avtomobillarni vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ular hududida faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlik subektlari faoliyati ustidan soliq nazoratini amalga oshirish hamda ma’muriy va jinoyat ishlarini yuritish bo’yicha uslubiy qo’llanmani tasdiqlash haqida”gi buyrug’i (2010 yil 3 mart №49-son);
“Davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulkni olib qo’yish, sotish yoki yo’q qilib tashlash tartibi to’g’risida”gi Nizom (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi 200-son qaroriga 1-ilova).
Dostları ilə paylaş: |