Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə81/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

Tayanch so’z va iboralar: Davlat soliq xizmati organlarining boshliqlari va boshliq o’rinbosarlari, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig’i, uning o’rinbosari, Departament hududiy boshqarmalarining boshliqlari va ularning o’rinbosarlari, tuman va shahar bo’limlarining boshliqlari.

1. Soliqqa oid huquqbuzarliklarni ko’rib chiqish vakolatiga ega bo’lgan mansabdor shaxslar.
Ma’muriy huquqbuzarlik uchun hech kim qonun hujjatlarida belgilangan asoslar va tartibdan boshqacha tarzda ta’sir ko’rsatish chorasiga tortilishi mumkin emas.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni yuritish qonuniylikka rioya qilish asosida olib boriladi.
Tegishli vakolat berilgan organlar va mansabdor shaxslar ma’muriy ta’sir ko’rsatish choralarini o’z vakolatlari doirasida qo’llaydilar.
Ma’muriy huquqbuzarlik uchun ta’sir ko’rsatish choralarini qo’llanish chog’ida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi vakolatli yuqori turuvchi organlar va mansabdor shaxslar tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib turilishi bilan, prokuror nazorati bilan, shikoyat berish huquqi bilan ta’minlanadi.
Mamuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 264-moddasiga muvofiq Davlat soliq organlarining boshliqlari, ularning o’rinbosarlari hamda O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig’i, uning o’rinbosari, Departament hududiy boshqarmalarining boshliqlari va ularning o’rinbosarlari, tuman va shahar bo’limlarining boshliqlari mamuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks 1591-moddasida, 160-moddasining ikkinchi qismida, 164-moddasining birinchi va to’rtinchi qismlarida, 168, 171, 172, 174-moddalarida, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 1754, 1755-moddalarida, 176-moddasining birinchi qismida, 1762, 1791, 1861, (aksiz markasi bilan markalanmagan tovarlar qonunga xilof ravishda ishlab chiqarilgan yoki muomalaga kiritilgan hollarda) 2153-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qo’llashga haqlidirlar.
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 245-moddasiga muvofiq sudyalar barcha soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun ma’muriy huquqbuzarlik to’risidagi ishlarni ko’rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qo’llashga haqlidirlar.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 242-moddasi 4-bandida ko’rsatilgan organlar nomidan ko’rib chiquvchi mansabdor shaxslarning ro’yxati qonun hujjatlari bilan belgilab qo’yiladi.
Mamuriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqishga vakolati bo’lgan mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning maxsus qismida nazarda tutilgan mamuriy jazo choralarini o’z vakolatlari doirasida va faqat xizmat burchini bajarib turgan chog’dagina qo’llanishlari mumkin.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin