Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni


Soliqqa oid huquqbuzarliklarni ko’rib chiqishning asoslari



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə82/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

2.Soliqqa oid huquqbuzarliklarni ko’rib chiqishning asoslari.
Soliqqa oid huquqbuzarliklarni ko’rib chiqishning huquqiy munosobatlari va tartib qoidalari quyidagi qonun hujjatlariga asosan amalga oshiriladi:
- O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi;
-O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks;
-O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi;
-O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi;
-O’zbekiston Respublikasining 29.08.2001 yilda №258-II-son bilan ro’yxatga olingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi Qonuni;
-O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining “Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir mamuriy ishlarni ko’rib chiqishni tashkil etish to’g’risidagi yo’riqnomani tasdiqlash haqida”gi Buyrug’i (2010 yil 11 mart №59-son);
-O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash avtomobillarni vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ular hududida faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlik subektlari faoliyati ustidan soliq nazoratini amalga oshirish hamda ma’muriy va jinoyat ishlarini yuritish bo’yicha uslubiy qo’llanmani tasdiqlash haqida”gi buyrug’i (2010 yil 3 mart №49-son);
-O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining “Davlat soliq xizmati organlarida soliq tekshiruvi materiallari hamda soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilishiga doir tuzilgan materiallar harakati to’g’risidagi Reglamentni tasdiqlash haqida”gi buyrug’i (2011 yil 11 noyabr №329-son);
-“Soliq tekshiruvi materiallarini, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarliklar to’g’risidagi materiallarni ro’yxatga olish hamda ularning hisobini yuritish” Tartibi (O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasining 2011 yil martdagi buyrug’i);
-“Soliqqa oid qonunchilik ijrosi ustidan prokurorlik va idoraviy nazoratni kuchaytirish to’g’risida”gi Qoraqalpog’iston Respublikasi Toshkent shahar va viloyatlar rokurorlariga O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boshqarmalari boshliqlariga Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar davlat soliq boshqarmalari boshliqlariga, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo’limlari boshliqlariga qo’shma ko’rsatma (2011 yil 27 aprel №80-K);
-“Soliq, valyuta va iqtisodiyot sohalarida aniqlangan qonun buzilishlarga doir hujjatlarni rasmiylashtirish va prokuratura hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti organlariga yuborish tartibini tasdiqlash haqida”gi O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining qo’shma buyrug’i (2011 yil 27 aprel №2011-15-son);
-“Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo’llanilishi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining qarori (2013 yil 31 may №8-son);
-“Tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq ishlar bo’yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining qarori (2013 yil 11 dekabr №20-son);
-“Mamuriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi to’g’risida”gi Nizom (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 fevraldagi №39-son qaroriga ilova);
-Davlat soliq xizmati organlari tomonidan bozorlar, savdo komplekslari va ular qududida faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlik subektlari faoliyati hamda ularga tutash avtomobillarni vaqtincha saqlash joylari ustidan soliq nazoratini amalga oshirish hamda mamuriy va jinoyat ishlarini yuritish tartiblari yuzasidan Uslubiy qo’llanma;
-“Davlat daromadiga o’tkaziladigan mol-mulkni olib qo’yish, sotish yoki yo’q qilib tashlash tartibi to’g’risida”gi Nizom (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi 200-son qaroriga 1-ilova).
Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg’armalar mablag’lari hisobidan moliyalashtirilgan muassasalar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Prokuror nazorati tartibida amalga oshiriladigan davlat nazorati tegishli Qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Agar O’zbekiston Respublikasining halqaro shartnomasida xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, halqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin