Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə85/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

3.Amaliy mashg’ulot.
DSI xodimlari tomonidan tumanda faoliyat olib borayotgan MCHJ ning 2014-2015 yillardagi faoliyatida O’zbekiston Respublikasida joriy etilgan soliq qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan belgilangan dastur asosida hujjatli tekshirish o’tkazilgan. Tekshirishda MCHJ rahbari tomonidan 2014-2015 yillar davomida foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarning hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibini buzgan holda olib borganligi, natijada soliq turlariga jami 4261,5 ming so’m qo’shimcha soliq hisoblangan. MCHJ rahbari hisobchisining bu harakati bilan O’zbekiston Respublikasi mamuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 175-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan.
Ma’lumotlardan foydalanib ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqish bayonnomasini tuzing.
NAZORAT SAVOLLARI:
  1. Mamuriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ish soliq organi rahbari tomonidan necha kunda ko’rib chiqiladi?


  2. Mamuriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab qancha muddatda qo’llaniladi?


  3. Jinoyat ishi tugatilgan bo’lsa-yu, lekin huquqbuzarning harakatlarida mamuriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo’lsa, ma’muriy jazo chorasi qancha muddatda qo’llaniladi?


  4. Mamuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs ma’muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanishi uchun qancha muddat o’tishi kerak?


  5. Mamuriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqish paytida qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi?


  6. Mamuriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqish bayonnomasida nimalar aks ettiriladi?





FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
  1. O’zbekiston Respublikasining Kostitutsiyasi;


  2. O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks;


  3. O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi;


  4. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining “Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir mamuriy ishlarni ko’rib chiqishni tashkil etish to’g’risidagi yo’riqnomani tasdiqlash haqida”gi Buyrug’i (2010 yil 11 mart №59-son);


  5. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash avtomobillarni vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ular hududida faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlik subektlari faoliyati ustidan soliq nazoratini amalga oshirish hamda ma’muriy va jinoyat ishlarini yuritish bo’yicha uslubiy qo’llanmani tasdiqlash haqida”gi buyrug’i (2010 yil 3 mart №49-son);


  6. “Soliqqa oid qonunchilik ijrosi ustidan prokurorlik va idoraviy nazoratni kuchaytirish to’g’risida”gi Qoraqalpog’iston Respublikasi Toshkent shahar va viloyatlar rokurorlariga O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boshqarmalari boshliqlariga Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar davlat soliq boshqarmalari boshliqlariga, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo’limlari boshliqlariga qo’shma ko’rsatma (2011 yil 27 aprel №80-K).






Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin