Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə87/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

Yig’ilish raisi: A.Eraliev

Kotib: Sh.Karimov

24- MAVZU: MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO’G’RISIDAGI ISH YUZASIDAN TEGISHLI QAROR QABUL QILINISHINING HUQUQIY AHAMIYATI.

REJA:
  1. Mamuriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan qaror chiqarish.


  2. Mamuriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni e’lon qilish va uning nusxasini berish.





Tayanch so’z va iboralar: Davlat soliq xizmati organlari rahbarlari, rahbar o’rinbosarlari, mamuriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqish bayonnomasi, ishlarni ko’rib chiqish, ish yuzasidan chiqarilgan qaror.
1. Mamuriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan qaror chiqarish.
Davlat soliq xizmati organlarining rahbari yoki rahbar o’rinbosari mamuriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqib, shu ish yuzasidan qaror chiqaradi.
Qarorda quyidagilar ko’rsatilgan bo’lishi kerak:
-qaror chiqargan organning (mansabdor shaxsning) nomi;
-ish ko’rib chiqilgan sana;
-ishi ko’rib chiqilayotgan shaxs xususidagi ma’lumotlar;
-ishni ko’rib chiqish paytida aniqlangan holatlarning bayoni;
-mazkur ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat;
-ish yuzasidan qabul qilingan qaror.
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 3081-moddasida nazarda tutilgan hollarda qarorda huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish to’g’risidagi yoki yengilroq ma’muriy jazo chorasini qo’llash haqidagi taqdimnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi to’xtam ham ko’rsatilishi kerak
Basharti ma’muriy huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 242-moddasiga asosan sudyalar tomonidan ma’muriy jazoni qo’llanish to’g’risidagi masalani hal qilish paytida aybdordan yetkazilgan mulkiy zararni undirib olish masalasi ham hal etiladigan bo’lsa, ish yuzasidan chiqarilgan qarorda undirib olinishi lozim bo’lgan shu zararning miqdori, uni undirib olish muddati va tartibi ko’rsatiladi.
Ish yuzasidan chiqarilgan qarorda olib qo’yilgan ashyolar va hujjatlar, shuningdek ushlab turilgan transport vositalari to’g’risidagi masala ham hal etilgan bo’lishi lozim.
Qaror majlisda ishtirok etayotgan kollegial organ a’zolarining oddiy ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror mansabdor shaxs tomonidan, organning qarori — majlisda raislik qiluvchi va kotib tomonidan imzolanadi.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jazo qo’llanilganligi to’g’risida ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnomaga tegishli yozuv yozib qo’yiladi.
Davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o’rinbosari ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
1) ma’muriy jazo qo’llanish to’g’risida;
2) ishni yuritishni tugatish to’g’risida.
Ishni yuritishni tugatish to’g’risidagi qaror og’zaki ogohlantirish e’lon qilinganda, shuningdek ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 271-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo’lgan taqdirda chiqariladi.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin