Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni


Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining tashkiliy asoslari



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə8/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

2.Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining tashkiliy asoslari.
Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fani O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga, Soliq kodeksiga, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining 2010 yil 11 martdagi №59-sonli “Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir mamuriy ishlarni ko’rib chiqishni tashkil etish to’g’risidagi yo’riqnomani tasdiqlash haqida”gi Buyrug’i, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining 2010 yil 3 martdagi №49-sonli “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan bozorlar, savdo komplekslari, ularga tutash avtomobillarni vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ular hududida faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlik subektlari faoliyati ustidan soliq nazoratini amalga oshirish hamda ma’muriy va jinoyat ishlarini yuritish bo’yicha uslubiy qo’llanmani tasdiqlash haqida”gi buyrug’i va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Shuningdek ushbu fan O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy majlis qarorlariga, O’zbeksiton Respublikasi Prezidentining Farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Davlat soliq qo’mitasining xay’at qarorlariga, qo’mita raisining buyrug’i va ko’rsatmalariga asoslanib ishlab chiqilgan.
3.Ma’muriy amaliyotda ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi qonun hujjatlarining vazifalari.
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi qonun hujjatlari ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlaridan iboratdir.
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks qoidalari ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga kiritilmagan qonun hujjatlarida sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarga ham taalluqlidir.
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi qonun hujjatlari inson va jamiyat farovonligi yo’lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarning o’z vaqtida va obyektiv ko’rib chiqilishini, shuningdek bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni o’z oldiga vazifa qilib qo’yadi.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo qo’llanilishi va ijro etilishini belgilaydi.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin