172-modda. Yonilg’i-moylash materiallarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, berish, olish qoidalarini buzish Yonilg’i-moylash materiallarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, berish, olish qoidalarini buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
[ОКОЗ:
1.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.17.00.00 Савдо / 09.17.16.00 Савдо қоидаларини бузганлик учун жавобгарлик]
173-modda. Standart talablariga yoki texnik shartlarga javob bermaydigan yonilg’i-moylash materiallarini realizatsiya qilish Standart talablariga yoki texnik shartlarga javob bermaydigan va ko’plab zaharli moddalar chiqishiga olib keladigan yonilg’i-moylash materiallarini realizatsiya qilish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
174-modda. Soliqlar yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash Soliq olinadigan foydani (daromadni) yoki boshqa obyektlarni qasddan yashirish (kamaytirib ko’rsatish) yoxud soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’lashdan qasddan bo’yin tovlash —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan bo’lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda, mansabdor shaxslarga esa — o’n baravaridan o’n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Daromadlar to’g’risida deklaratsiya taqdim etishdan bo’yin tovlash, deklaratsiyani o’z vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin noto’g’ri ma’lumotlarni taqdim etish —
eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
[ОКОЗ:
1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.25.00.00 Қимматли қоғозлар эмиссияси / 07.25.09.00 Қимматли қоғозлар тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузганлик учун жавобгарлик]