Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni


Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksda soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qo’llaniladigan ma’muriy jazo choralarining turlari



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə12/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

1. Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksda soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qo’llaniladigan ma’muriy jazo choralarining turlari.
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 13-bobi “Savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik”-deb nomlanib, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilganligi uchun ma’muriy javobgarlik choralari ko’rsatilgan.
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qumitasining 2015 yil14 – sentyabir 320-son Qarori.
Davlat soliq qumitasining ichki idoraviy hujjatlarini O’zbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga hususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga , ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi tusiqlarni bartaraf etishga qaratilgan o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’RQ-391-sonli Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yigi 15- maydagi “Hususiy mulk, kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash ,ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4725-sonli Farmoniga muvofiqlashtirish maqsadida, 175-moddasining birinchi, ikkinchi uchunchi va turtinchi qisimlarida, 175-4-moddasida, degan so’zlar 175-moddasining birinchi,ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi,oltinchiva ettinchi qisimlarida,175-4,175-5-moddalarida,degan so’zlar bilan almashtirilsin.1

[ОКОЗ:



1.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.17.00.00 Савдо / 09.17.16.00 Савдо қоидаларини бузганлик учун жавобгарлик]

164-modda. Savdo yoki xizmat ko’rsatish qoidalarini buzish
Savdo yoki xizmat ko’rsatish qoidalarini buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Savdo yoki xizmat ko’rsatish qoidalarini ancha miqdordagi qiymatda buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o’n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Yonilg’i-moylash materiallari bilan, dori-darmon vositalari yoki tibbiy buyumlar bilan qo’lda savdo qilish yoxud shaharlarda belgilanmagan joylarda qo’lda savdo qilish —
sotilayotgan ashyolarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Dori-darmon vositalari yoki tibbiy buyumlar yoxud yonilg’i-moylash materiallari sotish qoidalarini buzish —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o’n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin