Ma’muriy amaliyotni tashkil etish fanining taqsimlanishi dasturning mazmuni


-modda. Faoliyat bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug’ullanish



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə13/171
tarix07.01.2024
ölçüsü0,76 Mb.
#208622
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   171
Dasturning mazmuni-fayllar.org

165-modda. Faoliyat bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug’ullanish
Litsenziya olinishi yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar olinishi shart bo’lgan faoliyat bilan litsenziyasiz yoki boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug’ullanish —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o’n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
1651-modda. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o’tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o’tkazish
Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o’tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o’tkazish —
shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
166-modda. Mollarni ularning sifatini va ishlab chiqarish markasini tasdiqlaydigan hujjatlarsiz sotish
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning, oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollarini ularning sifatini va ishlab chiqarish markasini tasdiqlaydigan hujjatlarsiz sotishi, xuddi shuningdek sotish maqsadida olishi —
mollarni musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, —
mollarni musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o’n baravaridan o’n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Ishlab chiqarish markasida yoki tovar belgisida ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan yeri to’g’risida axborot bo’lmagan tovarlarni realizatsiya qilish, shuningdek realizatsiya qilish maqsadida sotib olish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o’n baravaridan o’n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

[ОКОЗ:



1.09.00.00.00 Тадбиркорлик ва хўжалик фаолияти / 09.17.00.00 Савдо / 09.17.16.00 Савдо қоидаларини бузганлик учун жавобгарлик]

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin