Ma’muriy huquq fanidan kazuslar kazus 1



Yüklə 395,94 Kb.
səhifə4/5
tarix05.05.2023
ölçüsü395,94 Kb.
#108413
1   2   3   4   5
Казуслар.Маъмурий (2) (2) (2)

KAZUS 10
10. Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi fuqaro K.Komilov o‘ziga qarashli yer uchastkasida 6 xonadan iborat turar-joy binosi qurdi. Oradan 10 yil o‘tgach fuqaro K.Komilovning hovlisi joylashgan hududdan avtomobil magistral yo‘li qurish loyihasi davlat dasturiga kiritildi. Mazkur holat bo‘yicha hokimiyat vakili fuqaro K.Komilovga qarashli yer o‘rniga boshqa yer berilishini, uy-joy qurish uchun esa mablag‘ berilmasligini ta’kidlab o‘tdi. Bundan norozi bo‘lgan fuqaro Toshkent shaxri Olmazor tuman hokimiyatiga uy qurish uchun mablag‘ ta’minlash yuzasidan murojaat qildi. Tuman hokimiyati mas’ul xodimi murojaatni asossiz deb topib, sabab sifatida uyning qurilishi ruxsatsiz amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Mazkur holatga huquqiy baho bering.
KAZUS 11
11. 2015 yil 20 sentyabrda xizmat intizomini buzgani uchun bojxona xizmati podpolkovnigi M.Sodiqovga nisbatan maxsus unvonni bir pog‘onaga pasaytirish tariqasidagi intizomiy jazo og‘zaki tarzda e’lon qilindi. Oradan yetti oy o‘tgach, mayor M.Sodiqov o‘zi ishlayotgan bojxona organi boshlig‘iga avvalgi unvonini tiklab berishni so‘rab murojaat qildi. Ammo, u bunga rad javobini oldi. Rad etilish sababi so‘ralganida,maxsus unvonni pasaytirish sifatida intizomiy jazo qo‘llangan hollarda ilgarigi unvon u pasaytirilgandan so‘ng kamida bir yildan so‘ng tiklanishi mumkinligi tushuntirildi.
Mayor M.Sodiqov tegishli harbiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Harbiy sud tomonidan uning da’vosi qanoatlantirilib, unga avvalgi unvoni tiklab berildi.
Ushbu holatga huquqiy baho bering
KAZUS 12
12.Kamol” firmasi oziq-ovqat mollari sotishga ixtisoslashtirilgan savdo kompleksini qurishni rejalashtirdi. Savdo kompleksini qurilishining elektro montaj bosqichiga kelganda loyihalash va elektro montaj ishlarini amalga oshirish uchun jalb qilingan “SOFT” pudratchi firmasi ob’ektning energiya ta’minoti loyiha ( quvvati 10 kVtdan ortiq)siga xulosa olish uchun 2014 yil 21 sentyab kuni ariza (boshqa talab etilgan hujjatlar bilan birga) bilan «O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasining hududiy bo‘limiga murojaat qildi. Ariza qabul qilingandan 12 kun o‘tishiga qaramasdan «O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasining hududiy bo‘limi xulosa bermadi. “SOFT” pudratchi firmasi direktori mazkur holat bo‘yicha 2014 yil 4 oktyabr kuni «O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasining hududiy bo‘limi mas’ul shaxsini loyihani tasdiqlatmagan holda qurishni montaj ishlarini amalga oshirishni boshlashligi to‘g‘risida ogohlantirdi va montaj ishlarini boshlab yubordi. Savdo komleksi bir oydan so‘ng to‘liq bitkazildi. “Kamol” firmasi rahbari elektr o‘lchagich o‘rnatish va iste’molchi sifatida ro‘yxatga olish bo‘yicha tegishli organga murojaat qildi. Lekin, vakolatli organ savdo komleksini montaj ishlari O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasining hududiy bo‘limi tomonidan tasdiqlanmagan loyiha asosida amalga oshirilganligini asos qilib, murojaatni rad etdi.

Yüklə 395,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin