Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 201-guruh talabasi Aloviddinov Mironshohning Ma’muriy huquq fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.
Reja:
M amuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni yuritishda qatnashuvchi shaxslar.
Mamuriy huquqbuzarlik togrisidagi ishlarni korib chiqish.
Mamuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat berish va protest bildirish
Mamuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni yuritishda qatnashuvchi shaxslar. Mamuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni yuritishda — ma muriy javobgarlikki tortilayotgan shaxs, jabrlanuvchi, qonuniy va- killar, advokat, guvoh, ekspert, taijimon va boshqalar ishtirok etadi.Mamuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs — ish materiallari bilan tanishib chiqishga, izohlar berishga, dalillar keltirishga, o'z iltimosini bayon etishga, ishni korib chiqish vaqtida advokatning yuridik yordamidan foydalanishga, oz ona tilida sozlashga va tarjimonning xizmatlaridan foydalanishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir. Mamuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish mamuriy javobgar likka tortilayotgan shaxs ishtirokida korib chiqiladi.
Mazkur shaxsga ishni ko'rib chiqish joyi va vaqti haqida xabar qilinganligi to'g'risida malumotlar bo'lgan va undan ishni ko'rib chiqishni kechiktirish xususida hech qanday iltimos tushmagan hollardagina ish uning ishtirokisiz ko'rib chiqilishi mumkin. Basharti sodir etgan huquqbuzarligi uchun ushbu Kodeksda mamuriy qamoqqa olish, ashyolarini musodara qilish yoki haqini to'lash sharti bilan olib qo'yish choralarini qo'llash nazarda tutilgan bo'lsa, mamuriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish vaqtida mamuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning qatnashishi shart. Mazkur shaxs bunday mamuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqishda qatnashishdan bo'yin tovlagani taqdirda u ma'muriy ishlar bo'yicha sudyaning ajrimiga binoan ichki ishlar (militsiya) oigani tomonidan majburan olib kelinishi mumkin. Eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulot O'zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilishi bilan bog'liq bo'lib, musodara chorasi qo'llanilishi mumkin bo'lgan mamuriy javobgarlik to'g'risidagi ish bojxona organi tomonidan alohida hollarda, agar mamuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo'lsa yoki uning qayerdaligini aniqlashning iloji bo'lmasa, ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ishtirokisiz ko'rib chiqiladi. Mamuriy huquqbuzarlik yo'li bilan manaviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxs — jabrlanuvchi deb topiladi.
Jabrlanuvchi ishga oid hamma materiallar bilan tanishib chiqishga, ko'rsatmalar berishga, dalillar keltirishga, iltimoslar qilishga, ishni ko'rib chiqish paytida advokatning yuridik yordamidan foydala nishga, o'z ona tilida so'zlashga va taijimon xizmatidan foyda lanishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir. Voyaga yetmagan yoki o'zining jismoniy nuqsonlari yoxud ruhiy kasalliklari sababli mamuriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar yuzasidan o'z huquqini o'zi amalga oshirolmaydigan — ma muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning yoki jabrlanuvchining manfaatlarini ular uchun mazkur shaxslaming qonuniy vakillari (ota-onalari, er yoki xotinlari, voyaga yetgan bolalari, farzandlikka oluvchilar, vasiylar, homiylar) ifodalashga haqlidirlar. Qonuniy vakillar ish materiallari bilan tanishishga va manfaatlarini ozlari ifoda etayotgan shaxs nomidan iltimoslar qilishga, ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidirlar. Mamuriy huquqbuzarlik togrisidagi ishni ko'rib chiqishda shu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsni ushlab turish paytidan boshlab advokat qatnashishi mumkin. Advokat ishga oid materiallar bilan tanishib chiqishga, uni taklif qilgan shaxsning topshirigiga binoan va uning nomidan iltimoslar qilishga va ish yuzasidan chiqarilgan qaror ustidan shikoyat berishga haqlidir. Mamuriy huquqbuzarlik togrisidagi ish boyicha aniqlanishi kerak boigan biron bir holatdan voqif boiishi mumkin boigan har qanday shaxs shu ish yuzasidan guvoh sifatida chaqirilishi mumkin. Ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) chaqiruviga binoan guvoh korsatilgan vaqtda kelishi, haqqoniy korsatuvlar berishi, shu ish xususida o'ziga malum boigan hamma narsalami aytib berishi va qo'yilgan savollarga javob berishi shart. Ekspert — mamuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni yuri tayotgan organ (mansabdor shaxs) tomonidan maxsus tushunchaga ega bo'lish zarurati tug'ilgan hollarda tayinlanadi. Ekspert ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) chaqirig'i bo'yicha kelishi va o'z oldiga qo'yilgan savollar yuzasidan xolis xulosalar berishi shart.