Ma’muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni yuritishda qatnashuvchi shaxslar


Mamuriy huquqbuzarlik togrisidagi ishlarni korib chiqish



Yüklə 98,82 Kb.
səhifə2/3
tarix01.04.2023
ölçüsü98,82 Kb.
#92408
1   2   3
Aloviddinov Mironshoh

Mamuriy huquqbuzarlik togrisidagi ishlarni korib chiqish. Mamuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish - ishni ko'rib chiqishga tayyorlashdan boshlanadi. Ishni ko'rib chi­ qish vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs): 1) mazkur ishni ko'rib chiqish o'zining vakolat doirasiga kirish-kirmasligi; 2) mamuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar to'g'ri tuzilgan-tuzilmaganligi; 3) ishni ko'rib chiqishda qatnashuvchi shaxslar uni ko'rib chiqish vaqti va joyi haqida xabardor qilingan-qilinmaganligi; 4) zarur qo'shimcha materiallar so'rab olingan-olinmaganligi; 5) mamuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs, jabrlanuvchi, qonuniy vakillar, advokat qilgan iltimoslar to'g'risidagi masalalami hal etadi. Aksariyat holatlarda, mamuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish shu huquqbuzarlik sodir etilgan joyda ko'rib chiqiladi. Voyaga yetmaganlar ishi bilan shug'ullanuvchi komissiyalar mamuriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlami huquqbuzarning istiqomat joyida ko'rib chiqadilar.0‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida mamuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish boshqa joyda ko'rib chiqilishi ham nazarda tutilishi mumkin.
Mamuriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ish mazkur ishni korib chiqishga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan mamuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnoma va ishga oid boshqa materiallar olingan kundan boshlab o'n besh kunlik muddat ichida ko'rib chiqiladi. Ishni ko'rib chiqish shu ishni ko'ruvchi organning tarkibini elon qilish yoki mansabdor shaxsni tanishtirishdan boshlanadi. Ishni ko'rib chiquvchi organning majlisida raislik qiluvchi yoki ishni ko'rib chiquvchi mansabdor shaxs qanday ish ko'rib chiqilishi lozimligini, mamuriy javobgarlikka kim tortilayotganligini elon qiladi, ishni ko'rib chiqishda qatnashuvchi shaxslarga ularning huquqlari va vazifalarini tushuntiradi, mamuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi bayonnomani o'qib eshittiradi. Majlisda ishni ko'rib chiqishda qatnashuvchi shaxslaming so'zlari eshitiladi, keltirilgan dalillar o'rganiladi va tushgan iltimoslar hal etiladi. Ishni ko'rib chiqishda prokuror qatnashgan taqdirda uning xulosasi o'qib eshit­ tiriladi. Mamuriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs): a) mamuriy huquqbuzarlik sodir etilgan-etilmaganligini; b) huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyni; d) mazkur shaxs uni sodir etishda aybdor-aybdor emasligini; e) uning mamuriy javobgarlikka tortilish-tortilmasligini; f) javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki og'irlasluiruvchi holatlar bor-yo'qligini; g) mulkiy zarar yetkazilgan-yetkazilmaganligini; i) ishni togri hal etishda ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlashi shart.

Yüklə 98,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin