Mamzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish metodikasi



Yüklə 26,71 Kb.
səhifə5/6
tarix22.01.2023
ölçüsü26,71 Kb.
#80174
1   2   3   4   5   6
2-MA\'RUZA

Ta’lim vositalari. O’quvchilarining mustaqil va ijodiy ishlash faoliyatlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish, o’quv-uslubiy adabiyotlar va didaktik materiallar bilan ta’minlash juda muhim.
O’qitilishi va o’rganilishi lozim bo’lgan bilimlarni beruvchi har qanday axborot tashuvchilar o’quv-didaktik materiallar bo’la oladi. Informatika bo’yicha o’quv-didaktik materiallar sifatida nazariy darslarda matnli - vizual vositalardan, amaliy mashg’ulotlarda kurs materiallari, uslubiy qo’llanmalar, jadvallar, jihoz yoki asbobni ishlatish bo’yicha ko’rsatmalar kabilardan foydalaniladi. O’quv va didaktik materiallarga qo’shimcha tarzda tasviriy-vizual vositalar (fotosuratlar, rasmlar, chizmalar, grafiklar) ham kiradi. Ular umumiy va keng qamrovli tasavvurlarni vujudga keltirishni osonlashtiradi. Shuningdek, tasviriy tasavvurlarni shakllantiradigan audio-vizual vositalar texnologik jarayonlar va fuknstiyalar to’g’risidagi keng qamrovli real tasavvurlarni vujudga keltiradi.
Predmet vositalari tasvir va matnlarni yozib olish va saqlash imkonini beradi. Ularga doska, flipchart, kodoskop (proektor) kamera va kompyuterlar kiradi. Ish sohasiga tegishli asl narsalar, ya’ni mahsulotlar, jihozlar va asboblar nazariy dars yoki amaliy mashg’ulot paytida didaktik funkstiyaga ega bo’lsa, o’quv vositasi sifatida qo’llanilishi mumkin.
Ushbu vositalardan foydalanishda ularni muayyan maqsad, soha va usullarga mos holda tanlash muhim o’rin tutadi. O’qituvchi o’quv va ko’rsatmali vositalarni ishlata olishni, ulardan maqsadga muvofiq va oqilona tarzda foydalanishni bilishi kerak. Texnik vositalardan foydalanilayotganda yuzaga keladigan texnik muammolarni mustaqil hal qila olishi kerak.
O’quv materiallari bir paytning o’zida didaktik materiallar sifatida, ya’ni o’qitish va o’rganish uchun ishlatiladi. Agar o’quv va didaktik materiallar etarli bo’lmasa, u holda o’qituvchi tomonidan ularning tanlanishi va nazariy yoki amaliy mashg’ulotlar maqsadiga moslashtirib tayyorlanishi kerak.
O’quvchilarning mustaqil va ijodiy faoliyatlarini rivojlantirishda elektron ta’lim resurslaridan maksimal foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 26,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin